Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
188
Marhum Sulton Ahmad mirzoning kichik qizi Ma’suma begim onasi bilan Samarqanddan 
Hirotga kelib qolgan ekan. Kayvoni ayollar oraga tushib, bir mehmondorchilik paytida 
Boburni Ma’suma begim bilan uchrashtirdilar. Qiz juda nazokatli va go‘zal edi. Ammo 
Qosimbek uni ko‘rganda Toshkentda qolgan Oyisha begimni esladi. 
Chindan ham Ma’suma begim — Oyisha begimning singlisi edi. Bobur orada turgan 
hirotlik amma-xolalarning ko‘ngliga qarab, qizga moyillik bildirgan bo‘ldi, lekin to‘yni 
paysalga soldi. Qosimbek orqali shunday javob ayttirdi: 
— Ma’suma begim onalari bilan Kobulga borsalar... 
Qizning onasi: 
— Xo‘p, Kobulga borgaymiz, — deb va’da berdi. 
Lekin Qosimbek bu nozikkina qizning Hindikush tog‘lari osha Kobulga yetib borishiga 
uncha ishonmasdi. Yetib borganda ham Boburning boshi ustida charx urib yurgan 
intihosiz mushkulotlariga bardosh berolmasa kerak, deb o‘ylardi. 
Ammo bog‘ ko‘cha devoridan gul tashlagan Mohim ismlik olov qizning yuz-ko‘zlarida 
nafis go‘zallikka yo‘g‘rilgan qudratli bir ohanrabo bor edi. Ana shu ohanrabo Boburni 
hamon o‘ziga tortib turar edi. 
Bog‘ ko‘chadan keng dalaga chiqqanlarida Bobur sallasi qatidagi pushti rang atirgulni 
sekin qo‘liga olib, yana bir hidlab ko‘rdi. Shunda devordan mo‘ralagan qiz uning ko‘z 
oldi-da qaytadan gavdalandi-yu, butun borlig‘ini nafis va shirin tuyg‘ularga to‘ldirdi. 
«Shuncha qilib, istab jahonni yor topmadim!» degan Boburga balki shu qiz yor bo‘lar? 
Nega undan bu qadar tez ayrildi? Nahotki bu qizni qayta ko‘rish nasib qilmasa? 
Qosimbek otini Boburning otiga yaqin keltirib, past tovush bilan so‘radi: 
— Amirzodam, bu atirgul qaysi gulzorda o‘sganini surushtirib ko‘raymi?.. 
— Ixtiyoringiz, — dedi Bobur uyalinqirab. 
— Qizning otalari Husayn Boyqaroga xesh bo‘lsalar, men bu xonadon bilan albatta aloqa 
bog‘lagaymen. 
Bobur bu rejani ma’qullagan ma’noda bosh irg‘adi. 
— Amirzodam, agar yulduzi yulduzingizga to‘g‘ri kelsa, men Mohim bonuni Hirotdanmi, 
Qandahor yoki G‘aznadanmi, qayerdan bo‘lsa ham, albatta izlab topgaymen! 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin