11
o‘zaro ta’sirlashuvi maydon yassi monoxromatik to‘lqin bo‘lsa, u holda majburiy
ravishda chiqarilgan fotonlar
ham shunday chastota, qutblanish, faza va tarqalish
yo‘nalishiga ega bo‘lgan yassi monoxromatik to‘lqinni tashkil qiladi. Majburiy
chiqarish (yutish kabi) natijasida faqat tushayotgan to‘lqinning amplitudasi
o‘zgaradi [6].
Yuqorida aytilganlarni majburiy chiqarish
nurlanishni uning boshqa
xarakteristikalarini o‘zgartirmay kuchaytiradi, majburiy yutish esa susaytiradi degan
fikrning boshqacha shaklda aytilgani deb hisoblash mumkin. Lekin optik kvant
generatorlari nurlanishning xususiyatlarini tushunish uchun tushayotgan to‘lqin
bilan majburiy o‘tishlar natijasida chiqarilayotgan «ikkilamchi» to‘lqinlarning
kogerentligi to‘g‘risidagi tasavvurlarga asoslansak manbadan ma’lum bir
yo‘nalishda tarqaluvchi quvvatli nurlanish olish uchun zarur bo‘lgan fazoviy
sinfazlik shartini majburiy chiqarish jarayonida amalga oshirish mumkinligi
ko‘rinadi.
Haqiqatdan ham, fazoning har xil nuqtalarida joylashgan atomlar
chiqarayotgan
to‘lqinlarning
boshlang‘ich
fazalari
mos
yo‘l
farqini
kompensatsiyalaydigan bo‘lsa, bunday to‘lqinlar kuzatish nuqtasida sinfazali
ravishda qo‘shiladi.
Yuqorida muhokama qilingan va majburiy o‘tishlar bilan bog‘langan kogerent
nur chiqarishdan tashqari, muhit atomlari spontan o‘tishlarda
ham qatnashib,
natijada bir-biri bilan hamda tashqi maydon bilan kogerent bo‘lmagan to‘lqinlar
chiqarilishini yoddan chiqarmaslik kerak. Shunday qilib, aktiv muhitning nurlanishi
har doim kogerent va kogerent bo‘lmagan qismlarning aralashmasidan iborat bo‘lib,
ular o‘rtasidagi munosabat, xususan, tashqi maydonning intensivligiga bog‘liq
bo‘ladi. Oxirgi holni tushuntirish oson, chunki majburiy chiqarish jarayonida
qatnashgan atomlar uyg‘onish energiyasidan mahrum bo‘ladi va, demak,
spontan
ravishda nurlantira olmaydi. Yuqoridagini batafsil analiz qilish majburiy o‘tishlar
ta’sirida kogerent bo‘lmagan spontan nurlanishning to‘liq intensivligigina emas,
balki uning spektral tarkibi ham o‘zgarishini ko‘rsatadi.
12
Energetik sathlari invers ravishda bandlangan muhitning yorug‘likni kogerent
kuchaytirishi bunday muhitdan monoxromatik nurlanishning yo‘naltirilgan oqimi
hosil qilish uchun foydalanish imkoniyatini belgilab berdi.
Fabrin-Pero interferometrlarida qo‘llaniladigan ko‘zgularga o‘xshash ikki
ko‘zgu o‘rtasiga qo‘yilgan aktiv muhit yorug‘likni qanday nurlantirishini ko‘raylik
Dostları ilə paylaş: