Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə341/533
tarix27.11.2022
ölçüsü1,22 Mb.
#70846
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   533
Quvonova Word

15. Setzen Sie die Konjunktion ein.
Dein Glück ist, …. du sehr beschäftigt bist.
A) daß B) sooft C) da D) so daß

34 – MAVZU: TO‘LDIRUVCHI ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAP
(DER OBJEKTSATZ)

To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapga nisbatan to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. U bosh gapdagi to‘ldiruvchining mazmunini izohlab, konkretlashtirib keladi va wen? (kimni?),was?(nimani?),wem? (kimga, nimaga), womit? (nima bilan?),wofür?(nima uchun?),worüber? (nima to‘g‘risida?),wessen (nimaning? kimning?),wovon(nima to‘g‘risida?)kabi savollarga javob berib keladi. To‘ldiruvchi ergash gap ham o‘zlashtirma gapda, ham ko‘chirma gapda ishlatiladi. To‘ldiruvchi ergash gaplar bosh gapga nisbatan o‘rniga ko‘ra asosan bosh gapdan keyin keladi. Lekin ba’zi hollarda bosh gapdan oldin keladi.


Daβ ich überhaupt nicht mehr arbeite, weiβ sie nicht. .(Marie Luise Kaschnitz.Der Schriftsteller)
Mening umuman ishlamayotganimdan bechoraning hatto xabari yo‘q.
Ich glaube, daß ich die Prüfungen gut bestehen werde.
(Was glaube ich?)
O‘ylaymanki,imtihonlarni yaxshi topshiraman.
Bosh gap bilan bog‘lanish usuliga ko‘ra to‘ldiruvchi ergash gap bosh gapga maxsus bog‘lovchilar yordamida yoki bog‘lovchisiz bog‘lanishi mumkin. Bog‘lovchisiz to‘ldiruvchi ergash gaplar kam uchraydi. Bog‘lovchili to‘ldiruvchi ergash gaplarning bosh gapga bog‘lanishi to‘rt xil.
1.daß, ob (ki), wie (qanchalik) bog‘lovchilari orqali bog‘lanadi. Bulardan daß va ob bog‘lovchilari wie bog‘lovchisiga nisbatan ko‘p qo’llaniladi, daß bog‘lovchisi bosh gapda so‘zlashish (aytmoq, gapirib bermoq, ma’lum qilmoq va fikrlash, o‘ylamoq, ishonmoq, fikr yuritmoq) yoki his etish (eshitmoq, ko‘rmoq, sezmoq) kabi tushunchalarni ifodalovchi fe’llar kelganda qo‘llanadi.
Ich wuβte nur, daβ man von seinem Grab aus das Meer. (Emina Sevgi Özdamar. Mein Istanbul )
Bilganim faqat uning qabri oldidan dengizni ko‘rsa bo‘lardi.
Ob bog‘lovchisi bosh gapda so‘rash ma’nosiga ega bo‘lgan fe’llar (so‘ramoq, qiziqmoq va boshqalar) kelganda qo‘llanadi.
Ich gehe jeden Tag aufs Postamt und frage, ob ein Brief angekommen ist. (Erich Kästner,Die Zwillinge)
Men har kuni pochtaga boraman va xat kelganligini so‘rayman.
Ba’zan bosh gap tarkibida ko‘rsatish olmoshlaridan das, es, der, derjenige, was shuningdek, dafür, darauf, damit, danach, davon, darüber kabi olmosh ravishlar korrelat sifatida qo‘llaniladi.
Unsere Regierung sorgt dafür,daß alle Kinder die Schule besuchen.
Bizni hukumatimiz,barcha bolalar maktabga borishlariga g‘amxo‘rlik qiladi.


  1. Yüklə 1,22 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   533




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin