19
II-BOB. MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH
ORGANLARI FAOLIYATLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
YO‘LLARI
2.1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatlarining
samaradorligini baholash usullari
Ish bilan bandlik xizmati o‘zining asosiy mijozlari
bilan ishini shunday
tashkil qiladiki, bunda ish beruvchi mehnat bozorining holatiga qarab ishchi kuchi
talabining kelajakdagi o‘zgarishi bo‘yicha oldindan o‘z strategiyasini
ishlab
chiqishi va oldinroq kadrlar tayyorlash masalasini hal qilishi zarur; ishsizlarda esa,
kasbiy malakalarini o‘sishiga ichki talabni rivojlantirish va mehnat bozoridagi
raqobat kurashiga psixologik jihatdan tayyor bo‘lishlari zarurligini ifodalaydi.
Biz ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash uchun
optimal usullardan foydalanishga harakat qilamiz. Bu bilan bog‘liqlikda biz
oldimizga quyidagi masalalarni qo‘yamiz:
1.
Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash uchun
tadbiq etilayotgan usullarni tizimlashtirish;
2.
Hududiy ish bilan bandlik xizmati faoliyatining
samaradorligini
baholashda ko‘rsatkichlar tizimi va usullarini tahlil etish;
3.
Ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash
usullarini takomillashtirish bo‘yicha tatqiqotlar o‘tkazish va tavsiyalar ishlab
chiqish.
Mehnat sohasida ish bilan bandlik xizmati har qanday davlat tashkiloti
singari ierarxiyali (pog‘onali) tuzilmalarga ega, shuning
uchun uning faoliyatini
baholash turli darajalardagi boshqaruv organlari sifatida amalga oshiriladi: yuqori
darajada – respublika miqyosida; o‘rta darajada – hudud (viloyat) miqyosida; quyi
darajada – joylardagi mehnat organlari (tuman) miqyosida.
20
Ko‘pchilik MDH davlatlarida yaqin vaqtlargacha, Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari tomonidan hududiy ish bilan bandlik xizmati
organlari faoliyatlarining samarali yoki samarasiz ekanligi quyidagi ikkita
ko‘rsatkich bilan baholangan: birinchisi – aholini ish bilan ta’minlash
jamg‘armasiga yig‘ilgan sug‘urta ajratmalari va bu mablag‘larning ishsizlarga
nafaqa to‘lovlari
uchun etarliligi; ikkinchisi- ishsizlik darajasi, mehnat organlari
ro‘yxatidan o‘tgan jami ishsizlar sonini jami iqtisodiy faol aholiga nisbati. Bu
ko‘rsatkichlar va natijalar ish bilan bandlik xizmati faoliyatini samarali yoki
samarasiz ekanligini baholash uchun etarli hisoblangan.
Respublikamiz Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
tavsiyasiga muvofiq, hududiy ish bilan bandlik xizmati
organlari faoliyatlarining
samaradorligini hisoblash metodikasini qarab chiqamiz.
Respublikamiz Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hududiy
ish bilan bandlik xizmati organlarining faoliyatlarini takomillashtirish hamda
mehnat bozori monitoringini mustahkamlash maqsadida, hududiy ish bilan bandlik
xizmati organlari faoliyatining samaradorligini baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar
tizimini kengaytirish zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "A
h
oli bandligini oshirish
h
amda
me
h
nat va a
h
olini ijtimoiy mu
h
ofaza
h
ilish organlari faoliyatini takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘
g‘
risida" 2007 yil 6
apreldagi P
Q
-616-son
q
aroriga muvofi
q
ishlab chi
q
ilgan
h
amda ishga joylashtirishga mu
h
toj me
h
nat bilan band bo‘lmagan
a
h
oli sonini minta
q
alar bo‘yicha
h
isoblab chi
q
ish va shu asosda me
h
nat
resurslarining tegishli balansini ishlab chi
q
ish tartibini belgilaydi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan
ish bilan
bandlik xizmati organlari faoliyatining samaradorligini
baholash uch qismga
bo‘linadi. 1) Ish izlovchi fuqarolarning ish bilan bandlik xizmatiga talab etilganlik
darajasini baholash. 2) Ish topish maqsadida murojaat qilgan fuqarolarni ishga
joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha ish bilan bandlik xizmati faoliyatining
samaradorligi. 3) Ish beruvchilar bilan ishlash.
21
Hududiy ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyatining samaradorligini
baholash bo‘yicha yuqorida keltirilgan ko‘rsatkichlar
ish bilan bandlik xizmati
organlari rivojlanishining turli bosqichlarida kengayib bormoqda va maqsaddan
kelib chiqqan holda hamda faoliyat yo‘nalishlaridan bog‘liq ravishda o‘zgarmoqda.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Samarqand viloyati ish bilan bandlik xizmati
faoliyatining natijalarini respublikamizning boshqa hududiy ish bilan bandlik
xizmati organlari faoliyatlari bilan har tomonlama baholash bo‘yicha
solishtirishning aniq mezoni ishlab chiqilmagan. SHu sababli, viloyatlar ish bilan
bandlik xizmati organlari faoliyatlarining natijalarini har tomonlama o‘zaro
solishtirish mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar tizimining dasturiy ta’minotini ishlab
chiqish va amaliyotga tatbiq etish kerak.
Biz o‘ylaymizki, ishga joylashtirishga ko‘maklashish masalasi ish
beruvchilar va ishsizlar o‘rtasida murosaviy munosabatlarni shakllantirishni
nazarda tutadi. Murosaga kelishni bunday baholash mezoni ish beruvchilar va
ishsizlar talabini qondirish imkoniyatlari hisoblanadi. SHunday ekan, ish bilan
bandlik xizmati ishining samaradorligini baholash uchun ish beruvchilar va
ishsizlar talabini qondirilish darajasini aniqlash zarur.
Biz mehnat bozori konyukturasi nuqtai nazaridan quyidagi ko‘rsatkichlarni
ish bilan bandlik xizmati organlari faoliyati samaradorligini baholashning amaldagi
kompleks ko‘rsatkichlar tizimiga qo‘shishni taklif etamiz:
1.
Mehnat bozori segmentidagi talab va taklifning nomuvofiqligi darajasi
(D
n
).
(%)
;
%
100
Dostları ilə paylaş: