Курс иши doc


  Shaxs rivojlanishida muhitning o’rni



Yüklə 315,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix02.01.2022
ölçüsü315,41 Kb.
#46738
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
shaxs shakllanishida muhitning orni

2.2.  Shaxs rivojlanishida muhitning o’rni 

 

Fiziologiya  va  ruhshunoslik  fanining  ko‘rsatishicha,  inson  bolasi  tayyor 



qobiliyat bilan emas, balki biror - bir qobiliyatning ruyobga chiqishi va rivojlanishi 

manbai  -  layoqat  bilan  tug‘iladi.  Layoqat  o‘zicha  rivojlana  olmaydi,  rivojlanishi 

uchun qulay muhit kerak. 

 

Muhit  deganda  kishiga  ta’sir  etadigan  tashqi  voqealarning  yig‘indisini 



tushunamiz.  

 

Sa’diyning  fikricha  qobiliyatli  va  kam  qobiliyatli  bolalar  bo‘ladi.  Ammo 



qobiliyat  o‘z-o‘zidan  rivojlanmaydi.  Uning  rivojlanishi  uchun  bolani  tarbiyalash 

kerak,  tarbiya  bo‘lmasa,  boladagi  bor  qobiliyat  ham  yo‘qoladi.  Uning  kamol 

topishi uchun kamolatga asos bo‘ladigan qobiliyat negiz bo‘lishi kerak. Sa’diy o‘z 

fikrini  isboti  uchun  “Guliston”  asarida  “Bir  vazirning  takasaltang  o‘g‘li  bor  edi. 

Vazir o‘g‘lini bir donishmand huzuriga eltib: “Shuni tarbiya qil, shoyad aqli kirib, 

odam bo‘lsa” - deydi. Donishmand vazirzodani uzoq muddat tarbiya qildi, foydasi 

bo‘lmadi.  Bolaning  otasiga  bir  odam  orqali:  “O‘g‘ling  odam  bo‘lmadi,  meni  ham 

aqldan ozdirdi” - deb xabar qildi. U bu voqeadan shunday xulosa chiqaradi:” 

 

 

Qobiliyat bo‘lsa aslida, 



 

 

Tarbiya unga qiladi asar. 



 

 

Qancha urinsa bo‘lmas sayqali, 



 

 

Temir aslida bo‘lmas gavhari  (143 bet) 



 

“Qobiliyatli  odamni  tarbiya  qilmaslik  -  zulmkorlik  va  noqobil  odamga 

tarbiya  hayfdir.  Tarbiyangni  ayab  unisini  nobud  qilma,  tarbiyangni  bunisiga  zoe 

ketkazma”,  -  deb  ta’kidlagan  A.Navoiy.  Bundan  tarbiyaning  natijasi  odamni 

qobiyatlilik  darajasiga  bevosita  bog‘liqligi  asoslanayapti.  Masalan,  qobiliyati 

bo‘lmagan  insonni  aqlli  mehnat  qilishga  yo‘llash  ijobiy  natija  bermasligini 

ta’kidlash  kerak.  YOki  biror  kasblarni  egallashga  ham  bu  g‘oyani  tadbiq  etish 

mumkin. 

Bunga tabiiy muhit (geografik), ijtimoiy muhit, oila muhiti (mikromuhit) va 

boshqalar kiradi va ular bolaning rivojlanishiga alohida ta’sir ko‘rsatadi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




18 

 

Agar  bola  o‘z  tug‘ma  layoqatiga  mos  sharoitda  o‘sib,  zarur  faoliyat  bilan 



shug‘ullansa,  layoqat  erta  ko‘rinib  rivojlanishi,  aksincha,  bunday  muhit  bo‘lmasa, 

yo‘q bo‘lishi yoki “mudroq” ligicha qolib ketiishi mumkin. 

Demak,  boladagi  irsiy  belgilarning  o‘sishi,  kamol  topishi  insonlar  muhiti, 

yashash  sharoiti  va  tarbiyaga  bog‘liq  desak  bo‘ladi.  Bunga  tarixda  misollar  juda 

ko‘p.  A.Navoiy  onasidan-shoir,  Eynshteyn-fizik,  Ulug‘bek-astronom,  Ibn  Sino-

tabib bo‘lib tug‘ilmagan albatta. 

Inson  bolasi,  agar  ijtimoiy  muhitga  emas,boshqa  muhit,  aytaylik  hayvonlar 

muhitiga tushib qolsa, odamlarga xos sifatlar shakllanmasligi mumkin. 

Masalan: 1920 yili hindistonlik doktor Sing Kalkuttaning janubiy-Qarbidagi 

Midnapur  shahri  yaqinida  bo‘ri  uyasidan  ikkita  bo‘ri  bolasi  bilan  ikkita  qizchani 

topib olgan. Ularning biri 7-8 yoshda,ikkinchisi 2 yoshlar chamasida edi. 

Amala  (kichigi)  bir  yildan  so‘ng  vafot  etdi.  Kamola  esa  1930  yilgacha 

yashadi. 

Odob, axloq, xulqiy sifatlar- shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va 

tarbiyaning  o‘zaro  ta’siri  asosida  vujudga  keladi.  Shuning  uchun  irsiyat 

rivojlanishga ta’sir etadi, ammo hal qiluvchi omil bo‘la olmaydi. 

Abdulla   Avloniyning  fikricha, “Axloq  – bu  xulqlar  majmuidir. Xulq esa 

kishida  o‘z-o‘zidan  paydo  bo‘lmaydi.  Ularning  shakllanishi  uchun  ma’lum  bir 

sharoit,  tarbiya  kerak.  Kishilar  tug‘ilishida    yomon  bo‘lib  tug‘ilmaydilar,  ularni 

muayyan  sharoit  yomon  qiladi.”

1

  Buyuk  muallimning  ta’kidlashicha,    axloq 



tarbiyasi  xususiy  ish  emas,  ijtimoiy  ishdir.  Har  bir  xalqning  taraqqiy  qilishi, 

davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.   

Ijtimoiy  pedagogikada      bolaning  mikromuhit  orqali  jamiyatga  kirib  borishi 

ko‘rib  chiqiladi.  Mikromuhitda  insonning  hayoti  va  munosabatlari  o‘zaro  ta’sir 

xususiyatiga ega. Muhit – bu  nafaqat ko‘cha, uy va buyumlar. Muhit – bu  o‘ziga 

xos munosabat va qoidalar  tizimiga ega bo‘lgan turli xil insonlar birligi. SHuning 

uchun, bir tomondan  inson  unga (muhitga) nimadir shaxsan o‘zinikini olib kiradi, 

                                            

1

 

Абдулла Авлоний. Биринчи муаллим. Тошкент, 1915. 37-бет 



PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




19 

 

ma’lum bir darajada unga ta’sir qiladi, uni o‘zgartiradi, lekin shu bilan birga muhit 



ham insonga ta’sir ko‘rsatadi, unga o‘z talablarini qo‘yadi. 

Muhitning  insonga  bo‘lgan  munosabati,  uning  o‘zini  tutishi  qanchalik 

muhitning ishonchiga to‘g‘ri kelishi bilan aniqlanadi. Insonning o‘zini tutishi ko‘p 

holda jamiyatda u qanday o‘rinni egallashi bilan belgilanadi. 

Inson jamiyatda bir  vaqtda bir qancha  o‘rinlarni egallashi  mumkin. Masalan, 

ayol kishi o‘qituvchi, rafiqa, ona, qiz bo‘lishi mumkin. Har bir tutgan o‘rin insonga 

muayyan  bir  talablarni  qo‘yadi  va  shu  bilan  birga  unga  qandaydir  huquqlarni 

beradi.  Jamiyatda  insonning  o‘zini  tutishi  muayyan  bir  huquq  va  majburiyatlar 

bilan tavsiflanadi, sotsiologiyada bu ijtimoiy maqom deb ataladi. 

Maqomlarning    ba’zi  birlari  insonga  tug‘ilishi  bilan  beriladi.  Inson  maqomi 

jinsi,  millati,  tug‘ilgan  joyi,  ism-sharifi  va  boshqa  omillar  bilan  bog‘liq  bo‘ladi. 

Bunday  maqomlar  tug‘ma  yoki  o‘zlashtirilgan  deb  ataladi.  Boshqalari  esa 

insonning  o‘zi  mustaqil  ravishda  jamiyatda  shaxsiy  harakatlariga  ko‘ra  erishgani 

bilan  aniqlanadi.  Masalan,  pedagog,  vrach,  muhandis  maqomini  inson  kerakli 

kasbiy  ta’lim  yurtida  o‘qigani  va  diplom  olgani  uchun  oladi.  Bu  holda  erishilgan 

yoki olingan maqom haqida gap yuritiladi. 

Maqom  insonning  jamiyatda  o‘zini  tutishini  aniqlaydi.  Ma’lum  bir 

vaziyatlarda  shaxs  o‘zini  istaganicha  emas,  balki  o‘z  maqomiga  ko‘ra  tutadi. 

Atrofidagi  insonlar  undan  bu  vaziyatlarda  muayyan  intizomni  kutadi,  ya’ni  inson 

muayyan  bir  rolni  o‘ynashga  majbur.  Shuning  uchun,  inson  maqomidan  kelib 

chiqqan kutilayotgan intizom ijtimoiy rol deb ataladi. 

Inson  hayoti  davomida  nafaqat  jamiyat  bilan  kutilayotgan  maqomlar,  balki 

ijtimoiy  me’yor  va  qadriyatlarga  to‘g‘ri  kelmaydigan  maqomlar  ham  mavjud. 

SHuning uchun rivojlanish jarayonida bola pozitiv ijtimoiy yoki negativ rolni ham 

o‘zlashtirishi mumkin. 

Pozitiv  rolli:  oila  a’zosi  (ota  va  ona,  buva  va  buvi,  o‘g‘il  yoki  qiz,  aka  va 

singil,  nevara  va  b.),  jamoa  a’zosi  (o‘quvchi,  o‘rtoq,  do‘st,  etakchi  va  b.), 

iste’molchi  (insonga  ovqat,  kiyim,  oyoq  kiyim  va  b.),  fuqaro  (Vatanni  sevish,  u 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




20 

 

bilan  faxrlanish,  vatanparvar  bo‘lish),  mutaxassis  (o‘qituvchi,  vrach,  iqtisodchi, 



muhandis va b.).  

Bola  bilan  ma’lum  rolda  o‘zini  tutish  mexanizmi  unga  ijtimoiy 

munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, har bir u uchun yangi 

bo‘lgan vaziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi. 

Bu  individni  ijtimoiy  muhit  shart-sharoitiga  moslashib  ketishi  jarayoni 

ijtimoiy moslashuv  deb ataladi. 

Ijtimoiylashuv  jarayonida  insonning  “hammadek”  bo‘lish  ob’ektiv  ehtiyoji 

namoyon bo‘ladi. Biroq shu bilan parallel ravishda bolada  boshqa ehtiyoj - o‘zini 

o‘z  individualligini  ko‘rsatish  ehtiyoji  shakllanadi.  Bola  uni  ifodalash  usul  va 

vositalarini qidira boshlaydi, qaysidir ma’noda uni namoyon qiladi, natijada uning  

individuallashuvi  sodir  bo‘ladi.  Bolaning  individuallashuvi  -    u  yoki  bu  ijtimoiy 

ahamiyatga  ega  shaxs  xislat  va  xususiyatlari  aynan  shu  insonga  mansub  shaklda 

namoyon  etadi.  Ijtimoiy  o‘zini  tutish  esa  boshqa  insonlar  intizomiga  tashqi 

tomondan o‘xshashiga qaramay betakror, individuallik qirralarni egallaydi. 

Shunday  qilib,  bolaning  ijtimoiy  rivojlanishi  ikki  yo‘nalish  bo‘yicha  sodir 

bo‘ladi:  ijtimoiylashuv  (ijtimoiy  madaniy  tajribani  egallash)  va  individuallashuv 

(mustaqil bo‘lish). 

Agar  bolani  mikromuhitga  kiritishda  ijtimoiylashuv  va  individuallashuv 

jarayonlari  orasida  muvozanat  belgilansa,  ya’ni  bola,  bir  tomondan,  mazkur 

jamiyatda o‘zlashtirilgan me’yor va qoidalarni o‘zlashtirsa, boshqa tomondan unga 

o‘ziga  tegishli  individualligini  qo‘shsa,  muhitda  bolaning  integratsiyasi    sodir 

bo‘ladi. 

 Agar  bolaning  guruhga  moslashish  jarayoni  sodir  bo‘lmasa,  unda  o‘ziga 

ishonmaslik,  tortinchoqlik,  tashabbussizlik  sodir  bo‘lishi  ,  bu  esa  shaxsni  jiddiy 

deformatsiyaga olib kelishi mumkin. 

Agar  bola  moslashuv  fazasidan  o‘ta  olsa  va  atrofdagilarga  o‘z  individual 

farqlarini  ko‘rsatishni  boshlasa,  atrofdagilar  esa  uning  individualizmini  jamiyat 

me’yorlariga  to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblasa, unda bolada negativlik, gumonsirash, 

agressiya, o‘ziga yuqori baho berish holatlari ko‘rinadi. 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



21 

 


Yüklə 315,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin