17
uzoq turmaydi. Maʼlum vaqt oʻtgach, zarra pastki orbitaga tushib, atom oʻzidan nur
chiqaradi. Yuqori energetik holatlar (orbita) dagi oʻzoʻzidan pastga, yaʼni, energetik
turgʻunroq holatga tushmasa, uni "turtib" tushirib yuborishi mumkin. Buni fanda
majburiy nurlatish deyiladi. Togʻ ustidan pastga yumalatilgan bitta tosh bir necha
toshni yumalatib tushirganidek, moddaning
bitta zarrasi turtib yuborilsa, barcha
orbitalardagi zarralar qoʻzgʻaladi. Atom chiqargan nur bilan yutilgan nur koʻshilib,
ikkitasi toʻrtta, toʻrttasi sakkizta va h.k. Lazer nuriga aylanadi. Bu nurlarni kvant
generator (elektr signal kuchaytirgichiga oʻxshab) kuchaytirib, gʻoyat toʻgʻri
yoʻnalgan nur (energiya)ga aylantirib beradi. Energiya manbai (oʻzgarmas tok,
yuqori yoki oʻta yuqori chastotali tok, optik yoki lazer nuri, elektron nur dastasi)
hisobiga aktiv moddadagi elektronlar yuqori (uygʻotilgan) sathlarga oʻtib, inversiya
holati (elektronlar soni yuqori sath N
2
da quyi sath N, dagiga nisbatan koʻp boʻladi)
vujudga keladi. Ularga biror energiya manbai bilan taʼsir ettirilsa (mas, yorugʻlik
nuri), aktiv modda ishga tushadi. Bunda elektronlarga berilgan energiya bir necha
ming marta koʻpayadi va shu onda lazer nuri shaklini oladi. Bundan tashqari, lazer
nurining qurilmadagi kuchaytirish koeffitsiyenti kerak unda sodir boʻladigan
energiya yoʻqotishlar koeffitsiyentidan ancha katta boʻlishi kerak. Shu shartlar
bajarilganda lazer nuri generatsiyasi (hosil boʻlishi)ga erishish mumkin. Lazer 2 xil
ish rejimiga ega. Agar unda uzluksiz energiya manbaidan foydalanilsa,
uzluksiz
ingichka nur hosil qilish mumkin. Agar manba impulyeli energiya bersa, lazer nur
impulslarini beradi. Suyuq jismlardan tayyorlangan lazerda aktiv modda oʻrnida
"Rodamin-6J", piranin, tripaflavin va boshqa ishlatiladi. Boʻyoqni erituvchi sifatida
spirt, atseton, toluol va boshqalardan foydalanib, aktiv modda shisha kyuvetaga
joylash-tiriladi. Azot lazeri yordamida uygʻotiladigan boʻyoq lazerning sxematik
tuzilishi koʻrsatilgan. Gazli lazerlarda [birinchi gazli lazer (He-Ne) aralashmasida
amerikalik olim A. Javan tomonidan yaratilgan] aktiv muhit gaz (yoki gaz
aralashmasi)dan boʻladi. Mac, geliy-neon (Ne—Ie)li aktiv muhit geliy va neon
gazlar aralashmasidan iborat. Gaz aralashmasi elektr razryadi bilan aktivlashgan
holatga keladi. Bunday lazerlarda generatsiya Ne ning sathlar orasidan oʻtishida
sodir boʻladi. Bunda 3 ta toʻlqin uzunlikdagi nur chiqadi: ^.=0,63 mkm (qizil nur),
18
L2=1,15
mkm va X
3
=3,39 mkm (infraqizil nurlar). Gazli lazerdan (CO
2
+N
2
) da
X=10,6 mkm uzunlikdagi nur chiqadi. Ionli va kimyoviy lazerlar ham gazli lazer
hisoblanadi. Ionli lazerda aktiv muhit — ionlashgan atomlar, kimyoviy lazerda esa
kimyoviy reaksiyalarda "uygʻongan" holatga oʻtgan atomlar boʻladi (ion sathlarda
ishlovchi argon lazeri koʻk nur chiqaradi). Oʻzbekiston milliy universiteti
(OʻzMU)ning kvant radiofizika kafedrasida oʻta yuqori chastota sohasiga oid
tranzistorli avtogeneratorlarda ishlovchi ixcham yengil SO
2
lazeri yaratilgan.
Yarimoʻtkazgichli mas, GaAs lazerlarda aktiv muhit yarimoʻtkazgichlardan boʻladi.
Bunday lazerda muhit optik va elekt-ronlar oqimi yordamida aktiv holatga
keltiriladi. Bu turdagi lazerlarda lazer oʻtishlari oʻtkazuvchanlik-valent zonalari va
donorakseptor sathlari orasida boʻladi. Bular lazer diodlari deyiladi.
Yarimoʻtkazgichli diod qalinligi 0,1 mm va yuzasi bir necha mm
2
boʻlgan kristall
plastinkadan iborat. Bu diodlar orqali toʻgʻri tok oʻtkazilganda elektronlar yuqori
zona yoki sathlarga oʻtib inversiya holati roʻy beradi. Elektronlar quyi zona (yoki
sathlar)ga oʻtganida elektron-kovaklar rekombinatsiyasi natijasida ajralgan energiya
hisobiga lazer nuri generatsiyasi kuzatiladi. GaAs lazeridan
chiquvchi infraqizil
nurning toʻlqin uzunligi ^.=0,84 mkm. Yarimoʻtkazgichli lazerlardan aktiv moddasi
CdS (koʻk nur), CdTe (qizil, toʻq qizil nur — qirmizi), (aktivator) qoʻshilgan
alyuminiy oksid (A1
2
O
3
) dan tayyorlangan kizil kristall shisha tayoqcha CaSb (qizil;
infraqizil nur) boʻlgan lazerlar mavjud. Yarimoʻtkazgichli lazerlarning tuzilishi
sodda, oʻlchami kichik va ular uzoq ishlay oladi. Lazerlardagi nur quvvati qattiq
jismli lazerlar,
suyuq jismli lazer, gazli lazer va yarimoʻtkazgichli lazer tartibida,
f.i.k. esa yarimoʻtkazgichli lazer, suyuq jismli lazer, gazli lazer va qattiq jismli
lazerlar tartibida kamayib boradi. Nurning ingichkaligi (tor burchak ostida
yoʻnalgashgagi) gazli lazerlarda eng yaxshi, yarimoʻtkazgichli lazerlarda esa eng
yomon. Qurilmaning oʻlchamlari, ogʻirligi qattiq jismli lazerlarda eng katta, gazli va
suyuq, jismli lazerlarda oʻrtacha, yarimoʻtkazgichli lazerlarda esa eng kichik. Turli
lazerlar nuri ultrabinafshadan tortib, koʻzga koʻrinadigan
soha va infraqizil
diapazonlarni qamrab oladi. Lazer turli sohalarda keng qoʻllaniladi. Qattiq jismli
lazerlar lazer spektroskopiyasida, lazer texnologiyasi (qattiq, jismlarni qirqish,
19
payvandlash, teshish)da, nochizigʻiy optikada, gazli lazerlar esa chastota va
uzunlikni standartlashda, optik sistemalarni sopash, marksheyder ishlarida, lazerlar
kimyosida, tibbiyotda; yarimoʻtkazgichli lazerlar ixcham, yengil boʻlib, optik aloqa
sistemalarida,
audio va video sistemalarida, tunda koʻrish qurilmalarida, maʼlu-
motni optik qayta ishlash proyeksion lazer televideniyesida keng qoʻllanilmoqda.
Kimyoviy lazerlar atmosfera tarkibini nazorat qilish sistemalarida ishlatiladi.
Lazerlar kriminalistika, Yer ustidagi uzoq, masofalarda va suv osti optik aloqasida,
nur tolali telefon aloqa sistemalarida, lazer kompakt-diski yasashda, xirurgik
operatsiyalarda, oftalmologiyada, boshqariluvchi termoyadro sintezida va h.k. k.da
ishlatiladi. Geliy-Neon lazerlari quvvati bir necha o‘n millivattga teng
monoxromatik
yaxshi dasta nurlantiradi, impulsli va uzluksiz rejimlarda ishlaydi,
tuzilishi sodda va ishlatilishi qiyosan bexatardir. Bunday lazerlar spektrning ham
ko‘rinuvchan, ham infraqizil sohalarida nurlanish hosil qiladi. Ular nurlanishning
to‘lqin uzunligi spektrning ko‘rinuvchi sohasida uning qizil qismiga (
=632,8
Dostları ilə paylaş: