Kurs ishi mavzu: “ Mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni”


 ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini  o‘zgartirishva tarkibini aks ettiradi



Yüklə 229,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix24.12.2023
ölçüsü229,72 Kb.
#191862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni

 

ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mehnat taqsimotini 
o‘zgartirishva tarkibini aks ettiradi

Taklif
 
yollanish sharti bilan ishga ega 
bo‘lishdan manfaatdor bo‘lgan qishloq ishchi kuchining miqdor va sifat
 
(soni, 
jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi, malakasi, millati, ishlab chiqishi, daromadi va 
boshqalar bo‘yicha) tarkibini ifodalaydi.
 
SHuni ta’kidlash joizki, “mehnat bozori” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy 
mazmuni va uning tarkibiy qismlarining tadqiqoti mazkur bozorning o‘tish davrida 
bajariladigan 
asosiy vazifalarni 
ham aniqlashga imkon beradi. 
Mehnatning erkinligi va ixtiyoriyligi – mehnat bozori shakllanishining
asosiy sharoiti yohud shartidir. 
SHu bilan bir qatorda mehnat bozorining shakllanishiga bevosita ta’sir 
ko‘rsatayotgan bir qator iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, tabiiy-iqlimiy va huquqiy 
shart-sharoitlar va omillar mavjudki, ularni biz quyida batafsilroq ko‘rib chiqamiz. 
Mehnat bozori (MB) shakllanishining asosiy iqtisodiy shart-sharoiti bo‘lib, 
yollanma xodimlarni o‘z ishchi kuchlariga nisbatan shaxsiy mulkchiliklari va ish 
beruvchilarning ish joylariga jamoa yoki xususiy mulkchiligi xizmat qiladi. Bu 
erda shuni nazarda tutish kerakki, mazkur sub’ektlarni o‘zaro almashuv 
munosabatiga kirishiga ularning shaxsiy manfaatlari majbur qiladi, uning orqasida 
shaxsiy iste’molchilik yotadi. Ular ham, o‘z navbatida, qayta takror ishlab 
chiqarishda aholi ijtimoiy-iqtisodiy turmushining faqat kerakli ijtimoiy ehtiyoji 
ifodalanishi bo‘ladi. 
MBining vujudga kelishi ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi 
muvozanatga erishish uchun o‘zaro raqobat qilishga tayyor erkin va teng huquqli 



sheriklar iqtisodiy munosabatlarda bo‘lishlarini taqozo etadi. Bozorda yollanma 
xodim va ish beruvchi shaxsiy erkinlik va iqtisodiy zaruriyat nuqtai nazaridan 
o‘zaro bog‘langan hamda bir-birlariga qaram bo‘lsalar ham bir-birlariga qarshi 
turadilar. 
Ishchi kuchi talab va taklifi o‘rtasida bozor muvozanatiga erishish MBining 
shakllanishida hal qiluvchi iqtisodiy shartlardan biri hisoblanadi.
 
Ammo bunday 
muvozanat mavjud emas. Buning asosiy sababi – taklif qilingan mehnatga 
layoqatli aholi sonining unga talab miqdoriga nisbatan tez o‘sishi. 
Mehnat bozori kon’yukturasi shakllanishining ijtimoiy shart-sharoitlari 
ichida yollanma xodimlar va ish beruvchilarning sifat ko‘rsatkichlari oshishi 
etakchi o‘rin egallaydi.
Ish beruvchi va yollanma xodim o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi 
(kontrakt) mehnat bozorida ishchi kuchini sotish, sotib olishning 
hal 
qiluvchi 
huquqiy shart-sharoiti hisoblanadi. 
Ishchi kuchiga talab va taklif nisbati yaxshilanishiga tabiiy-iqlim sharoitlari 
muhim rag‘batlantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. YUqori unumdor qishloq 
xo‘jaligi erlarida va etarlicha suv bilan ta’minlangan yashash joylarida ishchi kuchi 
ko‘proq jamlanadi va ishchi joylari normal faoliyat ko‘rsatadi. YAngi ish joylarini 
yaratish va ishlab turgan korxonalarni kengaytirish yo‘li bilan ishchi kuchiga talab 
va taklif o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga ma’lum darajada imkoniyatlar 
vujudga keltiriladi. Bu esa, mehnat resurslarining ortiqchalik darajasini, demak, 
ishsizlik miqyosini ham keskin kamaytirishga bevosita ta’sir etadi. 
SHu bilan birga ortiqcha mehnat resurslariga ega respublikamiz 
hududlarida ishchi kuchiga talabning oshishi va uning taklifi pasayishiga bevosita 
ta’sir etuvchi omillarni tadqiq qilish eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb 
etadi. Ishchi kuchiga talabning oshishini asoslovchi omillarga quyidagilar kiradi: 
noqishloq xo‘jaligi tarmoqlarda yangi ish joylarini yaratish, mehnat 
qo‘llaniladigan amaldagi mintaqalarni texnik qayta jihozlash, modernizatsiyalash, 
qayta ta’mirlash, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, yangi erlarni o‘zlashtirish, qayta 
ishlash sanoati, xizmatlar ko‘rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati ko‘lamini 


10 
kengaytirish, kichik va o‘rta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va 
boshqalar. SHu bilan bir vaqtda ishchi kuchi taklifini va ish joylariga ehtiyojni 
pasaytiruvchi omillar vujudga keladi va ular ta’sir qila boshlaydi: shaxsiy 
yordamchi xo‘jalik, yakka mehnat faoliyati, xususiy tadbirkorlik va o‘z-o‘zini 
band qilishning boshqa sohalarini rivojlantirish, bandlikning egiluvchan va 
nostandart shakllarini kengaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning 
bozor usullarini tatbiq etish, inflyasiya va ishsizlikni pasaytirish, mahalliy 
kadrlarning mobilligini (safarbarligini) hamda malakasini oshirish va boshqalar. 
Mehnat resurslari bilan kam ta’minlangan hududlarda esa bir qator omillar 
ishchi kuchiga talabning pasayishiga ko‘maklashadi. Xususan, bu ijara va xususiy 
mulkchilikni rivojlantirish, to‘lash qobiliyatiga ega bo‘lmagan yoki ekologik 
zararli korxonalarni yopish, yangi erlarni o‘zlashtirish ko‘lamini qisqartirish, 
moddiy-texnikaviy va moliyaviy resurslar ta’minotini yaxshilash, intensiv 
texnologiyani qo‘llash, mehnat unumdorligini oshirish va hokazo. Bundan 
tashqari, mazkur hududlarda ishchi kuchi taklifini oshiruvchi omillar mavjud: 
kadrlarning malakasi, ma’lumoti, mobillik va eksportabellik darajasining pastligi, 
mehnat resurslari soni o‘sish sur’atining ish joylari miqdoriga nisbatan yuqoriligi, 
qishloq xo‘jaligida ishlovchilarni ish joyidan ozod etishning ko‘payishi, mehnatni 
qo‘llash mintaqalarining etishmasligi va boshqalar. 
SHu bilan birga shunday omillar ham borki, ular kompleks holida ishchi 
kuchi taklifining shakllanishi
 
holatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ularga 
quyidagilar kiradi: ishlashni xohlovchilar, yollangan xodimlar va ish 
beruvchilarning tabiiy va mexanik harakatlari; turmush uchun zarur bo‘lgan 
mablag‘lar jamg‘armasi; yollangan xodimlarning pul daromadlari; nafaqaxo‘rlar va 
bolali ayollarning mehnat va ijtimoiy pensiyalari, imtiyozlari va kafolatlari; kasbiy 
tayyorlash yoki qayta tayyorlash va malakasini oshirishga zaruriyati bo‘lgan 
shaxslarni mablag‘lar bilan ta’minlovchi davlat, korxona va oilaning moliyaviy 
imkoniyatlari; shaxsiy yordamchi xo‘jaligida va yollanmasdan “uy mehnati”da 
band bo‘lganlar soni; qurolli Kuchlarda xizmat qiluvchilar soni va ularda xizmat 


11 
qilish muddati; muqobil va malakali kasbiy xizmatlarni takomillashtirish va 
hokazo. 
Ishchi kuchiga talabning o‘sishi yoki kamayishi (dinamikasi) quyidagi 
miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bilan aniqlanadi: mavjud bo‘lgan va 
yangidan yaratiladigan ishchi joylari; investitsiya salohiyati va uning takror ishlab 
chiqarish tuzilishi; iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar; mulkchilik shakllarining 
turli-tumanligi; korxonalar va tashkilotlarning to‘lovga qodir emasligi (bankrotligi) 
va hokazo. 
Demografik jarayonlarga bog’liq holda, yurtimizda mehnat resurslari soni 
yil sayin ortib bormoqda (1.1-jadval). 
1.1-jadvaldan ko’rinib turganidek, 2007-2011 yillar davomida mehnat 
resurslari soni 2090,2 ming kishiga yoki 13,7 foizga ortgan. Bu davrda mehnat 
resurslari sonining o’rtacha yillik o’sish sur’ati 2,6 foizni tashkil qilgan. 
Ko’rilayotgan davrda mehnat resurslari sonining o’sish sur’ati respublika 
hududlarida bir me’yorda kechmagan. Jumladan, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, 
Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg’ona viloyatlarida respublika o’rtacha 
ko’rsatkichidan yuqori, qolgan barcha hududlarda (Qoraqalpog’iston Respublikasi, 
Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri) esa past 
bo’lgan. 2012 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, mehnat resurslari jami aholining 59 
foizini tashkil qilib, uning asosiy qismi (qariyb 60 foizi) Samarqand, Farg’ona, 
Andijon, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida to’plangan.
Yangi ish o’rinlarini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari tarkibini 
diversifikasiya qilish, malakali mutaxassislar tayyorlash va shuningdek, 12 yillik 
majburiy ta’lim tizimiga o’tish borasida ko’rilgan chora-tadbirlar aholining bandlik 
darajasini yanada oshirish imkonini berdi (1.1-jadval). 

Yüklə 229,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin