Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
195
— Biz Langari Temurdan Kobulga to‘rt kunda yetib borgaymizmi, a, janob Qosimbek? — 
so‘radi Bobur. 
— Ildam yursak, uch kunda ham yetgaymiz. Ammo Qandahor yo‘li bilan kelganimizda 
Kobulga yana bir oyda zo‘rg‘a yetgan bo‘lardik. 
Muhammad Andijoniy bu gapni ma’qullab qo‘shimcha qildi: 
— Fitnachilar sizlarning qish chillasida Hindikushdan oshib kelishlaringizni mutlaqo 
bilmaydi, amirzodam! Axir bu — aql bovar qilmaydigan ish! Shuning uchun fitnachilar 
asosiy kuchlarini Qandarhordan keladigan yo‘l bo‘ylariga joylashtirganlar. Qorovullari 
ham Qandahor tomonda poyloqchilik qilmoqda emish. Menga buni Mullo Bobo tayinlab 
aytib yubordi. «G‘azna tomondan kelmasinlar, Manor tog‘i tomondan kelsinlar» deb 
iltimos qildi. 
Ammo janob Qosimbek, siz uzoqni ko‘zlab dovon yo‘lini tanlagan ekansiz. Men sizning 
haqligingizga endi astoydil tan berdim. 
— Tashakkur, amirzodam. Endi hamma gap Kobulga yog‘iylar kutmagan tomondan 
bilintirmay borishimizga bog‘liq. Ularni g‘aflatda bosmoq kerak! 
Bobur, Qosimbek, Xo‘ja Kalon va boshqa ishonchli amirlar maslahatni bir joyga 
qo‘yishdi. Kobul qo‘rg‘onidagi Mullo Bobo boshliq sodiq kishilariga Bobur o‘z qo‘li bilan 
maxfiy maktub yozdi. 
«Mardona bo‘ling, najot yaqin, xudo xohlasa, seshanba kuni tunda biz Manor tog‘ida 
ulkan o‘t yondirg‘umizdir. Sizlar ham arkda, eski ko‘shkning ustidakim, hozir xazinadur, 
ulug‘ o‘t yondiringiz, toki bilg‘aymizki, bizdan xabardor bo‘libsiz...» 
Muhammad Andijoniy Boburning maktubini Kobul qo‘rg‘onidagilarga vaqtida yetkazib 
borgan ekan. Seshanba kuni kechasi Bobur odamlari bilan Manor tog‘iga yetib, Kobul 
qo‘rg‘oni ko‘rinadigan joyda ulkan olov yondirdilar. Ko‘p o‘tmay Kobul arkida xazinaning 
tomi ustida ham kattakon olov yaltillab ko‘rindi. 
Shundan keyin Bobur odamlari bilan Kobulning shimol tomonidagi G‘urband Tangisidan 
sahar palla chiqib, eng avval fitnachilarning boshliqlari uxlab yotgan qasrlarga 
yaqinlashdilar. Tun juda sovuq, izg‘irin shamol esadi, ko‘pchilik qorovullar ham 
shamolpana iliq joylarga kirib ketishgan. Muhammad Husayn bilan Mirzoxon g‘aflat 
uyqusiga yotgan paytda qo‘rg‘on ichkarisidan Mullo Bobo va Ahmad Yusuf o‘z odamlari 
bilan Ohanin darvozasidan qurollanib chiqdilar. Qo‘rg‘onni qamal qilib yotgan 
mo‘g‘ullarning halqasi shimol tomonda siyrak edi, chunki ular Boburning janub-g‘arb 
tomondan kelishini kutmoqda edilar. 
Bobur shimoldagi G‘urband tomondan, qo‘rg‘ondagilar qal’a tomondan birvarakay zarba 
berishib, mo‘g‘ullar halqasini sindirib o‘tdilar. 
Kobul podshosi deb e’lon qilingan Mirzoxon qo‘rg‘on tashqarisidagi hashamatli bir qasrda 
uxlab yotgan paytda Boburning Xo‘ja Kalonbek boshliq yigitlari qasr hovlisiga tig‘ 
yalang‘ochlab kirdilar. Mirzoxonning qo‘riqchi yigitlari ham qilichlarini qindan sug‘urdilar. 
Qilichbozlik jangidan bir necha navkar yaralanib yiqildi. Cho‘chib uyg‘ongan Mirzoxon: 
— Bobur bostirib keldi! — degan xabarni eshitib o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. «O‘ldiga» 
chiqarilgan odamning birdan tirilib kelishi Mirzoxonni shunchalik vahimaga soldiki, u 
tarafdorlarini to‘plab jang qilishni xayoliga ham keltirmadi. Qantarib qo‘yilgan egarlog‘liq 
bir otga sapchib mindi-da, kunchiqish tomondagi tog‘larga qarab qochdi. Buni eshitgan 
Bobur Yusufbek boshliq bir to‘da yigitlarni Mirzoxonning ketidan quvg‘inchi qilib yubordi. 
O‘zi Bog‘i Bihisht deb ataladigan bog‘ning ikki qavatlik qasriga tomon ot surib ketdi. 
Fitnachilarning boshlig‘i Muhammad Husayn dug‘lat shu qasrda edi. Darvozaning tomi 
ustida o‘ltirgan qo‘riqchilar Boburga yoydan o‘q yog‘dirdilar. O‘qlardan biri uning po‘lot 
dubulg‘asiga, yana biri ko‘kragidagi zirhli «chor oynaga» o‘ralib qapchib ketdi. So‘ng 
Bobur kamondan otgan o‘qlar tom ustidagi soqchilardan birini yerga qulatdi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin