Лабораторная работа №2 Исследование биполярного транзистора



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə1/12
tarix14.10.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#155187
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
FOTOELEKTRIK BATAREYALAR LABORATORIYA 2021




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI

MUQOBIL ENERGIYA MANBA’LARI”


K A F E D R A S I



5312400 - «MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI»
yo`nalishi 2-kurs talabalari uchun
FOLEKTRIK BATAREYALAR VA QURILMALAR TEXNOLOGIYALARI” Fanidan


LABORATORIYA MASHG`ULOTLARINI BAJARISH BO`YICHA
USLUBIY KO`RSATMA
Andijon – 2021


«TASDIQLAYMAN»


Andijon mashinasozlik instituti
O`quv-uslubiy kengashida ko`rib chiqilgan va tasdiqlangan
Kengash raisi dots. Q.Ermatov
“___” _______2021 yil.

«MA’QULLANGAN»


“Avtomatika va elektrotexnika” fakulteti kengashida muhokama
qilingan va ma’qullangan Kengash raisi
Sh. Daliyev “ ” ____ 2021 yil.

«TAVSIYA ETILGAN»


“Muqobil energiya manbalari” kafedrasi
2021 yil «___» ________ dagi yig`ilishda muhokama qilingan
va fakultet kengashida ko`rib chiqish uchun tavsiya etilgan
( - son yig`ilish bayoni).
Kafedra mudiri- D. Alijanov.
Tuzuvchi:

1. Komilov.M.M – Andijon mashinasozlik instituti “ Muqobil energiya manbalari” kafedrasi assistenti.


Taqrizchilar:

1.B.Azizov -Andijon xududiy elektr tarmoqlari bosh mutaxasisi


2. S.Aliyev - AndMI “Muqobil energiya manbalari” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari bo’yicha PhD.
lABORATORIYA
Xavfsizlik texnikasi qoidalarining asoslari

Elektr toki inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Shuning uchun elektr qurilmalaridan foydalanilganida biz xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishimiz zarur.


Elektr qurilmalar noto`g`ri ekspluatatsiya qilinganida elektr toki og`ir baxtsiz hodisalarga sabab bo`lishi mumkin, ayrim hollarda esa hatto o`lim holatiga olib kelishi mumkin. Elektr toki bilan shikastlanishning asosiy sabablari quyidagilar:
— elektr qurilmaning tok o`tkazuvchi qismlariga teginish yoki ularga ruxsat etilmagan yaqinlashuv;
— elektrotexnik qurilmalarning ekspluatatsiyasi chog`ida mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik.
Avariya vaziyatiga tushib qolgan inson tanasi orqali o`tayotgan tok inson tanasiga qo`yilgan kuchlanishga va tana qarshiligiga bog`liq bo`ladi, u doimiy emas va qator omillarga bog`liq holda o`zgarishi mumkin.
1. Inson tanasi qarshiligi (u insonning sog`liq holatiga bog`liq).
2. Qo`yilgan kuchlanishning kattaligiga (eng xavfsiz kuchlanish 36—40 V).
3. Yurak orqali oqib o`tayotgan tok kattaligi (0,1 A o`lim holatiga olib keladi).
4. Ob — havo (namlik, yomg`ir, qor).
5. Shikastlangan odamning tana holati (quruq yoki ho`l).
6. Shikastlangan odamning tok manbai bilan kontakti holati — bir yoki ikki qo`li bilan tegmoqda).
7. Davomlilik.
Bunda shikastlanishning eng og`ir oqibatlari shunday holda bo`ladiki, agarda tok yo`li yurak va o`pka orqali o`tadigan bo`lsa, chunki tok bu hayotiy muhim organlarning faoliyatini paralich holatiga tushiradi.
Bunda elektr tokining organizmga ta’sirining davomliligi juda muhim. Elektr xavfsizligini hisoblash chog`ida mumkin deb qabul qilinadi:
A) tok kuchi, 250, 65, 6 mA.
B. Davomliligi 0,2, 1, 30 s.
Elektr qurilmalar ekspluatatsiyasi paytida baxtsiz hodisalar yana shu sababli yuz berishi mumkinki, odatda kuchlanish ostida bo`lmagan metall qismlar izolyatsiyaning buzilishi yoxud yoki boshqa sabab bilan kuchlanish ta’siriga tushib qoladi. (Qurilmalarga) xizmat ko`rsatuvchi xodimlarning xavfsizlik sharoitlari — tok o`tkazuvchi qismlarga kutilmaganda tegib ketishiga yo`l qo`ymaslikdir. Buning uchun izolyatsiyaning yaxshi holatlarda saqlanishini ta’minlashga erishish zarur, qurilmaning izolyatsiyalanmagan barcha tok o`tkazuvchi qismlari hamda izolyatsiyalanmagan tok o`tkazuvchi qismlarga maxsus himoya vositalaridan foydalanmasdan tegib bo`lmasin.
Elektr qurilmalarga xizmat ko`rsatish uchu nish joyida o`qitilgan va tegishlicha mos guvohnomaga ega bo`lgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Xizmat ko`rsatuvchi xodimlar zarur himoya vositalari bilan ta’minlangan bo`lishi shart. Himoya vositalari deb elektr qurilmalarda elektr tokidan shikastlanishdan, elektr yoyi ta’siridan, uning yonishi mahsulotlari va shu kabilardan himoya qiluvchi xodimlarni himoyalaydigan apparatlar, moslamalar va qurilmalarga aytiladi. Barcha himoya vositalari ikkita guruhga bo`linadi: asosiy va qo`shimcha. Asosiy himoya vositalari deb mazkur himoya vositalaridagi izolyatsiya (qurilmadagi) ishchi kuchlanishga chidaydigan va ushbu himoya vositasining yordami bilan qurilmaning kuchlanish ta’sirida bo`lgan tok o`tkazuvchi qismlarga tegish (va ishlash) mumkin.
Ikkilamchi himoya vositalari deb ataladigan vositalar alohida o`zlari shu belgilangan kuchlanishda elektr toki bilan shikastlanishdan xavfsizlikni ta’minlamaydi. Bunday vositalar asosiy himoya vositalari bilan birgalikda qo`llaniladi.
1000 V-gacha bo`lgan qurilmalarda asosiy himoya vositalariga kiradi: dielektrik qo`lqoplar, izolyatsiyalangan ushlagich ruchkali asboblar, kuchlanpish ko`rsatkichlari. 1000 V-gacha bo`lgan qurilmalarda qo`shimcha himoya vositalariga dielektrik kaloshlar, dielektrik gilamchalar, izolyatsiyalovchi tagliklar kiradi. Barcha ishlab chiqarish va boshqa binolar elektr tokidan shikastlanish darajasiga qarab xavfliligi orttirilgan, alohida xavfli va xavfliligi orttirilmagan xonalarga bo`linadi.
Xavfliligi orttirilgan xonalarga kiradi: sabzavot omborlari, (sigir) sog`iladigan zallar va ayrim boshqa joylar. Alohida xavfli xonalar issiqxonalar, osma ayvonlardagi, saraylar va yordamchi xonalardagi elektr qurilmalar, amalda tashqaridagi sharoitlardan farq qilmaydigan harorat va namlikka ega, hamda mineral o`g`itlar omborlari kiradi.
Elektr qurilmalar ekspluatatsiyasida baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun «Elektr qurilmalar qoidalari» va «Iste’molchilar elektr qurilmalarining texnik ekspluatatsiyasi»da aniq keltirilgan talablarni og`ishmay amalga oshirish shart bo`ladi.
Elektr tokidan shikastlanishdan himoyalanish uchun kuchlanish ta’siriga tushishishi mumkin bo`lgan jihozlarning tok o`tkazmaydigan metall qismlarini himoyaviy yerlash (yerga ulash) eng ishonchli himoyadir. 36 V o`zgaruvchan kuchlanishdan yuqori bo`lgan kuchlanishlarda va 110 V o`zgarmas toklarda yerga ulanishi shart bo`lgan metall qismlar: elektr jihozlarning, priborlarning va asboblarning metall korpuslari faqat alohida xavfli va tashqi qurilmalarda, hamda portlash xavfi bo`lgan xonalarda, o`zgaruvchan va o`zgarmas tokning barcha kuchlanishlarida. Himoyaviy nullash — bir martadan ko`p yerga ulangan korpus simiga va elektr qurilmalarning boshqa konstruktiv metall qismlariga ulab mahkamlab qo`yish, ular normalь holatda kuchlanish ta’sirida bo`lmagan, biroq izolyatsiya buzilgan hollarda kuchlanish ta’sirida bo`lishi mumkin.
Elektr tokidan shikastlanib jabrlanganga birinchi tibbiy yordam ko`rsatish. Jabrlanuvchiga eng birinchi yordam sifatida uni iloji boricha zudlik bilan tok ta’siridan ozod etish shart. Buning uchun elektr qurilmaning jabrlanuvchi tegib turgan qismini tokdan uzish yoki o`chirish zarur. Agar baxtsiz hodisa 400 V-gacha kuchlanishli elektr qurilmalarda yuz bergan bo`lsa, u holda buning uchun kommutatsiya apparati bilan (uzish, o`chirish) operatsiyasidan tashqari o`zidan tok o`tkazmaydigan har qanday predmetlardan foydalanish mumkin.
«Yarimo`tkazgichli sxemotexnika» fanidan laboratoriya ishlarini o`tkazish chog`ida laboratoriya ishlari mashg`ulotlarning boshlanishi oldidan talabalar stendlar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishishlari shart.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin