28
XULOSA
Kurs ishim mavzusi bo‘yicha olgan bilimlarim hamda o‘qigan manbalarim
asosida ushbu kurs ishini tayyorladim. Tayyorlash
jarayonida turli internet
saytlaridan foydalandim, kurs ishim mavzusi qattiq jism lazerlari mavzusini
o‘rganib shuni bildimki, lazerning bu turi eng birinchi paydo bo‘lgan ekan, qolaversa
buning o‘ziga xos qulaylik va afzalliklari bor ekan. Lazerning bu turi qolgan boshqa
turlariga qaraganda bir muncha soddaroq hamda kuzatuv va o‘rganish
uchun
materiallar ancha talaygina ekan. Qattiq jism lazerlarini ishlatish ancha qulay va
quvvati katta. Lazerlarning taraqqiy topishi ham qattiq jism lazerlaridan boshlangan.
Ish jarayayonida undan infra qizil hamda ultra binafsha nur ajralib chiqaradi. Asosan
qattiq jism lazerlari uchun yoqutdan foydalaniladi. Lekin uning noafzal tomoni ham
bor. Lazerlar kata optik diapozonda ishlaydi Bu talablarga javob beruvchi aktiv
elementlar soni cheklangan bo‘lgani uchun qattiq
jismli lazerlar turlari ham
cheklangan. Amalda ko‘proq rubin, oyna va ittriy-alyuminiyli granatdan yasalgan
lazerlar ishlatiladi. Hozirgi kunda lazer texnikasi o‘ng ko‘p qo‘llanilayotgan soxa –
bu lazer nurlanishining issiqlik ta‘siriga asoslangan materiallarni qayta ishlashdir.
Lazer nuri universal texnologik qurilma bo‘lganligi uchun uni materiallari kesish,
payvandlash, termik qayta ishlash, legirlash, teshiklarni yamash, ulash, tovarlik va
frezerlik qayta ishlovlarda qo‘llash mumkin. Lazer nurlanishi energiyasini juda
kichik soxada yig‘ish mumkin bo‘lganligi uchun uning quvvatini bir necha o‘n
mikrongacha hajmda va bir necha pikosekundda jamlash mumkin. U qolgan joylarni
isitmaslik
va strukturalarni buzmaslik, qayta ishlash parametrlarini boshqarish,
jarayonni avtomatlashtirish osonligi, havoda qayta ishlash mumkinligi, materialga
mexanik ta‘sirlar yo‘qligi, chiqindilar yo‘qligi, ko‘chirish mumkinligi kabi qator
o‘ziga xos qo‘shimcha hususiyatlarga ega. Lazer nurini ko‘chirishning
aniqligi
kompyuterlar orqali boshqariladi va bu robotlar tayyorlashda foydalaniladi. Lazer
texnologiyalari rivojlanayotgan yana bir soxa mikro qayta ishlovdir. Amalda lazerlar
yordamida nominal rezistorlar va pezoelementlar tayyorlash, yarimo‘tkazgichlar
sirtini implantatsiya qilish, yupqa plenkalar o‘rnatish, zonaviy tozalash, kristallarni
o‘stirish kabi ishlar bajarilmoqda.
29
Lazer detallarni ixtiyoriy o‘lchamda va ixtiyoriy shaklda tayyorlashga imkon
bermoqda. Zamonaviy lazerlarning texnologik qurilmalarini modernizatsiyalash
asosida ML seriyasidagi lazer mashinalari‖ yaratildi. Ularda
lazer qayta ishlanuvchi
materiallarni bug‘lantirish va eritish asosida nurlanishining quvatini va fazo-vaqt
parametrlarini boshqarish imkoni yaratilgan. Ular keramika, polikor, leykosapfir,
olmos, kompozitsion materiallar kabi o‘ta qattiq materiallarni o‘ta aniq
qaytaishlashga,
qora va rangli metallarni, qotishmalarni o‘ta tez kesishga,
tekislashga va termik qayta ishlashga imkon beradi. Hozirgi kunda bir necha o‘n
quvvatga erishgan va yuqori ekspluatatsion ko‘rsatkichlarga (xizmat qilish muddati,
energiya iste‘moli, eskirish va ta‘mirlash yo‘qligi) ega bo‘lgan tolali lazerlar
materiallarni qayta ishlashning kompakt yangi avlodini yaratishga imkon beradi. Bu
lazerlar bir kilovatt lazer quvvatini ishlab chiqarish
uchun sarflangan energiyasi
odatdagi lazerlardan bir necha marta kam bo‘lganligi uchun kelajakda barcha qattiq
jismli va boshqa lazerlar o‘rnini egallaydi.