Gorizontal TN rusumidagi qobiq trubali issiqlik almashinuv qurilmalari quyidagicha tuzilgan (8-rasm): 1- 2 ta qopqoq; 2,3.6,13- shtutserlar; 4-obtekatel; 5-2ta truba panjarasi; 7,12-to’sin (peregorodka); 8-styajka; 14-mahsulot kiruvchi (bo`linuvchi) kamera.
8- rasm. Qobig` trubali gorizontal issiqlik almashinuv qurilmasi.
Qopqoqlar sferik, to`g`ri va ellipsli bo`lishi mumkin.
Mahsulot bo`linadigan kamera mahsulot gorizontal yo`llarni, ya`ni mahsulot gorizontal vaqtni oshirish uchun xizmat qiladi.
Qobiq po`lat listdan payvandlangan silindr bo`lib diametri 159,273, 325, 400, 600, 800, 1000 va 1200 mm bo`lishi mumkin. Ikki tomonga flanets payvandlangan. Bu flanetslarga ikkita qobiq biriktiriladi. Qobiq ichidan to’sin 7 bo`ylab issiqlik almashinuv trubalari 10 o`tgan, bu trubalar uchlari truba panjarasiga jips mahkamlangan. Truba panjarasi esa qobiqga payvandlangan. Panjaradagi trubalar uchun teshiklar to`g`ri olti tomonlari bo`yicha yoki kontsentrik aylanalar bo`yicha yoki krest bo`yicha bo`lishi mumkin. Mahsulot 2shtutserdan kirib 13 shtutserdan chiqadi. Bug` 3 shtutserdan kirib 6 shtutser kondensat chiqadi. Bug` truba orasidagi bo`shliqdan harakat qiladi.
Trubalar panjaraga rezvaltsoka, payvandlash yoki boshqa usullar bilan jips yopishtiriladi.
Gorizontal qurilmalar montajga yig`ilgan holda keladi. Tayanch oyoqlari 9 uchun fundament maydoncha tayyorlanadi yoki polga ham o`rnatish mumkin.
O`rnatish o`lchamlaridan og`ish qiymatlari quyidagicha: Gorizontallik yoki vertikallikdan og`ish - 0,3 mm 1 m uzunlikda; Balandlik belgisi bo`yicha: gorizontal apparat - 10 mm; vertikal apparat- 5 mm Yuqoridan ko`rinishda montaj o`qlari bo`ylab og`ish - 10 mm Apparat o`rnatilgandan keyin germetiklikka sinovdan o`tkazadilar va ichiga 0,3 MPa bosimiga bug` beriladi. 10 daqiqa ushlab turiladi, bosim kamaytiriladi va hamma payvand choklar tekshiriladi.