License type supported cc: Attribution 0 International (cc by 0) 31



Yüklə 106,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix25.12.2023
ölçüsü106,75 Kb.
#196029
1   2   3   4   5   6   7   8   9
o-zbekistonda-to-qimachilik-sanoati-raqobatbardoshligini-oshirish-strategiyalari (1)

SJIF 
2023:5.971
 
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
 
34
2022 yilning yanvar-dekabr oylarida kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab 
chiqaradigan sanoatdagi ulushi 3,8 %, fizik hajm indeksi 105,5 % ni, ishlab chiqarish 
hajmida esa 17 210,1 mlrd. So‘m kuzatildi. 2021 yilning yanvar-dekabr oylari 
yakunlariga ko‘ra, kiyim ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoat 
tarkibidagi ulushi 3,6 % ga, fizik hajm indeksi esa 118,7 % ga to‘g‘ri keldi. 
O‘tgan besh yil davrdagi ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ishlab 
chiqarishning hozirgi holati hech qanday holatda ko‘ngildagidek emasligi ayon bo‘ladi. 
To‘g‘ri ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 
hajmi 24,8 mlrd. So‘mdan 62 757,0 mlrd. So‘mgacha, ya’ni 2,5 barobar, uning fizik hajmi 
indeksi 
107,4% 
dan 
109,8% 
gacha 
o‘sish 
kuzatilgan.
1-rasm. To’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi
6
Shuningdek, o‘tgan besh yil davrda kiyim ishlab chiqarish hajmi 7,7 mlrd. So‘mdan 
17 210,1 mlrd. So‘mgacha, ya’ni 2,5 barobar, uning fizik hajmi indeksi 103,3 % dan 
105,5 % gacha o‘sish kuzatilgan. 
6
 
https://stat.uz/uz/
 


SJIF 
2023:5.971
 
License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0)
 
35
2-rasm. Kiyim ishlab chiqarish hajmi
7
Biroq, bu o‘sish ko‘rsatkichlari mamlakatimizda ushbu sohani rivojlantirish uchun 
katta imkoniyatlar mavjud bo‘lishiga qaramay, bu salohiyatdan yetarlicha 
foydalanilmayotganligini ko‘rsatmoqda, deyish mumkin. 
Afsuski, shuning uchun ham sanoat mahsulotlari tarkibida metallurgiya sanoatining 
ulushi – 23,2 %, oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning 
ulushi – 17,2 % ni tashkil etgani holda to‘qimachilik sanoatining ulushi juda pastligicha 
qolmoqda. Vaholanki, mamlakatimizda bu sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun 
ham xomashyo, ham mehnat resurslari jihatidan yetarli imkoniyatlar mavjud. 
Ayni paytda faoliyat yuritayotgan qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar raqobatbardosh bo‘lmagani uchun tashqi bozorda u qadar raqobatbardosh 
emas. Bir so‘z bilan aytganda, iste’molchi didiga to‘g‘ri keladigan sifatli mahsulotlar 
ishlab chiqarish hali kerakli darajada emas. Buning sabablaridan biri, bu to‘qimachilik 
mahsulotlarini ishlab chiqarishda asosiy e’tibor kichik ixtisoslashtirilgan korxonalar 
faoliyatiga qaratilganligi bo‘lib, ular yirik korxonalarning o‘rnini bosa olmaydi. Buning 
bir qancha sabablari bor. Kichik korxonalarda ishchi kuchi 30-40 kishidan oshmaydi. 
Boshqa tomondan, kichik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifati past 
va hajmi kam. 
Bugungi kunda to‘qimachilik va kiyim-kechak ishlab chiqarishda sifat va narx 
mutanosibligi, daromad darajasi, aholi va demografik tuzilishi, iqlim va geografik 
xususiyatlari, dizayn va modaga muvofiqligi, mahsulot brendi, ijtimoiy va ekologik 
standartlarga muvofiqligi va boshqa raqobatbardosh xususiyat va funksiyalar saqlanib 
qolishi iste’molchi tanlovida qolmoqda. Mahsulot sifatini oshirish va assortimentini 
yaxshilash muammolari, birlamchi xomashyo ishlab chiqarishdan tortib to yakuniy tayyor 
mahsulot chiqarishgacha bo‘lgan reja barcha jarayonlar bilan chambarchas bog‘liq [13]. 
Bu sohada mahsulot sifatini tubdan yaxshilash uchun paxta matolari, jun va ipak 
tolalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarur. Boshqa tomondan, 
ilg‘or texnologiyani joriy etish orqali uni shakllantiruvchi mukammal ishlab chiqarish-
texnik bazani yaratish orqali mahsulot sifatini oshirish mumkin. 
7
 
https://stat.uz/uz/
 



Yüklə 106,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin