Lecture 10 mavzu: xom–ashyo va shisha idish yuvuvchi jihozlarni o`rnatish va ta`mirlash, pishirish, bug`latish va issiqlik almashinuv jihozlarini o`rnatish va ta’mirlash. Ventilyatorli yuvuvchi mashinalar


-A rusumidagi vacuum-bug`latgichni o’rnatish



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə5/15
tarix26.09.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#149217
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Lecture 10 mavzu xom–ashyo va shisha idish yuvuvchi jihozlarni

31-A rusumidagi vacuum-bug`latgichni o’rnatish. Bu qurilma mahsulotlarni bug`latish (pishirish) uchun vacuum-isitgich yoki vacuum-bug`latgich sifatida ishlatiladi.
Bu apparat ikki tanali statsionar 150 l sig`imli qozondan iborat bo`lib, uning ichida ikki kurakli aralashtirgich o`rnatilgan. Apparat qozoni flanetsli mis sig`im bo`lib, atrofi po`lat bug` qobiq bilan o`ralgan. Mis sig`imga flanetsli birikma orqali zichlagichlar va boltlar yordamida mis qopqoq mahkamlangan. Aralashtirgich elektrodvigatel, chervyakli reduktor va tishli g`ildirak juftligi orqali aylantiriladi.


5- rasm. Sferik 31-A vakuum qurilmasi.
1- havo zulfini; 2- elektrodvigatel; 3-chervyakli reduktor; 4- tishli g`ildirak juftligi; 5-yuklovchi zulfin; 6-misli qalpoq; 7-termometr; 8-gayka; 9,10- truba; 11- vakuummetr; 12-nazorat derazachasi; 13-namuna olish uchun zulfin; 14- manometr; 15-bug` olib keluvchi patrubok; 16-bug` qobig`i; 17-mis qozoni; 18- ikki kurakli aralashtirgich; 19-chiqaruvchi shtutser; 20-pishirilgan mahsulotni chiqaruvchi zulfin; 21-kondensatni chiqaruvchi patrubok.
31-A vakuumg` bug`latish qurilmasi texnik xarakteristikasi
Ish unumdorligi, kg/soat.... ............................................150-200
Foydali hajmi, l ................................................................150
Qozon diametri, mm .........................................................800
Isitish sirti yuzasi, m2.........................................................0,74
Bug` bosimi, MPa ..............................................................1,05
Bug` qobig`i hajmi, l ......................................................... 75
Bug` sarfi, kg/soat ............................................................220-250
Apparatdagi qoldiq bosim, kPa .........................................20
Aralashtirgich elektrodvigateli quvvati, kVt.....................1,7
Aylanish chastotasi, ayl/min ...........................................1420
Aralashtirgich aylanish chastotasi, ayl/min ....................19
Gabarit o`lchamlar:
uzunligi............................................................................1570
kengligi ............................................................................980
balandligi ...................................................................... 2150
Massa, kg ......................................................................... 630

Qurilma zavod-tayyorlovchidan yig`ilgan holda keladi. Uni montaj joyiga mexanik tarzda olib kelinadi. O`lchov-belgilash ishlari olib borilib, oyoqlariga mos ravishda poydevor quriladi. Apparat poydevor ustiga quyilib, gorizontallik va vertikallik holati obtarrozi, shoqul yordamida tekshiriladi. Gorizontallik holati aniqligi 1 m uznlikga 0,3 mm, balandlik belgisi bo`yicha og`ish ± 10 mm, yuqoridan qaraganda o`qlar bo`yicha og`ish ± 10 mm bo`lishi kerak. Gorizontallik holati stanina oyoqlari tagiga po`lat tiqin qo`yish bilan rostlanadi va poydevorga to`rt dona M20 poydevor boltlari bilan mahkamlanadi. Keyin apparatga isituvchi bug`, mahsulot olib keluvchi, pishirilgan (bug`latilgan) mahsulot va kondensatni olib ketuvchi quvurlar va vakuum tizimi ulanadi.



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin