muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Faoliyat o‘zi nima? Faoliyat shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni
maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning
muayyan shakli, ko‘rinishi. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil
rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to‘g‘ri
imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish
kiradi. Ular yo‘nalishiga ko‘ra bilishga doir, ijtimoiy, sport, badiiy, texnik,
hunarmandchilik hamda shaxsiy qiziqish asosida tanlangan sohalardan iborat.
Faoliyat faol va passiv bo‘lishi mumkin. O‘smir faoliyati muhit va tarbiya
ta’sirida faollashishi yoki susayishi mumkin. Inson shaxsining rivojlanishida uning
butun vujudi bilan sevib, o‘z imkoniyatlarini namoyon etib, mehnat qilishi, o‘zini
11
shaxs sifatida ko‘rsata olishi, unda o‘z faoliyatidan qoniqish hosil qiladi. Uning
ijtimoiy mehnatdagi ishtirokida faollik ko‘zga tashlanadi.
Ta’lim jarayonida faollik o‘quvchiga bilimlarni chuqur va mustahkam
egallashga, o‘z qobiliyatini namoyon etishga yo‘llaydi. Bilishga bo‘lgan faollik
o‘quvchining intellektual rivojlanishini ta’minlaydi.
Faollik ko‘rsatishning asosini esa hamma vaqt ehtiyoj tashkil etadi.
Ehtiyojlarning xilma-xilligi faoliyatning ham turlarini kengaytiradi. SHunga ko‘ra,
o‘quvchining turli yosh davrlarida ularning faoliyati turlicha bo‘ladi. Ta’lim
muassasasida bir xil talab shaxs rivojlanishida har doim ijobiy natija beravermaydi.
Turli yosh davrlarida faoliyatning turlari va mohiyati o‘zgarib turishi kerak.
Insonning ijtimoiy faolligi, qobiliyati barcha muvaffaqiyatlarining
garovidir. Chunki har bir inson o‘z mehnati, g‘ayrati, intilishi bilangina
faollashadi. O‘qituvchi qanchalik yaxshi o‘qitmasin yoki tarbiya bermasin,
tarbiyalanuvchining o‘zi harakat qilmasa, rivojlanish muvaffaqiyatli kechmaydi.
Zero, barcha ma’naviy-axloqiy kamchiliklarning asosiy sababi ham insonning o‘z
faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymaganligidadir.
Shuning uchun ham inson faoliyati uning rivojlanishi natijasi hamdir.
Demak, shaxs faolligi asosida ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, ijodkorlik
hislatlarini shakllantirish – uning shaxslik imkoniyatlarini namoyon etishi orqali
faoliyatini rivojlantirish muhim sanaladi.
Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh
davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar
yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda
ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri
kuchli bo‘ladi.
Bolaning
individual
–
o‘ziga
xos
xususiyatini
bilish
uchun
temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish
metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning
bir-biriga munosabati» ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik
xususiyatlari majmuidir. Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
12
qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o‘quvchilari bilan 10-sinf o‘quvchisini
tenglashtirib bo‘lmaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti
quyidagi davrlarga bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: