Barkamol insonni tarbiyalashning asosiy tarkibiy qismlari.
O'zbekiston mustaqil davlatga aylangan bir sharoitda ma'naviy va axloqiy
tarbiya qator omillar ta'siri ostida amalga oshiriladi. Bu eng avvalo shaxsni
umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish maqsadida ish olib borishda
ko'rinadi. Axloqiy sifat shaxsning barcha muhim xususiyatlarini yaxlit xolga
keltiradi.
O'zbek xalqining moddiy va maonaviy darajasining ko'tarilishi yangi
axloqning kelajakdagi rivojlanishi va mustahkamlanishining sosial bazasini
kengaytiradi, shaxs ehtiyojlarini yangi darajasi va undan oqilona foydalanishni
shakllantiradi.
Shaxsning muhim ma'naviy sifatlari bo'lgan axloqiy ong, hissiyot va xulqni
shakllantirish; vatanparvarlik, vatanga muhabbat, O'zbekiston gerbi va bayrog'i
hamda madhiyasiga muhabbat, insonpavarlik, ongli intizom va boshqa tuyg'ularni
kamol toptirish axloqiy tarbiyaning asosiy vazifalaridir.
Axloqiy tarbiyaning ba'zi asosiy sifatlari mazmunini tavsiflaymiz.
Vatanparvarlik. Vatanparvarlik Vatanga muhabbat uning himoyasiga tayyor
turishlik, vatanning gullab yashnashi uchun mehnat qilishdir.
Fuqarolik burchi inson hayotiy faoliyatining barcha sohalaridagi ijtimoiy
faoligini kuchaytiradi. Vatan manfaatlarini himoya qilishda, mehnatda, ijtimoiy
faoliyatda
o'zining
fuqarolik
majburiyatlarini
sidqidildan
bajarishga
rag'batlantiradi.
Talabalarda baynalmilal tuyg'u va baynalmilalchi sifatlarini tarbiyalash
jarayonida ularning O'zbekiston xalqlarining milliy birligi, umumdavlat
manfaatlarining ayrim viloyat yoki millat manfaatlaridan ustunligini aloxida
ahamiyatga ega.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
|