Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotning vositaviy-uslubiy apparati tizimli yondashuv doirasida tadqiqotning
umumilmiy uslublari: mantiqiy va vaziyatli tahlil, expert baholash, so‘rovnoma, kuzatish,
intervyu, guruhlash, taqqoslash kabi taxlil vositalarini qo‘llashga asoslanadi. Ushbu
vositalar tadqiqot olib borishning turli bosqichlarida turli kombinasiyalarda foydalaniladi,
yakuniy natijalar, xulosalar va takliflarni ilmiy asoslanganligini ta’minlashga imkon
beradi.
Tahlil va natijalar. Yuqoridagilardan kelib chiqib, raqamlarga e’tibor qaratsak, 2022 yilning yanvar-
dekabr oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulotlar hajmi 458,2 trln. So‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 83,2 % ini tashkil
etdi.
Jami ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida mashina va asbob-uskunalar ishlab
chiqarish, ta’mirlash va o‘rnatish, avtotransport vositalari, yarim tirkamalar va boshqa
tayyor buyumlarni ishlab chiqarish sohasining ulushi – 20,3 % (2021 yilning yanvar-
dekabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 112,8 %), metallurgiya sanoatining ulushi –
23,2 % (2021 yilning yanvar- dekabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 103,9 %) ga
to‘g‘ri keldi, shuningdek, ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida oziq-ovqat, ichimliklar va
tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishning ulushi – 17,2 % (2021 yilning yanvar-dekabr
oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 109,2 %), kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa
buyumlarini ishlab chiqarishning ulushi – 9,2 % (2021 yilning yanvar-dekabr oylariga
nisbatan fizik hajm indeksi 97,7 %) ni, to‘qimachilik, kiyim, teri mahsulotlarini ishlab
chiqarishning ulushi – 17,9 % (2021 yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan fizik hajm
indeksi 108,6 %) ni tashkil etdi .Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida to‘qimachilik
mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida 13,7 % ni
tashkil etgan, fizik hajm indeksi 9,8 % ga o‘sgan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmida 62 757,0
mlrd. So‘m kuzatildi. Shuningdek, 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida ishlab
chiqaradigan sanoat tarkibida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 13,8
% ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 119,5 % ekanligi kuzatildi
5
.
5