Kurs ishi topshirdi: D. To’ychiyeva Tekshirdi: S. Qurbonov Andijon-2022 Mavzu: Navoiy dunyoqarashining g’oyaviy manbalarini o’rganish haqida. Reja


Yevropa olimlarining Navoiy ijodiga va dunyoqarashiga bo’lgan munosabati



Yüklə 45,49 Kb.
səhifə3/5
tarix14.06.2022
ölçüsü45,49 Kb.
#61409
1   2   3   4   5
Navoiy dunyoqarashining g’oyaviy manbalarini o’rganish haqida

2. Yevropa olimlarining Navoiy ijodiga va dunyoqarashiga bo’lgan munosabati.
Navoiy ijodining G‘arbda o‘rganilishi.
Navoiy asarlari XVI asrlardayoq Yevropada ma’lum edi. 1557 yilda italyan tilida Venetsiyada nashr etilgan tabrizlik arman yozuvchisi Xristofor Tabriziyning “Sarandib shohining uch yosh o‘g‘loni ziyorati” asarining ikkinchi qismida Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonidan olingan Bahrom va Dilorom sarguzashti bayon qilinadi. Shuningdek, XVII asr gruzin shoiri Sitsishvili Navoiyning “Sab’ai sayyor” dostonini ijodiy tarjima qilib, “Yetti go‘zal” dostonini yaratadi.
1697- yilda fransuz olimi Artoleme d’Yerbelo “Sharq kutubxonasi” nomli ensiklopediyada Navoiy tarjimai holi va asarlari nomini keltirsa, sharqshunos Silvestre de Sasi (1758-1838) o‘z tadqiqotlarida Alisher Navoiyning shoir va davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga to‘xtalib o‘tadi.
XIX asrga kelib, Yevropada Alisher Navoiy asarlari va uning asarlari asosida tuzilgan lug‘atlarni nashr etish ishlari boshlanadi. Fransuz sharqshunosi Katrmer 1841 yilda Parijda Navoiyning “Muhokamatu-l-lug‘atayn” va “Tarixi muluki ajam” asarlarini nashr ettiradi. Rus olimi I.N.Beryozin o‘zining “Turk xrestomatiyasi” nomli kitobiga shoir asarlaridan parchalar kiritadi.
Rus sharqshunosi V.V.Velyaminov 1868 yilda Aloyi binni Muhibiyning “Al lug‘atu-n-Navoiyat va-l-istishhodatu-l-chig‘atoiyat” (“Navoiy lug‘ati va chig‘atoy tili dalillari”) lug‘atini Sankt-Peterburgda nashr ettiradi. Fransuz sharqshunosi Pave de Kurteyl esa Navoiy asarlaridan foydalanib, lug‘at tuzadi.
G‘arbda Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyatini ilmiy aspektda o‘rganish XIX asrdan boshlangan deb aytish mumkin. 1818 yilda nemis olimi X.Purgshtall “Navoiyga oid bitiklar” asarini yaratib, unda Alisher Navoiyning nasl-nasabi, shoirlik, davlat arbobi va bunyodkorlik ishlariga to‘xtalib o‘tadi. Rus sharqshunosi P.Savelyev 1835 yilda shoir ijodiga bag‘ishlab maxsus “Alisher Navoiy” nomli maqola yozadi.
1856- yilda M.Nikitskiyning “Emir’ Nizam-Ed-Din’-Ali Shir’. Gosudarstvennom i literaturnom yego znachenii” (“Amir Nizomiddin Alisher: davlat arbobi va shoir sifatida”) nomli shoir ijodiga bag‘ishlangan ilk magistrlik dissertatsiyasi vujudga keladi. M.Nikitskiy Navoiyning hayoti va faoliyatini ancha to‘liq o‘rgangani, uning shoir, olim va davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga yuqori baho bergani holda Sharq mumtoz adabiyotidagi ijodiy an’analarni anglab yetmagani uchun Alisher Navoiyni “fors-tojik adabiyotining tarjimoni” deb e’lon qiladi.
Aynan shu tarzdagi g‘ayriilmiy qarashlar fransuz sharqshunoslari M.Belen (“Alisher Navoiy”,1868), E.Bloshe “Milliy kutubxonada saqlanayotgan turkiy qo‘lyozmalar katalogi”, L.Buva (“Temuriylar davri sivilizatsiyasidan lavhalar”,1926; “Mo‘g‘ul imperiyasi”,1927), ingliz sharqshunosi E.Braun (“Tatar xonliklari davridagi fors adabiyoti tarixi”,1920), rus sharqshunosi V.Bartoldlarning tadqiqot va ilmiy maqolalarida davom ettirildi. Xususan, V.Bartold o‘zining “Mir-Ali-Shir i politicheskaya jizn” (“Mir Ali SHer va siyosiy hayot”) maqolasida Navoiyning davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga ijobiy baho beradi, lekin uning adabiy merosi mohiyatini anglab yetmaydi. Olim mazkur maqolada: “Alisher Navoiy o‘zining devonlarida va boshqa ko‘plab badiiy asarlarida faqatgina forsiy shoirlarning taqlidchisi sifatida namoyon bo‘ladi”, – deb yozar ekan, masalaga adabiyotshunos emas, balki tarixchining nigohi bilan yondashadi va har bir detalda aniqlik, mantiq, reallik va konkret voqelikni ko‘rmoqchi bo‘ladi.
Aslida esa Musulmon Sharqida ijodkorning salohiyati G‘arb adabiyotidagidan farqli ravishda yangi syujet yaratishiga qarab emas, balki an’anaviy voqelik, mavzu, qahramonlar doirasida yangi fikr ayta olish iqtidoriga qarab belgilangan. Aynan mana shu an’anaviylikni anglay olmaslik yuqoridagi olimlarning Alisher Navoiy ijodiga noxolis baho berishlariga olib kelgan.
Nihoyat sharqshunos olim YE.E.Bertels Alisher Navoiy va Farididdin Attor dostonlarini qiyosiy o‘rganish orqali (“Navoi i Attar”) hazrat Navoiyning original shoir ekanligini isbotlaydi. Shu tariqa Alisher Navoiy ijodini xorijda keng ilmiy aspektda xolis o‘rganish ishlari boshlab yuboriladi.
Nemis olimi A.Kurellaning “Buyuk shoirning qayta kashf qilinishi” nomli tadqiqoti g‘arb navoiyshunosligida yangi bosqichni boshlab berdi. Ushbu tadqiqotdan so‘ng G‘arbda Navoiy shaxsiyati endi ikki yo‘nalishda: ham buyuk ijodkor, ham davlat arbobi sifatida tadqiq qilina boshlandi. Inglizzabon olimlardan M.Sabtelni, V.Feldmen, D.Genchturk, D.Devin, K.Adaxl, G.Dikning ilmiy izlanishlari va tarjima borasidagi faoliyatlari, Berlin shahrida Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlangan simpoziumning tashkil qilinishi va unda navoiyshunos olimlar va shoir asarlari tarjimonlari B.Haynkele, K.Shuning, Y.Paul, M.Kirhner, Z.Klaynmihel, E.Taube va boshqalarning turli mavzulardagi ma’ruzalari g‘arb navoiyshunosligining tobora rivojlanib borayotganligidan dalolatdir . Bularning barchasi bugungi globallashuv jarayonida Alisher Navoiy ijodi va shaxsiga butun dunyoda qiziqish va ehtiyojning ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Mariya Sabtelni o’tgan asrning 70-yillaridan Hirot madaniy muhiti va undagi Navoiy o’rni masalalari bilan shug’ullanishni boshlagan . Masalan, olimaning maqolalaridan birida o’n beshinchi asr so’ngida Xirotda urf bo’lgan chiroyli, murakkab va jimjimador qilib she’r yozish san’ati va uning ortidagi jarayonlar haqida gap ketadi. Murakkab uslubda asar yozish shoirlik mahoratini belgilovchi omillardan biri bo’lganligi ko’rsatiladi. Mariya Sabtelni maqolasini o’qigach, Navoiy fors she’riyati bilan bo’ylashish uchun o’sha muhitdagi atrofidagi forsigo’y shoirlardan qolishmasligini isbotlashga, o’zbek she’riyatining imkoniyatlarini isbotlash uchun murakkablikdan mukammalikka intilgandir, deb o’ylanib qolasan. Bizdagi ko’pincha hissiyotlarga to’la, ammo aqlga ozuqa bermaydigan essenamo tadqiqotlar oldida bu tur maqolalar Navoiy ijodini o’rganishda ko’proq narsa beradi. Masalan, nemis olimasi Zigrid Klaynmixel Navoiyning turk adabiyotiga ta’siri haqida qisqa, ammo chuqur maqola yozgan. Navoiy ijodiyotining aynan qaysi nuqtalari usmonli turk she’riyatiga ta’sir etganligini asosli yoritgan. Shu tipdagi tadqiqotlar orqali Navoiyni dunyoga tanitish o’rinli bo’ladi. Turkiyalik adabiyotshunos Yusuf Chetintog’ning “Alisher Navoiyning usmonli turk she’riyatiga ta’siri” nomli 2006 yilda chop etilgan turkcha kitobi o’zbek tiliga ham tarjima qilindi. Mazkur kitobda Navoiy g’azallariga turk shoirlari ergashib yozgan g’azallar haqida so’z ketadi.
Afsuski, olimlarimiz xorijdagi Navoiy ijodi bo’yicha qilingan boshqa ko’plab ishlardan bexabar . Bu esa o’z o’rnida olimlikka da’vogarlarni ba’zida dunyo ilmiy jamoatchiligi oldida noqulay ahvolga solyapti. “Jahon adabiyoti” ning o’tgan yil 3-sonida mazkur satrlar muallifining “Amir Umarxon tuhfasi” nomli maqolasi chop etilgandi. Unda Qo’qon xoni tomonidan tuzdirilgan “Muhabbatnoma” she’riy to’plami haqida gap ketgan. Bizda 2011 yili nashr etilgan “Adabiyot ko’zgusi” ilmiy to’plamida O. Jo’raboevning shu “Muhabbatnoma” va uning matniy xususiyatlariga bag’ishlangan “Xazoyin-ul-maoniy”ning bir shohona qo’lyozmasi va uning matniy xususiyatlari” nomli maqolasi chop etildi. Unda muallif “Muhabbatnoma”ning tarkibiga kirgan Navoiy va boshqa shoirlarning devonlari haqida yozib, ungacha hech kim bu ishga qo’l urmaganini ta’kidlagan. Vaholanki, turk Olimi Ogah Sirri Levend bu to’plam tarkibi haqida o’zining “Turkiyadagi Navoiy qo’lyozmalari” maqolasida 1958 yiliyoq yozib bo’lgandi. Dunyo ilmida yozilmagan bir qoida bor: sen mavzuing bo’yicha o’zingdan oldin yozilgan va chop etilgan barcha ishlardan, ular qaysi tilda bo’lishidan qat’i nazar, xabardor bo’lishing kerak. O. Jo’raboev maqolasida “Muhabbatnoma” tarkibi haqida Ogah Sirri Levend aytgan gaplardan kamroq ma’lumot keltirib, Amerikani yangidan “kashf” qilgan. Mana shunday noqulay holatga tushib qolmaslik uchun dunyodagi Navoiy ijodi bo’yicha qilingan tadqiqotlardan bizlar va aksincha, bizdagi ishlardan xorijlik olimlar ham xabardor bo’lishlari kerak.
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy musulmon mintaqa adabiyotining eng yirik vakili, ulug‘ mutafakkir shoir, davlat va jamoat arbobi, ilm-ma’rifat, badiiy ijod hamda san’atning ulkan homiysidir. Bu buyuk taraqqiyparvar inson o ‘zi yashagan davrdanoq «Xitodan Xuroson»gacha bo‘lgan hududda istiqomat qilayotgan she’rsevar ellar, xususan, «turk ulusi» qalbiga purma’no nazmiy yaratmaiari, nasrda ijod etilgan badiiy, ilohiy-irfoniy, tarixiy-ma’naviy va ilmiy asarlari bilan ma’rifat shu’lalarini olib kirdi. Alisher Navoiy yirik so‘z san’atkori sifatida turkiy badiiy ijodni ham ma’nolar va ham shakliy jilolar nuqtai nazaridan jahoniy mavqega ko‘tardi. Asrlar o ‘tsa-da, bu sohir qalam sohibi qoldiigan juda boy madaniy merosga boigan ma’naviy ehtiyoj kundan-kunga oshib bormoqda. Bu hol ulug‘ shoiming «Muhokamat ul-lug‘atayn»da o'z ijodidan faxrlanib bildiigan quyidagi bashoratomuz fikrlarining nechog'lik haq ekanligining yana bir dalilidir (MAT.16jild. 27-bet).
Alisher Navoiy butun umrini xalqning baxt-saodati, yurt tinchligi, mamlakat taraqqiyotiga baxsh etganligi tufayli shunday yuksak saodatga muyassar bo'ldi. Alisher Navoiy hayoti va ijodining o'rganilishi tarixi ulug' shoir yashagan davrdan boshlandi. XV asrda yaratilgan bir qancha mo'taba manbalarda Navoiyning taijimai holiga doir muhim ma’lumotlar qayd etilganligi, uning ijodiga munosabat bildirilganligi kuzatiladi. Bunday xayrli ishni, navoiyshunoslikni Nuriddin Abdurahmon Jomiy boshlab berdi. Ayni xayrli sa’y-u harakat bugungi kunimizga qadar olti yuz yillik tarixiy taraqqiyot bosqichini o'tab kelmoqda. Ta’kidlash joizki, bu boradagi jiddiy izlanishlar, ayniqsa, XX asrda (Bu haqda mufassal ma’lumot uchun murojaat qilingan: N.M.Mallayev. Asrlar e ’tirofi va ta’zimi. «Fan»; Toshkent-1978). ancha sermahsul bo'ldi. Tadqiqotchi olimlarimizning shoiming hayoti va faoliyatini o'iganishda to'rt tayanch manbaga tayanib ish ko‘rayotganliklari yaqqol ko'zga tashlanadi:
1. Ulug‘shoirning o‘z asarlari. Alisher Navoiyning deyarli barcha asarlarida uning shaxsi, ijodkorligi, ijtimoiy-irfoniy faoliyati haqida ma’lumot beriladi. Bu jihatdan, ayniqsa, uning «Xazoyin ul-maoniy», «Xamsa», «Majolis un-nafois», «Mahbub ul-qulub», «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Vaqfiya», «Xamsat ul mutahayyirin», «Nasoyim ul-muhabbat», «Tarixi muluki Ajam», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Mezon ul-avzon», «Munojot», «Arba’in hadis», «Siroj ul-muslimin» singari asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur asarlarda shoiming shaxsiy hayoti, u yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, madaniy-ma’rifiy muhit, ba’zi asarlarining yozilishi tarixi va sabablari, adibning el-yurt tinchligi, obodonchiligi yo'lida olib boigan keng qamrovli faoliyati, Xuroson davlatining muhrdori, vaziri a’zami sifatida qilgan savobli ishlari, ustoz-u shogirdlari bilan munosabati singari muhim masalalar xususida bahs yuritiladi. Ulug‘shoiming o ‘z asarlari uning hayoti va faoliyatini o'rganishda eng ishonchli manbadir.
2. Alisher Navoiy zamondoshlarining asarlari. Mazkur bandni yana bo‘laklarga (ulug‘shoiming katta, tengdosh va kichik zamondoshlari) bo‘lish ham mumkin. Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», «Haft avrang», «Yusuf va Zulayho», «Devoni Komil», Mirxondning «Ravzat us-safo» («Poklikbog‘i»), Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro» («Shoirlar tazkirasi»), G'iyosiddin Xondamirning «Makorim ul-axloq» («Yaxshi xulqlar»), «Habib us-siyar» («Suyukli xislatlar»), «Xulosat ul-axbor» («Voqealar xulosasi»), Zayniddin Mahmud Vosifiyning «Badoe’ ul-vaqoe’» (« G o ‘zal voqealar»), Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma» kabi asarlarida Alisher Navoiyning hayoti va faoliyatiga oid muhim ma’lumotlar keltirilgan, shaxsi va adabiy merosiga ta’rif-u talqinlar berilgan qimmatli, tayanch manbalardir. XV asr tarixiy voqeligi, unda ulug‘ amir Alisher Navoiyning tutgan o ‘m i va shoiming hayoti, faoliyati bilan yaqindan tanishishda mazkur manbalaming ahamiyati nihoyatda baland. Shuning uchun taniqli adabiyotshunos Izzat Sulton Alisher Navoiy hayoti va ijodini o’rganishda ilk manba sanalgan ulug‘ shoiming o ‘z badiiy-ilmiy yaratmalari va zamondoshlari asarlarida keltirilgan ma’lumotlarga tayanib “Navoiyning qalb daftari” (Toshkent, G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1969) nomli ilmiy-adabiy tadqiqotini yaratdi. Bu asar mazkur mavzu va umuman, navoiyshunoslik ilmi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
3. XVI—XIX asrlarda yaratilgan tazkira, tarixiy va badiiy-ilmiy asarlar. Alisher Navoiy dahosi va uning takrorlanmas badiiy, ilmiy ijodi XVI — XIX asrlarda yashab ijod etgan shoirlar, tarixchilar va adabiyot ixlosmandlarining doimo diqqat markazidan o ‘rin olib keldi. Lutf Alibek Ozaming «Otashkada», Som Mirzo Safaviyning «Tuhfai Somiy», Rizoqulixon Hidoyatning «Majma’ ul fusaho» («Go‘zal so‘z egalarining t o ‘plami»), Faxriy Heraviyning «Latoifnoma», Mirzo Haydar Do'g'latning «Tarixi Rashidiy», Abdulmo‘minxonning «Tomut-tavorix» («Tarixlar tugali») kabi mumtoz manbalarda Alisher Navoiy zamondoshlari asarlarida kuzatilgani singari shoir ijodiga xolisona baho beriladi, hayoti va faoliyatiga doir qiziqarli lavhalar keltiriladi. Biroq yuqorida ro'yxati keltirilgan (keltirilmagan nomlar ham bor) asarlar ma’lumotiga munosabatda ehtiyot bo‘lishimiz lozim. Chunki o ‘sha tazkira, tarixiy kitoblar mualUflarining Alisher Navoiy haqidagi tasawurlari birinchi va ikkinchi manbalar ma’lumotlari orqali bilvosita shakllangan. Shu ma’noda ulaming qaydlarida noaniqliklar kuzatilishi mumkin. Xullas, uchinchi manbalaming ma’lumotlari Alisher Navoiy ko'lamdor faoliyatini oydinlashtirish uchun turtki bersa-da, jiddiy ilmiy xulosalarga kelish uchun asos bo'lishi qiyindir.
Ulug‘ shoir asarlarida ilgari surilgan tayanch g'oyalarni teran anglashga bo'lgan intilish maxsus lug'atlar tuzishga bois bo'ldi. «Badoyi’ ul—lug‘at> bu boradagi dastlabki izlanishlar samarasi bo'lib, mazkur asar Alisher Navoiy hayotining so'nggi yillari yoki shoir vafotidan bir oz keyin vujudga kelganligi taxmin qilinadi. Keyinchalik «Lug'ati Navoiy» shoir bdosmandlariga armug'on etildi. 1560 yilda Aloyi binni Muhibiyning «Al-lug'atun Navoiyat val istishhodat ul-chig‘atoiyat» («Navoiy lug'ati va chig'atoy tili dalillari») nomli go'zal so'znoma lug'ati tartib berildi. Keyingi asrlarda ham bunday lug'atlaiga bo'lgan ma’naviy ehtiyojning sezilarli darajada mavjudligi kuzatiladi. XVIII asrda Mirzo Madhiyxon «Mabon ul-lug'at» («Lug‘at poydevori»)ni tartib beigan bo'lsa, XIX asrda Fath Ali Kojariy «Lug'oti atrokiya» («Turklar lug'ati») nomli asari bilan bunday izlanishlami davom ettirdi. Mazkur lug'atlar uchun hazrat Navoiy asarlari so'zlik vazifasini bajargan bo'lib, ulaming aksariyati fors-tojik tilida yaratilgan edi. Xorazmlik olim va adib Muhammad Xoksor esa 1798 yilda o'zbek tilida tuzgan «Muntahab ul-lug‘at» («Tanlangan lug‘atlar»)ida Alisher Navoiy asarlari matnidan olinadigan parchalaiga keng o‘rin berdi. XIX asrda bunday ijodiy an’anani Shayx Sulaymon Afandiy Buxoriy o‘zining «Lug‘oti chig‘atoyi va turki usmoniy»sida sezilarli darajada rivojlantirdi. 0‘zbek mumtoz adabiyotining XV asrdan keyingi davrlarda yashab ijod etgan taniqli namoyandalari ulug‘ mutafakkir Alisher Navoiyni o'zlariga ma’naviy ustoz deb bildilar. Bu buyuk sohir qalam sohibining katta-yu kichik asarlariga naziralar bitish, javobiya aytish, g ‘azallariga muxammaslar bog'lash nafaqat o ‘zbek shoirlari, balki boshqa qardosh xalqlaming mashhur so‘z san’atkorlari orasida ham ajoyib an’anaga aylanib bordi. Namuna sifatida taniqli 0‘zbek shoiri Shermuhammad Munis (1778 -1829)ning bir she’rida Alisher Navoiyni o‘ziga pir (ustoz) deb bilgani va o‘z ismining ma’no jihatidan ulug‘ Alisherga uyg‘unligini iftixor bilan qayd qilganligini keltirish kifoyadin So‘z ichra Navoiyki, jahongir durur, Munisg‘a maoniy yo‘lida pir durur. Yo‘q g‘ayriyat andin o‘zgakim ayturlar, Bu Shermuhammad, ul Alisher durur. Shermuhammad Munis «Voliyi mulki tariqat gar Nizomiydur mango» satri bilan boshlanuvchi g ‘azalida Sharq mumtoz adabiyotining yirik darg'alaridan adabiy ta’sirlanganligini e’tirof etarkan, yana hazrat Navoiy shaxsiga yuksak baho beradi. Munis Alisher Navoiy ruhini o‘z homiysi deb biladi va shu bois hosid (hasadchi, shoir yutuqlarini ko‘rolmaydigan)larning xatti—harakatlaridan g‘am chekmasligini ta’kidlaydi:
Alisher Navoiy adabiy—ilmiy merosining boshqa tillarga tarjima qilinishi hamda ulaming yangi badiiy yaratmalaming ijod etilishiga asos bo‘lishi ulug‘ shoir ma’naviy xazinasining Sharq adabiyoti ravnaqi uchun muhim hissa bo‘lib qo‘shilganligidan dalolatdir. XV asrdayoq buyuk mutafakkiming adabiyotshunoslik ilmi uchun muhim ahamiyatga molik tazkirasi “Majolis un-nafois” bir necha bor fors-tojik tiliga tarjima qilindi (Bu haqda yana qarang: R.Vohidov. «Majolis un-nafois» tarjimalari. «Fan», Toshkent-1984). Turk shoiri Lomiy (vafoti 1531) “Xamsa” tarkibidagi “Farhod va Shirin”dostonini usmonli turk tiliga erkin-ijodiy taijima qildi. Adabiyotshunos Agah Sirri Levend mazkur asami 1965 yilda Turkiyada nashr ettirdi. Alisher Navoiy asarlarini usmonli turk tiliga o'girish yo'lidagi ijodiy izlanishlar keyingi davrlarda ham davom ettirildi. Adibning «Tarixi muluki Ajam» asarining Fanoiy tomonidan turk tiliga amalga oshirilgan taijimasi 1782 yilda «Tarixi Fanoiy» nomi bilan Venada chop etildi. Shuningdek, XIX asming oxiri va XX asming boshlarida ulug‘ adibning «Muhokamat ul-lug‘atayn» asari ham turk va tatar tillariga taijima qilindi. Amir Nizomiddin Alisher Navoiy adabiy — ilmiy merosi G‘aib adib va adabiyotshunoslarini ham befarq qoldirgan emas. Jumladan, XVII asrda yashagan gruzin shoiri Sitsishvili «Baramguriani» («Bahrom Go‘r») dostonini yozishda Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» masnaviysidagi Bahrom va Dilorom hikoyatidan ilhomlangan. XVI asrda Tabrizda istiqomat qilgan arman yozuvchisi Xristafor «Sarandib shohi uch yosh o ‘g ‘lonining ziyorati» asarini Xusrav Dehlaviyning «Hasht behisht» va Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostonlari hikoyatlari asosida yaratadi. Bu asar 1557 yilda Venetsiyada italyan tiliga tarjima qilinib, nashr etilgandan so‘ng bir qator Ovrupa tillariga ham o ‘giriladi. Biroq ilm ahliga Xristafor asarining ikkinchi qismi Alisher Navoiy dostoni asosida yaratilganligi noma’lum edi. Shunday bo‘lishiga qaramay, Sarandib shohi va shahzodalari haqidagi voqealar tizmasi G'arbda keng shuhrat qozondi va Ovrupo adabiyotida shu mavzuda juda ko‘p asarlar yozildi. Hatto mazkur syujet Volteming «Zadige» hamda Mark Tvenning «Tom Soyer chet elda» kitobidan ham o ‘rin olgan. XVIII asr ingliz yozuvchisi Xoras Uolpol «Sarandiblik uch shahzoda» hikoyasini yozgan. (Mallayev N. 0‘zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1976, 354-355-betlar.) Ovrupalik sharqshunoslaming Alisher Navoiy hayoti va ijodini o ‘iganish borasidagi qizg‘in ilmiy faoliyati XIX asrdan boshlandi. Fransuz sharqshunosi Katrmer 1841 yilda nashr ettirgan Sharq adabiyotiga doir majmuasida Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug'atayn» va «Tarixi muluki Ajam» asarlaridan parchalar kiritdi. Bunday ijodiy izlanishlar rus olim I.N. Beryozinning «Turk xrestomatiyasi» kitobida ham amalga oshirilgan. Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqidagi dastlabki yaxlit ma’lumotlar M.Nikitskiyning «Amir Nizomiddin Alisher, uning davlat va adabiyot sohasidagi ahamiyati» mavzuidagi magistrlik dissertatsiyasida (1856) uchraydi. Muallif Alisher Navoiyning o ‘z asariari, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy va Som Mirzo Safaviy ma’lumotlariga tayanib G ‘arb sharqshunosligida birinchi bo'lib Alisher Navoiyning hayoti va faoliyati xususida katta ilmiy tadqiqot yaratdi. M.Nikitskiy ulug‘ shoiming siyosiy faoliyati, madaniyat sohasidagi ishlari hamda turkiy til taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasini yuqori baholaydi. Biroq Sharq adabiyotining o‘ziga xos an’anaviylik hamda shartlilik xususiyatlarini to‘la anglab yetmagan M.Nikitskiy, uning o'tmishdosh, zamondosh va izdoshlari buyuk mutafakkir ma’naviy merosiga baho berishda jiddiy xatolaiga yo‘l qo‘yishdi. Ular Alisher Navoiyni fors-tojik adabiyotining taqlidchisi va tarjimoni tarzida baholashdi. Shuningdek, 1861 yilda Istanbuldagi «Osiyo» jumalida maqola e’lon qilgan Turkiyadagi Fransiya elchixonasining tarjimoni M.Belen ham o ‘sha ilmiy asosi puch fikrlami takrorladi. Masalaga ana o ‘shanday bir tomonlama qarash Fransuz sharqshunosi Buva, ingliz sharqshunosi E. Braun, rus sharqshunosi akademik V.V. Bartold tadqiqotlarida ham kuzatiladi. Albatta, masalaning bunday tus olishi o ‘z izohlariga ega. Birinchidan, Alisher Navoiy adabiy merosini o'rganish boshlang‘ich pog‘onada edi. Ulug’ mutafakkiming barcha asarlari to’la holida nafaqat Ovrupa, balki mashriqdagi muhiblariga ham yetarii darajada ma’lum emas edi. Ikkinchidan, an’anaviy «Xamsa»lar (Nizomiy Ganjaviy «Panj ganj»i, Amir Xusrav D ehlaviy va Alisher Navoiylarning «Xamsa»lari ko'zda tutiladi.) tarkibidagi dostonlar nomi va ularda faoliyat ko'rsatadigan qahramonlaming yakrangligi, g'azallaming oshiqona mavzuda yozilishi, ularda oshiq, ma’shuqa, ag'yor, rind, zohid kabi timsollaming ishtirok etishi kabi holatlar musulmon mintaqa adabiyoti xususiyatlari bilan chuqur oshno bo‘lmagan tadqiqotchilami xato xulosalarga olib kelgan. Shundan bo‘lsa kerak, ulaiga Alisher Navoiy asarlarining yangiligi faqat turkiyda yozilishida bo'lib ko'ringan. Ammo fors-tojik adabiyoti namoyandalari she’riyatida kuzatiladigan o‘sha o‘xshashliklar (albatta, zohiran) G‘arb adabiyot shunoslari e’tiboridan chetda qolib ketgan. Shu o ‘rinda yana bir adabiy hodisani eslatish joizdir. Alisher Navoiy tabiatidagi rostgo‘ylik va ustozlarga bo'lgan yuksak sadoqat ham uning uchun «qimmat»ga tushgan. Masalan, u «Lison ut-tayr» dostonining bir necha o'mida «tarjima rasmi bilan surdim qalam»-, deya ta’kidlaydi. Holbuki, ijodiy jarayondan yetarii xabardor bo'lmagan, qiyosiy tahlilga murojaat etmagan har qanday tadqiqotchi muallifning o'z e’tirofiga suyansa, bir yoqlama xulosalaiga kelishi tayin. Dadil aytish mumkinki, XIX asming oxiri va XX asming ibtidosida o ‘shanday holat sodir bo‘lganligi uchun ham ulug' Navoiy bo'yniga “tavqi la’nat” tamg‘asi osib qo'yildi. Shukronalar b o 'lsin k i, ilm iy adolat qaror topdi. Birinchilardan bo'lib prof.E.E.Bertels Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” va Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr”dostonlarini qiyosiy o'iganish orqali masalaga aniqlik kiritdi va milliy navoiyshunoslar uni mustahkamladilar. Ovrupa olimlari Alisher Navoiy asarlarini o ‘rganish maqsadida lug'atlar tuza boshladi hamda mavjud mumtoz lug‘atlami nashr ettirish ishlarini amalga oshirdilar. Jumladan, rus sharqshunosi V. Vilyaminov-Zemov 1868 yilda Sankt—Petrburgda XVI asrda Aloyi binni Muhibiy tom onidan tuzilgan «A l-lug‘at un-N a v o iy a t val-istishhodat ul-chig‘atoiyat» lug'atini nashr ettirdi. Fransuz sharqshunosi Pave de Kurteyl esa Navoiy asarlaridan foydalanib Sharq adabiyoti asarlari uchun lug'at tuzdi. Rus sharqshunosi N.I.Ilminskiy Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarini teran ilmiy tahlil qilish orqah ulug‘ shoir asarlarining ijodiyligiga urg‘u berdi. Alisher Navoiy hayoti va ijodini chinakam ilmiy tamoyillar asosida o‘rganish XX asm ing 20-yillaridan boshlandi. Ulug’ sho im ing «Xamsa»sini ilmiy, ilmiy-ommabop yo'sinda o'rganish sohasidagi dastlabki dadil qadamni o ‘zbek xalqining serqirra adibi va birinchi professori Abdurauf Fitrat qo'ydi. Uning «Farhod va Shirin» dostoniga doir qiyosiy tahlil asosida yaratilgan «Farhod va Shirin» dostoni to‘g‘risida» (Qarang: «Ma’rifat», 1996yil, 7-28 dekabr va boshqa sonlari) nomli salmoqli maqolasi shu yo‘nalishdagi jiddiy tadqiqotlardan biridir. Sobiq ittifoq hukumatining 1938 yilda Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligini 1941 yilda nishonlash to'g'risida qaror qabul qilishi navoiyshunoslik borasidagi ishlami yanada jonlanishiga sabab bo'ldi. Sadriddin Ayniy Alisher Navoiy «Xamsa»sining nazm-u nasrdan iborat qisqartirilgan nusxasini yaratdi va mazkur ish lotin yozuvida 1939 yilda nashr bo'ldi. Besh asrlik yosh to'yi munosabati bilan ulug' shoiming «Chor devon», «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Mahbub ul-qulub» va yana bir qator asarlari ham chop etildi. Taniqli adib va olim M.Shayxzoda «Genial shoir» nomli asarini yozdi. V.Abdullayev esa Navoiyning Samarqanddagi hayoti va faoliyati haqidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himоуа qildi.
Ulug’mutafakkir shoir tavalludining 500 yilligi 1948 yil may oyida tantanali suratda o'tkazildi. Shu yili taniqli yozuvchi Oybek tahiiri ostida «Ulug’ o ‘zbek shoiri» nomli ikkita maqolalar to‘plami (o ‘zbek va rus tillarida), O.Sharifiddinov (Alisher Navoiy. Hayoti va ijodiyoti. Toshkent, 1948), E.E.Bertels (Опыт творческой биогр. Москва, 1948), Sadriddin Ayniylaming (Alisher Navoy. Stalinobod, 1948) ilmiy risolalari chop qilindi. Turkiy adabiyotni jahoniy mavqega ko‘targan Alisher Navoiy ijodiy merosini o ‘rganish turli millat va tilga mansub sharqshunos olimlaming diqqatini ham o ‘ziga jalb etdi. Navoiyshunoslik fan sifatida shakllana boshladi va uning oldida shoir asarlarini to'plash, Navoiy merosining mukammal bibliografiyasini tuzish, asarlarining nodir nusxalarini aniqlash va ilmiy tekshirish, adib ijodini keng kitobxonlar o'rtasida ommalashtirish hamda undagi dolzarb muammolar yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishdek g ‘oyatda muhim vazifalar turardi. Shunday qilib, ulug‘ shoir tavalludining besh asrlik to‘yi soha ravnaqi uchun tub burilish pag‘onasi vazifasini o‘tadi. XX asming 40-yillarida ibtido topgan ko‘lamdor ilmiy y o ‘nalishlar 50-yillarga kelib o ‘z samarasini bera boshladi. Ayniqsa, 60-yillarda boshlangan ulug‘ adib, davlat va jamoat arbobining 525 yillik umr to ‘yi tantanalari shaxdam ilgarilayotgan navoiyshunoslikni yanada yangi taraqqiyot pillapoyalariga olib chiqdi. Taniqli adabiyotshunos Porsoxon Shamsiyev tomonidan amalga oshirilgan «Xamsa»ning mukammal nashri (Toshkent: «Fan», 1960), Hamid Sulaymon sa’y-harakati bilan «Xazoyin ul-maoniy» akademik nashri (to‘rt kitob. Toshkent: «Fan», 1959-1960.) hamda Alisher Navoiy asarlarining o'zbek tilidagi o ‘n besh tomligining (o‘n olti kitob) nashr etilishi o ‘zbek xalqining madaniy hayoti tarixida juda katta ijtimoiy—m a’naviy voqea bo‘ldi. Adabiyotshunos olimlardan Y.Is’hoqovning «Alisher Navoiyning ilk lirik a si» (1965) , M.Shayxzodaning «Ustodning san’atxonasida» maqolalar turkumi (1965-1966), A.Hayitmetovning «Navoiyning ijodiy metodi masalalari» (1963), «Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan» (1970), Navoiy adabiy an’analarining davomi va takomili xususida V.Abdullayev, B.Valixo'jayev, H.Yoqubov, A.Qayumov, H.Rasulov, E.Ibrohimova, R.Majidiy singari o'nlab salohiyatli o'zbek olimlarining katta-kichik tadqiqotlari vujudga keldi. Shuningdek, Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga doir turfa ilmiy, ilmiy — ommabop asarlar yaratildi va keng o ‘quvchilar ommasiga taqdim etildi. Oybekning «Navoiy gulshani» maqolalar to‘plami (1967), uning ukrain adibi A. Deych bilan birga yozilgan «Alisher Navoiy» ilmiy - ommabop ocherki (Toshkent, 1968), T. Jalolovning «Xamsa» talqinlari» (1962), S.G ‘aniyevaning «Alisher Navoiy» (1969), S. Narzullayevaning «Alisher Navoiy» (1965), N.Mallayevning «Genial shoir va mutafakkir» (1968), M.Qodirovning «Alisher Navoiy va san’at» (1968) kabi o'nlab mazmundor kitoblar shular jumlasidandir. Alisher Navoiy va adabiy ta’sir muammolari mavzui ham davr navoiyshunoslarining diqqat markazidan o ‘rin olgan edi. 1968 yilda Alisher Navoiy tavlludining 525 yilligi munosabati bilan 0‘zbekiston RFA Til va adabiyot instituti tashabbusi bilan nashr qilingan «Navoiy va adabiy ta’sir masalalari» to'plami ana o ‘sha keng qamrovli mavzu ishlanishining kichik bir samarasidir. 0‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingunga qadar V.Zohidovning «Ulug‘ shoir ijodining qalbi» (1970), A.Hayitmetovning «Tabarruk izlar izidan», «Navoiy dahosi», «Meros va ixlos» kabi tadqiqotlari hamda «Hayrat ul-abror» dostonining nasriy tavsifi (1974), A.Abdug‘afurovning «Navoiy ijodida satira» (1972), Sodir Erkinovning «Navoiy «Farhod va Shirin»i va uning qiyosiy tahlili» (1 9 7 1 ), N.Mallayevning «Navoiy ijodining xalqchil negizi» (1973), hamda «Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti» (1974), A.Rustamovning «Navoiyning badiiy mahorati» (1979) singari yirik ilmiy tadqiqolari vujudga keldi. Akademik A.P.Qayumov «Xamsa» tarkibidagi har bir doston talqiniga bag'ishlangan bittadan ilmiy ommabop risola yozib, ulami ulug' shoir ijodi muxlislariga taqdim etdi. 1976 yilda «Navoiy va ijod saboqlari», 1986 yilda esa «Navoiy «Xamsa»si» nomli yirik ilmiy to'plamlar nashr etildi. Aytish mumkinki, mazkur ilmiy tadqiqotlar navoiyshunoslik ilmi taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Ayni ishlar sohaga kirib kelgan yosh olimlaming ulug* shoir ijodini teran anglashlari va chuqur tadqiq etishlari uchun o'ziga xos maktab vazifasini o'tadi. Yuitimizda milliy istiqloldan darak beruvchi shabadalar esa boshlagan davrda ulug‘ shoir asarlarini ulaming tayanch g'oyaviy-ma’naviy sarchashmalari sanalgan Qur’oni karim, Hadisi sharif va tasavvuf ta’limoti bilan uzviy aloqadorlikda, yangicha yo‘nalishda tadqiq qilish harakati boshlandi. Bu o ‘z navbatida Alisher Navoiy yigirma tomlik m ukam mal asarlar t o 'p la m in i nashr e tilis h i harakatlarining boshlanishiga sabab bo‘ldi. 1987 yilda uning dastlabki, birinchi jildi nashr etildi. Taniqli adabiyotshunos I.Haqqulovning «Zanjirband sher qoshida» (1989), «She’riyat ruhiy munosabat» (1989), «Abadiyat farzandlari»(1990), «Tasawuf va she’riyat» (1991), S.Hasanovning «Navoiyning у yetti tuhfasi»(1991) singari asarlaming vujudga kelishi Alisher Navoiy va mumtoz adabiyotimiz boshqa namoyandalarining ijodiy merosi uchun milliy qadriyatlarimiz tayanch sarchashma bo‘lganligini keng xalq ommasiga yetkazish borasidagi dastlabki jiddiy harakatlardan sanaladi. Shunday qilib, adabiyotshunoslikda Alisher Navoiy asarlarining tayanch g ‘oyaviy-ma’naviy manbalari Qur’oni karim, hadisi sharif va tasawuf ta’limoti ekanligi e ’tirof etila boshlandi. Shuningdek, shoiming adabiy asarlarida so‘z qo‘llashdagi san’atkorlik mahorati nuqtai nazaridan badiiy asar qimmatini belgilash asosiy tamoyilga aylana boshladi. Ulug’ shoiming 550 yillik to‘yi munosabati bilan nashr etilgan «Alisher Navoiy. G ‘azallar, sharhlar» (1991) nomli kitobdan o ‘rin olgan Suyima G ‘anieva, Erkin Vohidov, Najmiddin Kornilov, Muhammad Ali, Jamol Kamol, Abdurashid Abdug‘afurov, Ibrohim Haqqulov, Nusratulla Jumayev, Matnazar Abdulhakim kabi olim va ijodkorlar alamiga mansub maqolalar ana o'shanday xususiyatga molikligi bilan diqqatni tortadi. Vatanda keng quloch yoyib borayotgan milliy istiqlol qayd etilgan sa’y-harakatlaming keng quloch yoyishi uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi. 1993 yilda «Alisher Navoiy adabiy mahorati masalalari» nomli maqolalar to'plami nashr etildi. Yana A.Hayitmetovning «Navoiyxonlik suhbatlar» (1993), «Temuriylar davri o'zbek adabiyoti» (1996), H.Karomatovning «Qur’on va o'zbek adabiyoti» (1993), R.Vohidovning «Alisher Navoiyning ijod maktabi» (1994), «Alisher Navoiy va ilohiy ot» (1994), shu olimning M.Mahmudov bilan hamkorlikda yozilgan «Ma’naviyat-komillik saodati» (1997), «Iymon-qalb gavhari» (1999), S.Olimning «Ishq, oshiq va ma’shuq» (1992), «Naqshband va Navoiy» (1996), N.Jumayevning «Satrlar silsilasidagi sehr» (1996) singari chop etilgan tadqiqotlari navoiyshunoslik ravnaqi uchun muhim hissa bo'lib qo'shildi. 0‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng Alisher Navoiy ijodining dolzaib muammolariga bag'ishlangan juda ko‘p doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Navoiyshunoslik fani oltinchi yuz yillikka qadam qo'yishi munosabati bilan taniqli olim A.Hayitmetov uning taraqqiyot yo'nalishini belgilab beruvchi «Alisher Navoiy ijodini o'rganishning metodologik asoslari haqida» («0’zbek tili va adabiyoti» 2001, 2-son, 3-10- betlar) nomli yirik maqolasini e ’lon qildi. Otaxon navoiyshunos olim mazkur maqolasida navoiyshunoslik Umi erishgan yutuqlami umumlashtirib, uning taraqqiyot omillariga munosib baho beradi, m a’lum ma’noda yakun yasaydi. Shuningdek, sohada kuzatiladigan kamchiliklar va hal etilishi zarur bo'lgan dolzarb muammolar sanab o ‘tiladi. Zikri o'tgan ayrim jihatlari bilan prof. A.Hayitmetovning mazkur maqolasi dasturiy ahamiyat kasb etadi.


Yüklə 45,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin