XULOSA
Amir Temur saltanati tarixiy zarurat edi. Ijtimoiy hayot, xalqlarning hayoti
tarzi shunday buyuk bir shaxsning dunyoga kelishini kutar edi. Turon,
binobarin, Mavorounnahr, Eron, Ozarbayjon, Xuroson mo„g„ullar oyog„i ostida
ingrar, najot istar edi. Shunday najot farishtasi Temur bo„ldi. U tarix sahnasiga
chiqib, Turon zaminini mo„g„ullardan tozaladi.
Amir Temur davrida madaniyat, san'at, ilm fan gurkirab o„sdi va rivojlandi.
Jahongir qaerga bormasin o„sha yerdan eng qo„li gul ustalarni, hunarmand va
san'atkorlarni, shoiru olimlarni ozor yetkazmay olib keldi, ularni tarbiyalab
voyaga yetkazdi. Uning davrida Samarqand yer yuzining sayqaliga, Buxoro
islom dinining quvvatiga aylandi. Turon yurti o„z madaniy taraqqiyoti bilan
jahonning ko„zini qamashtirdi.
Kurs ishida Sohibqiron Amir Temur Kuragoniyning faoliyati va janglari,
uning hokimiyat tepasiga kelishi, Amir Temur davlatining tashkil topishi,
temuriylar shajarasi, Amir Temurning harami haqida, Amir Temur farzandlari,
Jahongir Mirzo va uning avlodi haqida, Mironshoh Mirzo va uning avlodi
haqida, Umar Shayx Mirzo uning avlodi haqida, Shohruh Mirzo uning avlodi
haqida qisman bo„lsada ma'lumotlar berildi.
Shuni ta'kidlash lozimki, temuriylar shajarasi ustida ish olib borgan
olimlar, o„z asarlarida faqat taxtga o„tirib hukmronlik qilgan shahzodalarnigina
e'tiborga olib, hukmronlik qilmagan yoki kichikroq lovazimlarda bo„lgan
shahzodalarni esa shajara ro„yxatiga kiritmaganlar. Turg„un Fayzievning
“Temuriylar shajarasi” kitobida ushbu sulolaga mansub bo„lgan barcha
shahzodalarni shajara ro„yxatiga kiritilgan. Zero sulola tarixini o„rganishda
ularni chetlab o„tish mumkin emas.
Dostları ilə paylaş: