Лабораторная работа №2 Исследование биполярного транзистора



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə5/12
tarix14.10.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#155187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
FOTOELEKTRIK BATAREYALAR LABORATORIYA 2021

3-LABORATORIYA ISHI.
Quyosh panellarini laminator qurilmasini ishlash jarayonini o‘rganish.
Ishni bajarishdan maqsad: Sho‘r suvlarni chuchuk suvga aylantirish usuli bilan tanishish.
Kerakli asboblar va materiallar: zinapoyali quyosh suv chuchitgichi, Savinov piranometri, GSA-1 galvanometri, termometrlar, suyuqlik soladigan idishlar.
Ish to‘g‘risida nazariy ma’lumot
Sho‘r suvlarni ichimlik – chuchuk suvga aylantirish qadim zamonlardan beri muhim vazifa bo‘lib kelgan. Ayniqsa texnika juda taraqqiy etayotgan hozirgi davrda chuchuk suv sanoatda, ko‘mir, neft, tabiiy gazlar kabi muhim o‘rinni egallab bormoqda. Chunki chuchuk suv inson iste’molidan tashqari texnikaning turli sohalarida har xil maqsadlarda ishlatiladi. Ma’lumki inson iste’mol qiladigan chuchuk suvning fiziologik shakli sutkasiga 2-4 litrdan oshmaydi. Aholi soni hamda aholininig moddiy turmushi yaxshilangan sari chuchuk tobora ko‘proq iste’mol qilinadi. Aholini suv bilan ta’minlashda esa dengiz va okeanlarning suvini to‘g‘ridan - to‘g‘ri ishlatib bo‘lmaydi. Chunki dengiz va okean suvlari sho‘r bo‘lib, ularning tarkibidagi tuz miqdori 35 g/l dan ortiqdir. Cho‘l va suv yetishmaydigan joylarni o‘zlashtirishda va u yerlardagi insonlarni ichimlik suvini tashib kelish muommosini hal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalani yechish mumkin bo‘ladi.
Suv yaxshi eritgich bo‘lib hisoblanadi. Normal temperatura (180S) da 1 litr suv, 90 g choy sodasini, 360 g kir sodasini eritadi. 00S da 1 litr suvni 55m3 vodorod xlor ishlatilishi mumkin. Hatto yomg‘ir suvining 1 litrda 300mg aralashma bo‘ladi. Qoraqumda yer osti suvining 1 litrida 22g tuz erigan bo‘ladi. 1 litr suvda 1-1,5g tuz bo‘lganda iste’mol qilish mumkin. Suvlarni chuchitish asosan ularni bug‘lantirib so‘ngra kondensatsiyalash (suvni haydash) dan iborat bo‘ladi. Buning uchun juda ko‘p yoqilg‘i sarf qilish talab etiladi va bu usul qimmatga tushadi. Hozirgi vaqtda turli xildagi chuchitgichlar mavjud bo‘lib, quyosh energiyasi hisobiga ishlaydilar.
Quyosh energiyasi yordamida sho‘r suvni chuchuk suvga aylantirishda ishlatiladigan qurilmalarni quyosh suv chuchitgichlari deyiladi. Quyosh suv chuchitgichlari o‘zlarining tuzilishiga qarab bir necha xil bo‘ladi.
Ular:
1) Issiqlik qutisi turidagi bir nishabli parniksimon chuchitgichlar.
2) Ikki nishabli suv chuchitgich.
3) Zinapoyali suv chuchitgich.



Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin