Lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Zararli moddalarning aralash (kombinirlangan) ta’siridagi toksik samara



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/67
tarix24.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#192039
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67
Zararli moddalarning aralash (kombinirlangan) ta’siridagi toksik samara 
Ishlab chiqarishda zararli moddalar ta’sirining bir necha turlari ajratiladi. 
1) bir martalik umumiy ta’sir. Bunday ta’sirda zararli komponentlar 
retseptorlarning bitta tizimiga ta’sir ko‘rsatadi. 
2) mustaqil umumiy ta’sir. Ta’sirlanishning bunday turida komponentlar turli 
retseptorlarga Shunday ta’sir qiladiki, olinadigan samara bir-biriga bog‘liq bo‘lmaydi. 
3) sinyergik va antagonistik umumiy ta’sir. 
4) sanoat zaharlarining kompleks aralash ta’siri. Atrof-muhitning zararli moddalar 
bilan ifloslanishining ko‘payishi munosabati bilan bu masala Yanada dolzarblik kasb 
etadi. 
Zaharlarning bir martalik (o‘tkir) aralash ta’siri 
Bir necha zaharlarning aralash ta’siri toksik samarasi ham hayvonlarda, ham 
odamlarda olib borilgan o‘tkir tajribalarda yaxshiroq o‘rganilgan. 
Masalan, tajriba hayvonlarida olib borilgan tajribalarda uglevodorodlarning 
aralash ta’sirida (benzin va uning ingrediyentlari) samaralarning qo‘shilishi kuzatilgan; 
aromatik uglevodorodlarda (benzol va toluol, toluol va ksilol, benzol va ksilol) 
qo‘shilish samarali ko‘proq uchraydi. 
Xuddi Shunday qo‘shilish samarasi odamlarga benzol, atseton va fenol, 
siklogeksan va benzol, fenol va atsetofenol ta’sir qilganda ham kuzatilgan. 
Qo‘shilish samarasi faqat narkotik ta’sirga ega moddalarga hos emas. Ko‘pincha 
u qo‘zg‘atuvchi gazlar: xlor va azot oksidlari, azot oksidlari va oltingugurt gazi, 
oltingugurt gazi va oltingugurt kislotasi ayerozolida ham kuzatilgan. Yomon hidli va 
qo‘zg‘atuvchi moddalar oddiy qo‘shilish uslubida ta’sir qiladi.
Narkotiklarga ham, qo‘zg‘atuvchilarga ham tegishli bo‘lmagan moddalar uchun 
aniq xulosa qilib bo‘lmaydi. Biroq, masalan, FOSlar uchun samaralarning qo‘shilishi 
qayd etilgan (xlorofos va tiofos, xlorofos va fosfamid). 
Biroq sanoat toksikologiyasida zararli moddalarning sinyergik ta’siri ham ko‘p 
uchraydi. Bu samaralarning mexanizmini Shunday tuShuntirish mumkin: bir modda 
boshqa moddaning biotransformatsiyasi jarayonlarini tormozlaydi (masalan, 
detoksikatsiyani amalga oshiradigan fyerment tizimini tormozlash). 
Masalan: xlorofos va karbofos, xlorofos va metafos, karbofos va tiofos birga ta’sir 
qilganda oddiy samaralar qo‘shilishidan ham yuqori bo‘lgan samarani keltirib 
chiqaradi, ya’ni bu yyerda bir moddaning holinestyerazani tormozlashi va buning 
oqibatida boshqasining detoksikatsiyasi yuz beradi. 
Xlorlangan uglevodorodlarning (SSl

va etilendixlorid, SO va benzol) birgalikda 
ta’sirida sinyergik samara kuzatilgan.
Sanoat toksikologiyasida SOning boshqa zaharlar bilan birga ta’siri yetarlicha 
yaxshi o‘rganilgan. Uglyerod oksidi va tetraetilqo‘rg‘oshin, SO va adrenalin, SO va 
sianidlar, SO va etil spirtining bir vaqtda va bir martalik ta’sirida sinyergik samara 
qayd etilgan. 
Sinyergik samaralar ozonning oltingugurt kislotasi ayerozoli bilan, azot oksidlari 
bilan aralash ta’sirida ham sinyergik samara kuzatilgan. 


45 
SO va azot oksidlarining aralash ta’siri (elektr payvandlash ishlarida, portlatish 
ishlarida, DVS bilan ishlaganda uchraydi) sinyergik samara beradi. 
Ammo amaliyotda sanoat zaharlarining antagonistik ta’siri ham mavjud, ya’ni 
aralash ta’sir umumiy natijadan ko‘ra kamroq kutilgan natijani beradi. Bunday ta’sir 
SO

va Cl, SO
2
va ammiak, ammiak va SO uchun ma’lum – bu samara moddalar 
o‘rtasidagi kimyoviy reaksiyalar hisobiga yuz beradi va kam zaharli birikmalar hosil 
bo‘ladi. 
Antagonistik samara fiziologik samara byerishi ham mumkin. Masalan, FOSlar va 
xlorlangan uglevodorodlarning birgalikdagi ta’siri, bunda bu moddalarning gidrolizi 
mahsulotlari dastlabki moddalarga qaraganda kamroq zaharli. Bu samara katta 
miqdorda sanoat zararli moddalarining birikuvida aniqlangan. Bu moddalar: azot 
oksidlari va oltingugurt angidridi, dimetilamid va chumoli kislotasi, metan va SO, 
stirol va formaldegid, SO va toluol. 
Sanoat zaharlarining surunkali aralash ta’siri. SO va freon, SO va trietilamin 
ta’sirida, Shuningdek bir yo‘la to‘rtta modda: anilin, furfurol, epoxlorgidrin va SO 
surunkali ta’sir qilganda qo‘shilish samarasi kuzatiladi (ta’sir qiluvchi moddalar 
ostonaviy va maksimal yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalarda bo‘lgan). 
Surunkali ta’sirga sanoat zaharlarining sinyergik samarasi kam kuzatilgan. 
Masalan, DDT va etil spirti aralashmasi, marganes va ftor birikmalari, bir yo‘la to‘rtta 
modda (furfurol, anilin, epoxlorgidrin va is gazi), is gazi va azot oksidlari, etil spirti va 
margimush, etil spirti va tiuramdisulfid, ozon va xlor kislotasi ayerozoli ta’siri.
Gidrobenzol va benzidin sulfatning birgalikda ta’sirida kansyerogen faollikning 
kuchayishi haqida ma’lumotlar bor (Genin V.A., 1975). 
Rezinali texnik buyumlarni ishlab chiqaradigan zavoddagi ishchi-ayollarning 
sog‘lig‘ini uzoq vaqt kuzatish natijasida ishlab chiqarishdagi zararli omillarning bola 
tug‘ish funksiyasiga ta’siri kuchayishi kuzatilgan (benzin va xlorlangan 
uglevodorodlarning birgalikda ta’sirida). Bu hayvonlarda olib borilgan tajribalarda 
ham tasdiqlangan. Bu tajribalarda tug‘ilish nazorat namunasiga nisbatan 53 foizga 
kamaygan. 
Sanoat zaharlarining surunkali aralash ta’siridagi antagonistik samara ancha ko‘p 
uchraydi, ayniqsa kichik dozalarda ta’sir qilganda. Shuningdek, bunday samara o‘tkir 
ta’sir qilganda antagonistik samara beradigan zaharlarda: oltingugurt gazi va azot ikki 
oksidi, DDT va geksaxloran aralashmasi, azot ikki oksidi va SSl
4
, tetraxlorpentan va 
xloretan kislotasi, azot oksidlari va mis oksidlarida ayniqsa ko‘p kuzatiladi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin