Курс иши doc



Yüklə 315,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix02.01.2022
ölçüsü315,41 Kb.
#46738
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
shaxs shakllanishida muhitning orni

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



14 

 

II.  SHAXS RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR  



2.1.  Shaxs kamolotida irsiyatning ta'siri 

Pedagogika  shaxsning  kamolotga  yetishini  murakkab  va  ziddiyatli  jarayon 

deb biladi. Shaxsning shaklanishi, kamolga etishida nasl-irsiyat (biologik), ijtimoiy 

muhit  ham  maqsadga  muvofiq  amalga  oshiriladigan  ta'lim-tarbiya  va  nihoyat 

o'zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. 

 

 



 

1- rasm 


Shaxs  qaysi  jamiyatda  yashasa  o'sha  jamiyat  hayotidagi  qonun-qoidalarga 

asosan kamol topadi. Shu jamiyatning  moddiy va  ma'naviy boyligidan bahramand 

bo'ladi.  Moddiy  va  ma'naviy  boyliklarni  yaratishda  ishtirok  etadi.  Agar  shu 

jamiyatning  moddiy  va  ma'naviy boyligi  yuksak bo'lsa, u shaxsga shu qadar katta 

ta'sir  ko'rsatadi  va  aksincha.  Ikkinchi  tomondan  esa,  shaxs  faoliyati  davomida 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



15 

 

mehnat  orqali  o'z  moddiy  va  ma'naviy  boyligini  yaratish  jarayonida  ongini, 



hayotini, turmush sharoitini ham yaxshilab boradi.  

Shaxs  hayot  davomida  murakkab  rivojlanish  jarayonini  boshdan  kechiradi, 

natijada  u  shaxsga  aylanadi.  Shu  sababli  shaxsni  ma'lum  ijtimoiy  tuzumning 

mahsuli deb tushunishimiz lozim.  Shaxs rivojlanish jarayoni bir tekisda bormaydi, 

rivojlanishga  ta'sir  etuvchi  omillarning  ta'siri  turlicha  bo'ladi,  ya'ni  kishi  ijobiy  va 

salbiy  ta'sirlar  natijasida  kamolga  etadi.  Albatta  ijtimoiy  omillar  inson  shaxsining 

har  tomonlama  shakllanishiga  samarali  ta'sir  ko'rsatadi.  Xususan,  pedagog-

tarbiyachilar  bolaning  muayyan  rivojlanish  davridagi  xususiyatlari,  xarakteri  va 

fe'l-atvorini  belgilovchi  omillarning  hammasi  birgalikda  ta'sir  ko'rsatishini  bilishi 

lozim.  

Shaxsning,  ayniqsa  bolaning  rivojlanishi  va  shakllanishi  biologik  omil 

(irsiyat)  ga  bog'liqdir.    Irsiyat  deganda,  bolaga  ota-ona  va  umuman  yaqin 

ajdodlardan,  ya'ni  nasldan-naslga  o'tadigan  biologik  xususiyat  va  o'xshashliklar 

tushuniladi.  Odam  shaxsining  va  xulqining  rivojlanishida  biologik  omillarning 

ta'sirini  yuksak  baholab,  shaxsni  naslga  bog'lab  o'rganuvchi  oqimlardan  biri 

bixeviorizm  bo'lib,  u  XX  asrning  boshlarida  psixologiya  fanida  keng  tarqaldi. 

Bunga  amerikalik  pedagog  va  ruhshunos  E.  Torndayk  asos  soldi.  Uning  fikricha, 

shaxsning  barcha  xususiyatlari,  jumladan  ong  va  aqliy  qobiliyat  ham  nasldan-

naslga o'tadi, guyo odamning ko'zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyat ham 

tabiatan berilgandir.  

 

G'arb  pedagog  olimlaridan  yana  biri,  nemis  ruhshunosi  V.Ptern  yangi 



tug'ilgan  bola  hali  inson  emas,  deb  hisoblaydi.  U  faqat  sut  emizuvchi  hayvondir. 

Yarim  yoshdan  oshgandan  so'ng  u  maymunga  tenglashadi.  Ikki  yoshida  bola 

boshlang'ich  insonlik  holatiga  etadi  (yuradi,  gapiradi).  Besh  yoshgacha  bo'lgan 

bolalarning  ruhiy  hususiyatlari  ibtidoiy  davr  odamlari  xususiyatlariga  mos  keladi. 

o'smirlik  yillarida  kishi  o'zida  o'rta  asr  ongini  aks  ettiradi  va  etuklik  yoshidagina 

mavjud jamiyatning madaniy darajasiga mos ong egasi bo'ladi, deydi. Ya'ni, inson 

17-18 yoshida mavjud jamiyatning ya'zosi bo'ladi deb hisoblaydi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



16 

 

 



Avstriyalik  ruhshunos  K.Byuller  hatto  bolaning  axloqiy  jihatdan  o'sishini 

ham  irsiyatga  bog'laydi.  Bola  hayotining  dastlabki  kunlaridan  boshlab  o'zini  o'rab 

olgan  muhitning  ta'siri  ostida  o'sadi,  ulg'ayadi.  Ayrim  pedagog  va  ruhshunoslar 

orasida  bolaga  boshqacha  qarash  ham  mavjud.  Ularning  fikricha,  insonning 

kamoloti  ikki  omilga-irsiyat  va  ijtimoiy  muhitga  bog'liqdir.  Irsiyat  o'zgarmaydi, 

ijtimoiy  muhit  ham  hamma  davrlar  uchun  o'zgarmasdir.  Irsiyat  bor  va  biologik 

omillarni  inkor  etolmaymiz.  Lekin  irsiyatni  mutlaqo  o'zgarmas  deb  ham 

tushunmaslik  kerak.  Demak,  bola  shaxsining  rivojlanishiga  irsiyatning  ta'siri 

deganda ota-onaga, avlod-ajdodlarga o'xshashlikni ifodalovchi biologik belgilar va 

fiziologik xususiyatlarning takrorlanishini tushunmoq kerak.  

 

Inson  bolasi  tayyor  qobiliyat  bilan  emas,  balki  biror-bir  qobiliyatning 



ruyobga  chiqishi  va  rivojlanish  manbai  -  layoqat  bilan  tug'iladi.  Layoqat  o'z 

holicha  emas,  balki  uning  rivojlanishi  uchun  qulay  muhit  ta'sirida  zarur.  Muhit 

deganda kishiga ta'sir etadigan tashqi voqealarning yig'indisini tushunamiz. Bunga 

tabiiy  muhit  (geografik),  ijtimoiy  muhit,  oila  muhiti  va  boshqalar  kiradi  va  ular 

bolalarning rivojlanishiga alohida ta'sir ko'rsatadi.  

 

Agar  bola  o'z  tug'ma  layoqatiga  mos  sharoitda  o'sib,  zarur  faoliyat  bilan 



shug'ullansa,  layoqat  erta  ko'rinib  rivojlanishi,  aksincha,  bunday  muhit  bo'lmasa, 

yo'q bo'lib ketishi  ham  mumkin.  Kishilarning o'zaro  muloqotlari  natijasida bolada 

nutq  paydo  bo'ladi,  shakllanadi.  Boladagi  irsiy  belgilarning  o'sishi,  kamol  topishi 

insonlar  muhiti,  yashash  sharoiti  va  tarbiyaga  bog'liq  bo'ladi.  Inson  bolasi,  agar 

ijtimoiy-insoniy  muhitga  emas,  boshqa  muhit,  aytaylik  hayvonlar  muhitiga  tushib 

qolsa,  unda  irsiy  belgilarning  ayrim  biologik  ko'rinishlari  saqlanar,  lekin  insoniy 

fikr, faoliyat, xatti-harakat bo'lmaydi. Demak, inson biologik mavjudot sifatidagina 

emas, balki ijtimoiy mavjudot sifatida ham taraqqiy etadi.  

 

Odob, axloq, xulqiy sifatlar - shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va 



tarbiyaning  o'zaro  ta'siri  asosida  vujudga  keladi.  Shuning  uchun  irsiyat 

rivojlanishga ta'sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo'la olmaydi.  

 

 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 



www.pdffactory.com


17 

 


Yüklə 315,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin