Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Infinitivning fe’llik xususiyatlari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə184/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   533
Quvonova Word

25.1 Infinitivning fe’llik xususiyatlari
(Die verbalen Eigenschaften der Infinitivs)

Infinitiv quyidagi fe’llik xususiyatlariga ega: a) nisbiy zamon ma’nosiga b)nisbat va s) boshqaruv xususiyatiga.


Biroq u fe’lga xos bo‘lgan shaxs, son kabi grammatik kategoriyalar hamda absolyut zamon ma’nosiga ega emas.
Infinitiv I zamoni tuslanuvchi fe’lning zamon formalari orqali aniqlanadi. Boshqacha qilib aytganda tuslanuvchi fe’l qaysi zamonda kelgan bo‘lsa, infinitiv I ham o‘sha zamon manosini anglatadi:
Er ging an uns vorbei, ohne zu grüßen.
Er geht an uns vorbei, ohne zu grüßen.
Infinitiv II tuslanuvchi fe’l anglatgan ish- harakatdan oldin ro‘y bergan harakatni bildiradi:
Er glaubte, sie gesehen zu haben.
Infinitivning fe’llik xususiyatlaridan eng asosiysi uning boshqaruv xususiyatiga ega bo‘lishidir:
Er schlägt vor, auf ihn zu warten.
25.2 Infinitivning otlik xususiyatlari
(Die nominalen Eigenschaften des Infinivs)
Fe’lning infinitiv formalari otlik xususiyatiga ham egadir. Bu narsa asosan aktivning infinitiviga taalluqlidir. Infinitiv harakat yoki holatni ifodalaydi, biroq uning zamonini, shaxsini va sonini ko‘rsatmaydi. Shu jihatdan u otga yaqin turadi va otlasha oladi. Otlashgan infinitiv sredniy rodda bo‘ladi.
Ba’zi otlashgan infinitivlar fe’l bilan aloqasini tamoman uzgan bo‘lib, ular mazmunidan harakat ma’nosini anglatmaydi:das Vermögen, das Leben, das Verbrechen, das Leiden
Ulardan ayrimlari ko‘plikda ham qo‘llanadi: die Vermögen, die Verbrechen, die Leiden:
Die Leiden des jungen Werthers“ wurde von dem großen deutschen Schriftsteller J.W.Goethe geschrieben.
Otlashgan infinitiv turlanadi: das Lesen, des Lesens, dem Lesen;
Infinitivning otlik xususiyatlaridan eng asosiysi gapda ot bajargan sintaktik funksiyalarni bajara olishi, ya’ni ega, to‘ldiruvchi, aniqlovchi va hol bo‘lib kela olishidir.
Schweigen ist schwer, sehr schwer ”, sagte er.
Es ist schwer, alle Aufgaben zu machen.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin