18
Mazkur mezonlar quyidagi ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi: mavjud va
yangi yaratilgan ish joylarining soni, mulkchilikning turli xil shakllari, aholi jon
boshiga ishlab chiqarilgan YAIMning hajmi; ishchi kuchi eksportidan kelgan
tushum miqdori, aholining migratsion oqimi, eksport qilingan ishchi kuchi
salmog‘i; mehnat resurslarining malaka va ma’lumot darajasi, mehnat bozoridagi
raqobatbardoshlik, mehnat bozori institutsion tuzilmalari samaradorligi, samarali
va egiluvchan mehnat bozorini shakllantirish va rivojlantirish; malakali kadrlardan
foydalanish samaradorligi; malakali kadrlarni tayyorlashda moddiy-texnik
ta’minot, oliy va o‘rta toifadagi mutaxassislar salmog‘i; ijtimoiy ishlab chiqarishda
band bo‘lmagan shaxslar va ishsizlik soni hamda ularning nafaqa miqdori, yangi
ishga joylashtirish, xizmat bo‘yicha boshqa ishga o‘tish munosabati bilan qayta
tayyorgarlik, yangi ish joyiga ko‘chirib keltirish; mehnat bo‘limida hisobda
bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari va lavozimlarining to‘liq ro‘yxati, mehnat bo‘limida
hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha ma’lumotlar, ishsizning huquqlari va
majburiyatlari to‘g‘risidagi to‘liq axborot, ish beruvchilar to‘g‘risidagi axborot,
yangi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash imkoniyatlari to‘g‘risidagi axborot,
mulkchilikning turli xil shakllari va h.k.
YUqorida qayd etilgan mezonlar va ularning ko‘rsatkichlaridan mehnatga
layoqatli aholining oqilona ish bilan bandligini shakllantirishni tartibga solish
mexanizmlarini, tegishli maqsadli kompleks dasturini hamda kompleks tahlili va
istiqbolini belgilashning metodologik asoslarini yaratishda va ularni tadbiq etishda
foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: