7
I-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH ORGANLARI
FAOLIYATLARINING SHAKLLANISHI VA ASOSIY YO‘NALISHLARI
1.1. Mehnat bozorining mohiyati va ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni
Bugungi kunda iqtisodiyotning oldida turgan
dolzarb muammolardan biri
mehnat bozorini samarali shakillantirish va rivojlantirishdir. Buning uchun, avvalo,
ijtimoiy va iqtisodiy tizimlar rivojlanishining ob’ektiv qonunlaridan savodli
foydalanish zarur.
Mehnat bozori bozorning boshqa tizimchalari bilan uzviy bog‘langan.
Haqiqatdan ham talabga ega bo‘lish uchun ishchi kuchi jismoniy, aqliy va kasbiy
qobiliyatlarning belgilangan majmuasiga ega bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish
jarayoniga bu qobiliyatlarni tatbiq eta turib, u o‘z iste’mol sifatlarini yo‘qotmasligi
uchun doimo qayta ishlab chiqarilishi lozim. Nafaqat o‘zini qayta ishlab chiqarish,
balki mehnat resurslari va butun aholining sifat ko‘rsatkichlari
ham yaxshilanishi
darajasini oshirib yoki pasaytirib, ushbu tengsizlikni yo‘q qilishi mumkin. Ishchi
kuchiga jami talab investitsiya va ishlab chiqarish hajmlari bilan tartibga solinadi.
Mehnat bozori – bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo‘lgan
va band bo‘lmagan qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi
munosabatlarni hamda
ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari)
asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi,
shuningdek, ishchi kuchiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga
soluvchi, bozor
iqtisodiyotining murakkab, ko‘p aspektli, o‘suvchi va ochiq
ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy
elementlariga quyidagilar
kiradi: ishchi kuchiga talab va uning taklifi, qiymati, bahosi va yollashdagi
raqobat. Talab
agrosanoat
majmuasi, ishlab chiqarish ijtimoiy infratuzilmasi va
xalq xo‘jaligining boshqa sohalari mehnat bozoriga buyurtma etgan, ish haqi fondi,
shaxsiy yordamchi xo‘jaliklardan daromadlar va boshqa hayotiy vositalar bilan
ta’minlangan ehtiyojning
hajmi ishchi kuchiga talab va taklifning hajmi, tarkibi va
8
nisbatini shakllantirish;
bozor uslubida xo‘jalik
yuritishining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy
mexanizmlari yordamida ishchi kuchiga talab va taklifni tartibga solish;
mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga bevosita ta’sir
ko‘rsatish;
ishsizlar ish topishiga, ularning malakasi
va raqobat qobiliyatini
oshirishga ko‘maklashish;
Dostları ilə paylaş: