9
soha mikroelektronika va elektrovakuum sanoatida
mitti detallarni kesish va
payvandlash, mitti detallarga markalar tushirish bilan bog‘liq; poligrafiya sanoati
ehtiyojlari uchun raqamlar, harflar, tasvirlar avtomatik tarzda kuydirib tayyorlanadi.
Keyingi yillarda mikroelektronikaning eng muhim sohalaridan biri-
fotolitografiyada oddiy yorug‘lik manbai o‘rniga lazerlardan foydalanilmoqda.
Ma’lumki, fotolitografiya usulini qo‘llamay turib, o‘ta mitti bosma platalar, integral
sxemalar va mikroelektron texnikaning boshqa elementlarini tayyorlab bo‘lmaydi.
Submikron litografiyadagi keyingi taraqqiyot ekspozitsiyalovchi yorug‘lik
manbai sifatida lazer nuri vujudga keltiradigan plazmadan tarqaladigan yumshoq
rentgen nurlanishidan foydalanish bilan bog‘liq. Bu holda
rentgen nurlanishining
to‘lqin uzunligi (((0,01-0,001mkm) bilan belgilanadigan ajratish chegarasi juda
ulkan bo‘ladi.
Lazer tenologiyasining ikkinchi turi o‘rtacha quvvati katta: 1 kVt gacha va
undan yuqori bo‘lgan lazerlardan foydalanishga asoslangan. Yuqori quvvatli
lazerlardan kuchli texnologik jarayonlar: qalin po‘lat
listlarni qirqish va
payvandlash, sirtqi toblash, yirik gabaritli detallarga metallni eritib yopishtirish va
legirlash (metallarni maxsus material, xrom, nikel va boshqalar bilan qoplash),
binolar sirtini tozalash, marmar, granitni kesish, gazlama,
teri va boshqa
materiallarni bichishda foydalaniladi. Metallarni lazer bilan payvandlashda chok
juda sifatli chiqadi, elektron-nurli payvandda ishlatiladigan vakuum kameralarga
ehtiyoj qolmaydi, bu esa konveyyerli ishlab chiqarishda juda muhimdir.
Qudratli lazer
texnologiyasi mashinasozlikda, avtomobil sanoatida, qurilish
materiallari sanoatda qo‘llaniladi. U materiallarga ishlov berish sifatini oshiribgina
qolmay, ishlab chiqarish jarayonlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ham
yaxshilaydi. Masalan, 14 mkm qalinlikdagi po‘lat listlarni lazer bilan payvandlash
tezligi 100 m/soat ga yetadi; bunda 10 kVt(soat elektr energiya sarflanadi.
Bundan ham quvvatliroq lazer texnikasi rivojlanishi bilan lazer nurlanish
energiyasi an’anaviy energiya turlari (elektr
tok energiyasi, mexanik energiya,
ximiya jarayonlar energiyasi) bilan bir qatorda xalq xo‘jaligida borgan sari keng
qo‘llanilmoqda.