SJIF 2023:5.971 License type supported CC: Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) 37 •
brendning kam taniqliligi sababli mijozlarning tovarga nisbatan ishonchining
ortishiga to‘sqinlik qilmoqda.
O‘zbekistonda to‘qimachilikni rivojlantirish va milliy brendlarni jaxon bozoriga olib
chiqish uchun juda katta salohiyat mavjud, lekin bizning ulushimiz xali xam past foizlarda
ekanligi achinarli. Raqobatbardoshlikni aniqlashga qaratilgan aniq modellar mavjud
emas.
Shuningdek, yuqori darajadagi kadrlarni tayorlashda o’qitishning yangi
texnologiyalarini qo‘llash va shu sohada xalqaro hamkorlik deyarli yo‘lga qo‘yilmagan.
Agar shu muammolarni bartaraf etishga ko‘proq e‘tibor qaratilsa, raqobatbardoshlik
strategiyalarini qo‘llash orqali ulkan natijalarga erishiladi.
Yuqoridagi muammolarni o‘rganar ekanmiz, to‘qimachilik sanoati korxonalarida
raqobatbardoshlikni oshirish va ularni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha quyidagi 37trategic
xatti – xarakatlarni amalga oshirish va yo‘lga qo‘yish zarur deb hisoblaymiz. Strategik
xatti - xarakatlarni 2 ta darajada, ya’ni korxona va mamlakat darajasida amalga oshirish
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Korxona darajasida:
• tarmoqda mehnat unumdorligini oshirish dasturlarini keng joriy qilish;
• yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish;
• yangi texnologiyalarni joriy etish va qo‘shilgan qiymat zanjirini bilimlar va
innovasiyalar asosida tizish hisobiga mehnat samaradorligini oshirish;
• Yevropa davlatlariga GSP+ tizimi doirasida tayyor mahsulotlar eksportini
kengaytirish;
• ishlab chiqarish jarayoniga tashqi bozor va xalqaro talablarga javob beradigan
standartlarni joriy etish.
Mamlakat darajasida:
•
Respublikada mavjud mahalliy sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va
ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
•
to‘qimachilik sohasida faoliyat yurita boshlagan tadbirkorlarning ishlab chiqarish
imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida ma’lum muddatga davlat imtiyozlari berish;
•
to‘qimachilik sanoatida sifatni oshirishga qaratilgan zamonaviy texnologiyalar
asosida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish [14];
•
to‘qimachilik sanoatining asosiy tabiiy xomashyosi bo‘lgan paxta билан
биргаликда ipak va jun ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va ushbu ishlab chiqarish
yo‘nalishlari bilan samarali integratsiya aloqalarini o‘rnatish;
•
korxonalarni modernizatsiya qilish uchun imtiyozli kreditlar berish, daromad
solig'ini kamaytirish amaliyotini joriy etish;
•
eksportchi korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini faol davom ettirish;
•
eksportchi korxonalarga ko‘rsatilayotgan tashkiliy va moliyaviy yordam berish
tizimini takomillashtirish;
•
mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab
chiqarilgan
mahsulotlarni xorijiy davlatlarga chiqarishda ko‘maklashish tizimini takomillashtirish;
•
to‘qimachilik sanoati korxonalari faoliyatini rivojlantirishda kichik biznes, xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishga muhim e’tibor qaratish [15];