13
mehnat va ish bilan bandlikda erkinlikni ta’minlash. Insonga ijtimoiy
mehnatda qatnashishi yoki qatnashmaslikni tanlash ustuvor huquqi berilishi;
ish kuchini talab va taklif qilish o’rtasidagi eng samarali o’zaro
hamkorlikni ta’minlovchi normativ-huquqiy mexanizmni yaratish;
ish bilan bandlik bo’yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish. Ish
bilan bandlik bo’yicha davlat siyosatining atrofida hamma darajadagi ma’muriy
hududlarning aholini ish bilan ta’minlash faoliyatidagi mustaqilligini hisobga olib
yagona umumdavlat ish bilan bandlik siyosatini yuritish;
ish bilan bandlikni ta’minlash bo’yicha nazorat. Ish bilan bandlikni
ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda kasaba uyushmasi,
tadbirkorlar assosiasiyasining boshqaruv organlari bilan hamkorlikda nazoratni
amalga oshirish;
ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solishda uch tomonlama
ijtimoiy hamkorlik (hukumat, kasaba uyushmalari vakillari va tadbirkorlar
vakillari);
ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini O’zbekiston
Respublikasi Konstitusiyasida belgilangan “kun kechirish uchun zarur miqdordan
kam bo’lmaslik”ka rioya qilgan holda erkin belgilash.
Dostları ilə paylaş: