2.3. Ta’lim-tarbiyaning ta’siri.
Jamiyatning bolalar ongiga ta’sir o‘tkazishi asosan ta’lim-tarbiya orqali
amalga oshiriladi. Inson kamolotida ta’lim-tarbiya etakchi rol o‘ynaydi. CHunki:
1.Ta’lim-tarbiya jarayonida kishi organizmining o‘sishi va muhitning
stixiyali ta’siri bera olmaydigan narsalarni o‘rganib oladi. Masalan, tilni
odamlarning ta’sirida o‘rganib olish mumkin. Lekin o‘qish, yozishni maxsus ta’lim
orqali o‘rganadi.
2. Ta’lim-tarbiya yordamida hatto kishining ba’zi tug‘ma kamchiliklari ham
kerakli tomonga o‘zgartirish mumkin. (ko‘r, kar, soqov).
3. Ta’lim-tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz
beradigan kamchiliklarini ham tugatish mumkin. (Bolalarning karta o‘ynashi,
so‘kishi, chekishi).
4. Ta’lim-tarbiya natijasida bolada bilimlar, ko‘nikma va masalalar hosil
bo‘libgina qolmay, balki dunyo qarash ham shakllanadi, kamolotga etib boradi.
Bilmlarning egallanishi uning jismoniy va ma’naviy jihatdan o‘sishiga yordam
beradi. Masalan, Sarimsoqov 29 yoshida akademik, N. I. Lobachevskiy 14 yoshida
Qozon universitetiga o‘qishga kirgan, 23 yoshida professor darajasiga erishgan.
O‘zbek olimlaridan SHavkat Alimov, SHavkat Ayupov, va Rahim Hayitovlar ham
shu yoshlarda professorlik nasib etgan.
Dostları ilə paylaş: |