Kurs ishining maqsad va vazifasi: 4



Yüklə 162,59 Kb.
səhifə5/11
tarix22.09.2023
ölçüsü162,59 Kb.
#147249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
matn terishni orgatish

Test va topshiriqlar:
Savollarga javobni kerakli o‘rinlarda belgilang ü yoki yozing ?. 
? 1. Kompyuter nima?
__________________________________________________________________________
ü 2. Matnda aytilishicha, kompyuter yordamida nima ishlar qilish mumkin?
A) misol va masalalar yechish, kitob o‘qish, musiqa tinglash
B) o‘ynash, ovqat tayyorlash, kino ko‘rish
C) biror narsa yozish, chizma chizish, o‘yinchoq yasash
? 3. Kompyuterda nimalarni yozish mumkin? 2 ta misol keltiring.
1.________________________________________________________________________
2.________________________________________________________________________
ü 4. Matnda aytilishicha, kompyuter qanday o‘yinlarni yaxshi biladi?
A) basketbol, futbol
B) shaxmat, shashka
C) voleybol, poyga
? 5. Bolalar kompyuterda juda ko‘p vaqt o‘ynasa, uning zarari bormi? Fikringizgizni misollar bilan yozing.
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
? 6. Kompyuterdan qanday maqsadda foydalanib bo‘lmaydi? Fikringizni asoslang. ________________________________________________________________________________
________________________________________________________________________________
? 7. Bu matndan nimalarni bilib oldingiz?
__________________________________________________________________________
Badiiy matn [2; 60-61-b.]
Keksa kulol va shogird
Qudrat Hikmat
Bir mo‘ysafid kulolning uyiga o‘g‘lini boshlab kelibdi. Unga hunar o‘rgatishni iltimos qilibdi. Kulol rozi bo‘libdi.
Shogird kulolnikida soz tuproq qazibdi, suv tashibdi, loy qilibdi, o‘choqqa o‘t qalabdi. Xullas, uning aytganlarini bajo keltirib yuribdi.
Oradan bir necha qish-u yoz o‘tibdi. Shogird: “Kulolchilikni miridan sirigacha bilib oldim, endi yugurdak bo‘lib yuramanmi?” – debdi-da, ustozidan javob so‘rabdi.
Kulol bo‘lsa:
– O‘g‘lim, hunar injiq narsa, sabr-toqat qilib, yana biror yil menga qarashib, o‘rganib turganing ma’qul edi, – debdi.
Shogirdning sabri chidamay, ustozini holi-joniga qo‘ymay, fotihasini olibdi.
Katta bozorda do‘kon ochgan kunlari xaridorlar uning piyola, choynak, ko‘zachalarini talashib olib ketishibdi. Ustozi bo‘lsa: “Mayli, oxiri xayrli bo‘lsin!” – deb o‘z yumushini davom ettiraveribdi.
Oradan biroz vaqt o‘tar-o‘tmas shogirdning ishi yurishmay qolibdi, uning mollarini xarid qilmay qo‘yishibdi. U yasagan lagan, tovoqlarning sirlari xiralashib, ko‘chib ketayotgan emish. Oxiri shogird dastmoyasidan ajrab, ko‘p aziyat chekibdi. Nihoyat, kulolnikiga pushaymon bo‘lib qaytib kelibdi.
Kulol uning joniga tag‘in ora kiribdi.
Kunlar o‘tibdi. Shogirdiga kulol:
– Bolam, alaxsimay, razm solib tur! – debdi-da, qurigan idishlarini bir-bir puflab, so‘ngra sir beribdi. Shunda lagan-u tovoqlarning chiroyi yanada ochilib, yarqirab ketibdi.
Shogird endi uning hunarini batafsil egallab olishga astoydil bel bog‘labdi.

Yüklə 162,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin