Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə183/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   533
Quvonova Word

Baden ist nützlich – Cho‘milish foydali. Er hofft zu genesen – u sog‘ayish niyatida;
b) infinitiv va harakat nomlari boshqa fe’llarga o‘xshash ravish bilan aniqlanadi, qiyoslang:
schnell lesen –tez o‘qish, langsam gehen – sekin yurish, viel arbeiten – ko‘p ishlash.
s) infinitiv va harakat nomi konkret shaxs-songa bo‘lgan munosabatni bildirmaydi: singen, blicken, fahren;
5.Infinitiv modal fe’llar bilan qo‘llanganda quyidagi ma’nolarni anglatadi:
Können (olmoq, qila olmoq) modal fe’li infinitiv bilan qo‘llanganda o‘zbek tiliga –y, -a affiksli ravishdosh bilan olmoq ko‘makchi fe’li yordamida ifoda etiladi, qiyoslang:
Er kann studieren. – U o‘qiy oladi. Du kannst arbeiten. – Sen ishlay olasan. Er kann Dutar spielen. – U dutor chala oladi.
Dürfen (mumkin, mumkin bo‘lmoq, ruxsatga ega bo‘lmoq) modal fe’li ham infinitiv bilan birga qo‘llanib, o‘zbek tiliga mumkin, inkor ma’nosida – mumkin emas formalarida berilib, infinitivda esa egalik qo‘shimchalarini olgan harakat nomi yordamida ifodalanadi, qiyoslang:
Der Kranke darf gehen.- Bemorning yurishi mumkin. Der Kranke darf nicht gehen.Kasal yurishi mumkin emas
Müssen va sollen modal fe’llari infinitiv bilan birga qo‘llanib o‘zbek tiliga egalik qo‘shimchalarini qabul qilgan harakat nomi va kerak (bo‘lmoq) yoki zarur (bo‘lmoq) so‘zlari orqali ifoda etiladi, qiyoslang:
Er soll die Prüfung ablegen .–U imtihon topshirishi kerak.Alle Studenten sollen schon vor acht in der Aula sein.- Hamma studentlar soat sakkiz bo’lmasdanoq zalda bo‘lishlari kerak.Ich muß arbeiten – Men ishlashim kerak. Du mußt arbeiten.- Sen ishlashing kerak.Er muß arbeiten. – U ishlashi kerak.
Wollen va mögen modal fe’llari o‘zbek tiliga xohlamoq, istamoq fe’llari orqali ifoda etilib, ular bilan birga qo‘llanadigan infinitiv harakat nomining tushum kelishigi formasida ifoda etiladi, qiyoslang:
Ich will fliegen. – Men uchishni xohlayman. Du willst studieren. – Sen o‘qishni xohlaysan.
Mögen modal fe’li istamoq xohlamoq ma’nolaridan boshqa ma’nolarga ham ega, masalan:
Er mag Suppe nicht. – U sho‘rvani xush ko‘rmaydi


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin