22
uyg‘ongan holatni xarakterlovchi yuqori energetik satxdan pastki energetik satxga
o‘tish o‘z-o‘zidan ya’ni tasodifiy ravishda amalga oshadi. Bunday o‘tish natijasida
xosil bo‘ladigan nurlanish jarayoniga spontan nurlanish deyiladi. 1916-
yilda
A.Eynshteyn jismlar nur chiqarishining kvant xarakterini tahlil qilib nurlanishni ikki
turi – spontan (o‘z-o‘zidan) va majburiy (induksion) nurlanishlar mavjud ekanligini
nazariy jixatdan asosladi. Spontan o‘tish paytida uyg‘ongan
atomlarning yuqori
energetik satxdan pastki energetik satxga o‘tishi tashqi ta’sirga ya’ni elektromagnit
maydon ta’siriga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni bu holda hosil bo‘ladigan nurlanish
mustaqildir. 1939 yilda V.A.Fabrikant birinchi marta yorug‘likni
kuchaytiradigan
muhit hosil qilish mumkinligini va shu muhitda nur majburiy nurlanish xisobiga
kuchaytirilishi g‘oyasini olg‘a surdi. 1960 yilda esa T. Meyman tomonidan qattiq
jismli, optik diapazonda (λ = 6943 А ) ishlaydigan optic generator yasaldi. Bunday
generatorlar lazerlar deb ataladi.
Lazerlar uchta asosiy qismdan iborat:
aktiv muxit, majburiy yig‘ish (optik
nakachka) sistemasi, optik rezenator. Aktiv muxitning agregat holatlariga ko‘ra
lazerlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
a)
qattiq jism lazerlari
b) bo‘yoq eritmasi asosida ishlaydigan bo‘yoq lazer
v) gaz lazeri
g) yarim o‘tkazgichli va kimyoviy lazerlar.
Qattiq jismlardan tayyorlangan lazerda (mas, yoqutli lazerda) 0,05%
gacha
xrom (Sg3+) ionlari ishlatiladi. Bunda yoqut silindr shaklida boʻlib, yoqut oʻqining
ikki uchiga optik rezonator hosil qiluvchi koʻzgular joylashtirilgan. Impulsli
lampadan chiqayotgan yorugʻlik tebrantirishni vujudga keltiradi.
Lampaning
yorugʻligi yoqutga tushganda, xrom ionlari lampadan
chiqayotgan radiatsiya
spektrining yashil va sarik, qismlarini yutib "uygʻongan"
aktivlashgan holatga
oʻtadi. Natijada nurlanishga tayyor aktiv muhit hosil boʻladi va yoqutning oʻqi
boʻylab koʻzguga tik yoʻnalgan jala shaklida koʻpayib boruvchi yorugʻlik kvantlari
paydo boʻladi. Yoqutli lazerlarda generatsiyalanayotgan yorugʻlikning quvvati 20
kVt gacha yetadi. Ularning f.i.k. 0,1% dan 10% gacha lazer nuri generatsiyasi
23
aktivatorning energiya sathlari orasidan oʻtishiga bogʻliq. Unda hosil boʻlgan
infraqizil nurning toʻlqin uzunligi
=0,69 mkm. Qattiq jismli lazerlardan neodim
lazerida aktiv modda vazifasini neodim (Nd3+) ionlari qoʻshilgan shisha (CaWO4)
tayoqchadan foydalaniladi. Bu lazer
=1,06 mkm li infraqizil nur chiqaradi [11].
Qattiq jism lazеrlariga misоl sifatida yoqut, ittriy – alyuminiy granati (IAG)
va shisha lazеrlarini ko‘rsatish mumkin. Aktiv iоnlar kristallik yoki amоrf jismlar
panjaralariga aralashma sifatida kiritiladi. Qattiq jism lazеrlarining aktiv mоddalari
uch va to‘rt enеrgеtik satxlidir. Qattiq jism lazеrini ishlatish qulay, оsоn va quvvati
juda katta. Lazеrlarning taraqqiyoti umuman qattiq jism lazelaridan boshlangan
Dostları ilə paylaş: