Shohrux Mirzo Amir Temurning to„rtinchi o„g„li bo„lib u 1377 yil tug„ilgan.
Uning onasi Tag„oy Turkon Og„odir. U yoshligidann Saroy Mulk Xonim
tarbiyasida bo„lgan. U 20 yoshida otasining Falastin yurishida qatnashadi. 1397 yilda
unga Xuroson, Seyston va Mozandaron hokimligi topshiriladi.
U yoshligidan shariatga kattiq rioya qilgan. Shuning uchun Temur uni valiaxt qilishni
xush ko„rmagan edi. Temur vafotidan keyin taxtga davogar bo„ladi va Pir Muhammad
bilan sulh tuzib Xalil Sultonga yurish qilgan edi. Pir Muhammad vafotidan so„ng o„zi
kurasha boshlaydi. 1409 yilga kelib Samarqandni oladi va o„g„illariga
hududlarni bo„lib berib, o„zi Hirotga qaytadi. Uning davrida mamlakat bir muncha
gullaydi va poytaxtni Hirotga ko„chiradi. U ko„pincha davlat ishlarini xotini Gavharshod
bilan boshqarar edi.
Ancha qarib qolgandan keyin taxt vorisini tayinlay olmay qoldi, xotiniga esa
nabirasi Alouddavla Mirzoni mo„ljallagan edi. U o„z ajali bilan 1447 yilda vafot etadi.
Ulug‘bek Mirzo Shoxruh Mirzoning to„ng„ich o„g„lidir. U 1394 yilda tug„ilgan.
Unga Muhammad Tarag„ay deb ism beradilar. Keyinchalik o„zgarib ketadi. 1398 yilda
besh yoshli Ulug„bekni otasi uni Sharafiddin Ali Yazdiyning tarbiyasiga topshiradi. U
yoshligidan kitob o„qishga qiziqqan.
1404 yil 10 yoshda bo„lganida unga Og„o Begimni unashtirish marosimi bo„lib
o„tadi. 1404 yilning kuzida Temur Xitoy yurishida Sayram, Avliyo ota,
Ashpardan to Xitoy chegarasigacha Ulug„bekka in'om qiladi. Ammo Temur 1405 yilda
vafot etiadi. 1409 yilda Ulug„bek Movarounnahr hukmdori bo„lgach otasining
ham yurishlarida ishtirok etmay qo„yadi. 1413 yil Ahmad Mirzo taklifga binoan
kelmaganligi uchun Farg„onaga qo„shin tortadi va g„alaba kozonadi. 1425 yilda
Mo„g„ulistonga qarshi yurish boshlaydi. U bu jangda ham g„alaba qozondi. 1426 yilda esa
Baroq o„g„longa qarshi kurashadi va yengilib Samarqandga qaytadi. 1447 yil vafot etdi.
Ibrohim MirzoShohruh Mirzoning 2 o„g„lidir. U 1394 yilda tug„ilgan. Uning
onasi To„ti begim edi. Shohruh Mirzo 1409 yilda Xalil Sulton Mirzodan
Movarounnahrni tortib olgach, unga Balx viloyati hokimligini topshiradi. U tabiatan
muloyim ochiq ko„ngil edi. Sharafiddin Ali Yazdiy ham o„z "Zafarnoma"sini uning
huzurida bir qancha vakt yozadi va asarda to„xtalib o„tadi.
Ibroxim Mirzo 1435 yil 40 yoshida kasal bo„lib vafot etadi. Undan uch o„g„il
koladi. Sulton Abu Isxoq Mirzo, Ismoil Mirzo, Abdullo Mirzolar edi.