2-rasm. Idish uyvuvchi mashinani o’rnatish sxemasi 1- binoning asosiy ustunlari; 2- elektrlebyodka; 3-dastagi lebyodka; 4-strop;
I, II, III – mashinaning birlamchi, oraliq va oxirgi vaziyati.
Pishirish (qaynatish) qozonlarini o’rnatsh. Korservalash korxonalarida har xil mahsulotlarini qaynatish (pishirish), bug`latish, isitish va eritish uchun A rusumidagi (3- rasm) pishirish qozonlari ishlatiladi.
Usti ochiq 6A qozoni tayanch oyoqlar, bug` qobig`i, ichi bo`sh sapfa-tayanchlar va qozondan iborat.
Tayanch oyoqlar cho`yandan quyilgan, poydevor boltlari uchun teshiklari bor. O`ng oyog`ida chervyakli juftlik joylashgan. Bu juftlik yordamida qozon qo`l bilan ag`dariladi.
Bug` qobig`i cho`yandan yoki po`latdan yasalgan hamda qozonga flanets va boltlar bilan yoki payvandlash yo`li bilan biriktirilib, bug` kamerasini hosil qiladi.
Qozon zanglamaydigan po`latdan yoki misdan yasaladi (ishchi sig`imi 0,012; 0,06; 0,15; 0,3; 0,5 m3).
Bug` kamerasi qobig`ining ikki qarama-qarshi tomonida ikkita ichi bo`sh tsapfa biriktirilgan. Bu tsapfalar yordamida qozon va bug` qobig`i tayanch oyoqlarga tayanadi.
Ventil 6 ni ochganda bug` 0,3-0,6 MPa bosim bilan bug` o`tuvchi yo`l orqali sapfaga keladi va bu yerdan tarqatuvchi 5 yordamida bug` kamerasiga bir me`yorda tarqatiladi. Tarqatuvchining vazifasi bug` katta bosim bilan qozonga urishi natijasida qozonni yeyilishini oldini olishdir. Bug` bosimi manometr 10 bilan o`lchanadi. Bug` bosimi oshib ketsa ehtiyoj klapani 11 ishlaydi.
Bug` o`z issiqligini devor orqali mahsulotga beradi va kondensatga aylanadi. Kondensat trubka 10 orqali chap sapfaga haydaladi va kondensatorotvodchikdan kran 9 orqali chiqariladi.
Tayyor mahsulot jo’yak 12 orqali (ag`dariladigan qozonlar uchun), yoki truba 8 orqali (ag`darilmaydigan qozonlar uchun) olib chiqiladi. Bir qozonda ikki xil olib chiqish usuli ham bo`lishi mumkin.