1.2. Shaxs shakllanishi va rivojlanishi to'g'risida tushuncha
Inson, odam, shaxs ko'plab fanlarning o'rganish ob'ekti hisoblanadi. Shaxs
deganda muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga
kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi
odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi
ekanligidir. Ma'lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro
munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda shakllanadi. Binobarin
shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olishi uchun unga
ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak. Shu boisdan pedagogika fani bolaning
shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga etish qonuniyatlarini,
unga ta'sir etuvchi ob'ektiv va sub'ektiv omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador
davrlarni aniqlashi kerak. Odamning mukammal inson bo'lib etishuvida o'zining
maqsad asosidagi xatti-harakati, iroda sifatlarining kamol topishi natijasida ayrim
nuqsonlarini bartaraf etishi, qiyinchiliklarni engib chiqishi mumkinligini bilishimiz
zarur. Demak, inson hayot faoliyati davomida o'zgarib, shakllanib, rivojlanib
boradi. Bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi.
Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik
omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Chunki uning xulqiga,
munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va vaziyat ham ta'sir
etadi. Masalan, bir xildagi ta'sirlarga turli bola turlicha munosabatda bo'ladi, bu
ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog'liqdir. Shaxs ijtimoiy tajribani
faol ravishda tahlil qiladi, o'zlashtiradi, o'zi uchun o'zgartiradi-bu jarayon
davomida o'zi xam shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi
ta'sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta'sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga
qarab turli odamlarga turlicha ta'sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli
o'quvchilarga turlicha ta'sir qiladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
13
Odam atrofni, ob'ektiv borliqni ko'proq bilgani sari onglilik darajasi o'sadi,
fikrlash doirasi kengayadi, yangi bilim va ko'nikmalarni egallaydi, yangi qiziqish
va ehtiyojlar vujudga keladi. Demak, shaxsning kamolga etishi jamiyat rivojiga
chambarchas bog'liqdir.
Dostları ilə paylaş: |