Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


Ergashtiruvchi bog‘lovchilar- die unterordnenden Konjunktionen



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə274/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   533
Quvonova Word

2.Ergashtiruvchi bog‘lovchilar- die unterordnenden Konjunktionen:
Ergashtiruvchi bog‘lovchilar ergash gapni bosh gapga yoki bir ergash gapni ikkinchisiga tobelash yo‘li bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi.Ular ma’nolariga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi. Bular so‘z tartibiga ta’sir qiladi.Doimo bulardan keyin ega keladi:

1) Payt bog‘lovchilari (die temporale Konjunktionen):


Bu bog‘lovchilar payt ergash gapni bosh gapga bog‘lash uchun qo‘llaniladi:
als – da, gan paytda
seit – dan beri
wenn – gan paytda, ..da
bis – guncha, (payt)
ehe – dan avval, -guncha
während – gan paytda,davomida
nachdem – dan so‘ng
solange – gan vaqtda,
bevor – dan avval,guncha
2) Chog‘ishtiruvchi bog‘lovchilar (die vergleichende Konjunktionen):
Bu bog‘lovchilar qiyos ergash gapni bosh gapga bog‘lash uchun xizmat qiladi:
als – nisbatan, ko‘ra (taqqoslash ma’nosida)
als ob – go‘yo (noreal taqqoslash ma’nosida)
als wenn go‘yoki (noreal taqqoslash ma’nosida)

3) Natija bog‘lovchilar (die konsekutive Konjunktionen)


Bu bog‘lovchilar natija ergash gapni bog‘lash uchun xizmat qiladi.
daß - ..ki natijada (bosh gapda so korrelati qo‘llanadi)
als daß - ..ki oqibatida(ba’zan um..zu +Infinitiv bilan almashtiriladi)
daß - qaysiki, oqibatida

4) Sabab bog‘lovchilari (die kausalen Konjunktionen)


Bu bog‘lovchilar sabab ergash gapni bog‘lash uchun xizmat qiladi.
weil – chunki (bosh gapdan keyin turadi)
da - uchun, sababli (bosh gapdan oldin turadi)

5) Maqsad bog‘lovchilari (die finalen Konjunktionen)


Bu bog‘lovchi maqsad ergash gapni bog‘lash uchun xizmat qiladi.
damit – uchun, maqsadida ( um..zu +Infinitiv ga sinonim)
auf daß - maqsadida
6) Shart bog‘lovchilari (die konditionalen Konjunktionen)
Bu bog‘lovchi shart ergash gapni bog‘lash uchun xizmat qiladi.
falls – agar
wenn - mabodo
7) To‘siqsiz bog‘lovchilar (die konsessiven Konjunktionen)
Bu bog‘lovchilar to‘siqsiz ergash gapni bog‘lash uchun xizmat qiladi.
obgleich - …ga qaramasdan
obschon - …ga qaramay
obwohl - …bo‘lsa hamki

8) Holat bog‘lovchilari (die Konjunktionen der Art und Weise)


Bu bog‘lovchilar ravish ergash gapni bog‘lash uchun xizmat qiladi.
indem -..ga ko‘ra
ohne daß - … biroq, shuningdek (amalga oshmagan ish harakat)
daß -..ki oqibatida (dadurch korrelati bilan qo‘llanadi)

Misollar:


Wir wissen , daβ er morgen nicht kommt.
Biz bilamizki u ertaga kelmaydi.
Der Lehrer lobte Genossin Komilowa, weil sie heute gut antwortete.
O‘qituvchi o‘rtoq Komilovani maqtadi , chunki u bugun yaxshi javob berdi.
Als ich klein war, besuchte ich den Kindergarten.
Men kichkinaligimda bolalar bog‘chasiga borganman.
Nachdem mein Bruder die Schule absolviert hatte, bezog er die Universität
Akam maktabni bitirganidan keyin universitetga kirdi.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin