27A va 28A rusumli qozonlarda mahsulotni aralashtirish uchun aralashtirgich bor. Bu aralashtirgich elektrodvigatel tasmali uzatma va konusli tishli uzatma yordamida harakatlantiriladi. Aralashtirgich borligi tufayli quyuq mahsulotlarni (masalan, iris va karamellarni) pishirishdà ishlatiladi.
1- jadval. Pishirish (bug`latish) qozonlarning texnik xarakteristkalari
Gabarit o`lchamlari, mm uzunligi eni balandligi Massa, kg
1100 758 1400 300
1400 730 1360 200
1275 830 1485 400
1120 955 1610 450
1800 1000 1200 440
Montajga qozonlar tayyor yig`ilgan holda keladi. Tayanch oyoqlar poydevorga 4 dona M16 fundament boltlari bilan qotiriladi. Gorizontallik holati aralashtirgich valiga obtarozini quyish yo`li bilaí tekshiriladi: gorizontallik va vertikallikdan 1 m uzunlikga 0,3 mm; balandlik belgisi bo`yicha og`ish 10 mm; yuqoridagi ko`rinishda montaj o`qlari bo`yicha og`ish 10 mmgacha bo`lishi kerak.
Qozon holati bir soat mobaynida salt holatda tekshiriladi.
Tekshirishda aralashtirgichning bir me`yorda, kuraklari qozon devoriga tegmasdan aylanishi, qozonning poydevorga qattiq qotirilganligi aniqlanadi.
Ishni boshlashdan oldin ehtiyot klapani sozligi tekshiriladi, qozon ichi ko`riladi va qozon mahsulot bilan to`ldiriladi. Kondensat olib chiqiladigan yo`l (10) va havo krani ochiladi. Undan keyin astag`sekin bug` ventili ochiladi va havo ventili yopiladi.
Pishirish vaqtida manometr ko`rsatgichi va kondensat otvodchik ishi doimiy nazorat qilib turiladi.