Курс иши doc



Yüklə 315,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix02.01.2022
ölçüsü315,41 Kb.
#46738
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
shaxs shakllanishida muhitning orni

 

 

 



 

Jamiyatning bolalar ongiga ta'sir o'tkazishi asosan ta'lim-tarbiya 

orqali  amalga  oshiriladi.  U  dastlab  oila  sharoitida  va  maktabgacha  tarbiya 

muassasalarida,  keyinchalik  maktab,  o'rta  maxsus  kasb-hunar  ta'limi  va  oliy 

maktabda  ta'lim-tarbiya  oladi.  Shu  sababli  inson  kamolotida  ta'lim  va  tarbiyaning 

etakchilik  qilishiga  imkon  berish  darkor.  Ta'lim  va  tarbiya  jarayonida  kishi 

organizmining  o'sishi  va  muhitning  stixiyali  ta'siri  Bera  olmaydigan  narsalarini 

o'rganib  oladi.  Masalan,  bola  o'z  ona  tilini  atrofni  o'rab  turgan  muhitning  ta'sirida 

o'rganib  olishi  mumkin.  Lekin  o'qish  va  yozishni  maxsus  ta'lim  -tarbiya  yo'li 

bilangina  o'rganadi,  mehnat  va  kasb  egallash  ko'nikma  va  malakalari  faqat  ta'lim 

jarayonida egallanadi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



22 

 

Ta'lim-tarbiya  yordamida kishining  ba'zi tug'ma kamchiliklarni  ham kerakli 



tomonga  o'zgartirish,  shuningdek,  muhitning  salbiy  ta'siri  natijasida  yuz  bergan 

kamchiliklarni ham tugatish mumkin (bolalarning karta o'ynashi, qo'pollik, so'kish, 

papiros chekishlari va h.k.).   

 

Ta'lim  jarayonida  bolada  bilimlar,  ko'nikma  va  malakalar  hosil 



bo'libgina  qolmay,  balki  ilmiy  dunyoqarash  ham  shakllanadi.  Xullas,  bizning 

asosiy  va eng  muhim  vazifamiz, bolalarning qobiliyat  va  iste'dodlarini  o'z  vaqtida 

payqab  olish  va  ularning  kamol  topishlari  uchun  qulay  sharoit,  ta'lim-tarbiya 

berishdir. 

Tarbiya va rivojlanishning o'zaro bir-biriga ta'siri va  munosabatlari mavjud, 

chunki  qaerda  tarbiya  jarayoni  muammolari  to'g'ri  hal  etilsa,  u  shaxs  kamolotiga 

samarali  ta'sir  ko'rsatadi.  Tarbiya  shaxsning  rivojlanishini  ta'minlashi  uchun 

boladagi  rivojlanishning  mohiyatini  tushunish,  bilish  faoliyatining  o'zgarish 

sabablarini  aniqlash  zarur.  Tarbiya  haqiqatdan  rivojlantiruvchi  omil  bo'lmog'i 

uchun  tarbiyalanuvchi  jamiyatning  tarbiya  oldiga  qo'ygan  talablarini,  shaxsning 

o'ziga  xos  xususiyatlarini  bilishi  zarur.  Pedagogika  fani  shaxs  rivojlanishida 

tarbiyaning etakchi rolini e'tirof etish bilan birga ularning o'zaro bir-biriga ta'sirini 

tan oladi.  

Shaxsning  rivojlanib  kamol  topishi,  hayotning  hamma  bosqichlarida  bir  xil 

bo'lmay,  balki  yosh  xususiyatlari  va  hayot  tajribalariga  qarab  har  xil  bo'ladi. 

Tarbiya jarayonida bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini bilish va hisobga 

olish  juda  muhim.  Ma'lumki,  bir  xil  yoshdagi  bolalarning,  o'quvchi-talabalarning 

har  birining  o'ziga  xos  xususiyatlari,  psixik  jarayonlari  mavjud.  Bu  o'ziga  xoslik 

rivojlanish  jarayonida 

yaqqol 


namoyon  bo'ladi. 

Bolalarni  o'qitish 

va 

tarbiyalashning  muvaffaqiyati  o'qituvchining  har  xil  yoshdagi  bolalar  o'rtasidagi 



tafovutlarni  qay  darajada  hisobga  olishiga  bog'liqdir.  Shunday  ekan,  tarbiyachi, 

pedagog  maktabgacha  yoshdagi  va  maktab  hamda  o'rta  maxsus  va  oliy  o'quv 

yurtlarida  ta'lim-tarbiya  olayotgan  o'quvchi  talabalarning  yosh  davrlari  bilan 

xususiyatlarini hisobga olmoqlari lozim.  

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




23 

 

Demak,  bizning  asosiy  va  eng  muhim  vazifamiz,  bolalarning  qobiliyat  va 



iste'dodlarini  o'z  vaqtida  payqab  olish  va  ularning  kamol  topishlari  uchun  qulay 

sharoit, ta'lim-tarbiya berishdir.   




Yüklə 315,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin