часть
2
«
Научный импульс
»
Ноябрь
, 202
1195
sintez qilish ko‘pchilik mikroorganizmlarning oziqa muhitida ushbu maxsulotlarni
yuqori darajada to‘plashiga asoslanadi. Mikroorganizmlar orasida yuqori darajada
glutamin kislota hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lgan qator bakteriyalar, achitqi va
zamburug‘ turlari mavjud. Mikroorganizmlarning aminokislotalar to‘plash xususiyati
va turlar aro korrelyasiyasi qatiy ko‘rinishda bo‘lmaydi. Aminokislota
produtsentlarining ko‘pchiligi grammanfiy sporasiz bakteriyalar bo‘lib, ular
Corynebacterium, Micro coccus, Arthrobacter, Brevibacterium turkumlariga
mansubdir. Lizin aminokislotasini ishlab chiqarish. Lizin odam va hayvonlar
organizmida qator o‘ta muhim biokimyoviy funksiyalarni bajaradi: hujayrada kalsiy
transporti, ovqat hazm qilish fermentlari sekretsiyasini va umumiy azot nisbatini
oshirishni ta’minlaydi va h.k. Lizinning produtsent-mikroorganizmiari, auksotrof
bakteriyalarning Brievibacterium, Micrococcus,Corynebacterium kabi gomoseringa
muhtoj turlari hisoblanadi[2].
Lizin aimnokislotasini ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo vazifasini
mikroorganizmlar, bakteriyalar sintez qiladi. Aminokislotalarni tayyor oqsillarni sintez
qilish orqali ham olinadi. Oqsillarni ferment prorotein gidrolaza ta’sirida gidrolizlash
natijasida ham olinadi. Pepsin fermenti oqsillarni tez fermentativ gidroliz qiladi.
Natijada hosil bo‘lgan aminokislotalar fraksiyalash orqali bir biridan ajratib olinadi.
Aminokislotalarni biosintezi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini har xil taksonomik
guruhga mansub bo‘lgan mikroorganizmlardan foydalaniladi. Masalan, lizin va
glyutamin kislotasini sintezi uchun Corunebacterium glutamicum va Brevibasterium
flavum bakterialari ishlatiladi. Aminokislotalar sintez qiluvchi mikroorganizmlarning
ko‘pchiligi klassik mikrobiologiya usullaridan foydalanib, tanlab olinganlar, ya’ni ular
mutantlar hisoblanadilar. Past molekulyar og‘irlikga ega bo‘lgan birikmalarni
superprodutsentlarini yaratish strategiyasi unchali yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsada,
ba’zi aminokislotalarni produtsentlari gen-muxandislik usullari yordamida yaratilgan
va ulardan ishlab chiqarish miqyosida foydalanib kelinmoqda. Kimyoviy yo‘l bilan,
sintez orqali olinadigan aminokislotalarni qismi hozircha ko‘proq. Masalan, keng
miqyosda ishlatiladigan aminokislotalardan glitsin va metionin asosan kimyoviy sintez
yo‘li bilan ishlab chiqiladi. Aminokislotalar oziq-ovqat kimyoviy sintez yo‘li bilan
ishlab chiqiladi.[3,7]. Aminokislotalar oziq-ovqat mahsulotlarini ta’amini tuzatish va
ularni oziqa birligini oshirish maqsadida keng qo‘llaniladi. Tarkibida yuqori miqdorda
almashmaydigan aminokislotalar saqlovchi ozuqa oqsillari konsentratlari orqali
faqatgina oqsili kam bo‘lgan ozuqa mahsulotlari tarkibidagi oqsil moddalar miqdorini
me’yoriga keltirish mumkin xolos, ammo bu mahsulotlar almashmaydigan
aminokislotalar miqdorini me’yorga keltirish uchun kamlik qiladi. Hayvonlar ozuqasini
me’yoriga keltirish uchun ba’zi bir aminokislotalar sof holda qo‘shilishi shart, chunki
ularni miqdori ozuqalar tarkibida me’yoridan juda ham oz. Dunyoda har yili 300 ming
tonnadan ko‘proq almashmaydigan aminokislotalar sanoat asosida ishlab chiqariladi.
Ammo, afsuski bu texnologiya mamlakatimizda joriy etilmagan. Almashmaydigan