часть
2
«
Научный импульс
»
Ноябрь
, 202
1196
aminokislotalar sintez qilishning 3 yo’li mavjud o’simlik yoki mikrob oqsilini gidroliz
qilish orqali ershiladi.[3,6].
Lizin olish texnologiyasi: Lizin olish jarayonlari qatiy aseptik sharoitni talab
qilganligi uchun barcha uskunalar, reaktorlar, kommunikatsiyalar va fermentatsiyaga
beriladigan havo sterillanishi zarur. Havoni sterillash 135-1400S haroratda o‘tkir bug‘
bosimi ostida amalga oshiriladi. Bunda sterilizatsiyaning “sovutish” usulidan ya’ni
bakteriotsid gazlar (etilen) va kimyoviy reagent eritmalaridan (formalin, xlor
saqlovchi birikmalar va h.k.) foydalanish mumkin. Sovuq sterillash amalga
oshirilgandan so‘ng kimyoviy reagentlar qoldiqlari steril suvda yuvib
tashlanadi.Kristall lizin kultural suyuqlikdan ion almashinuv usullaridan foydalanilib
ajratiladi. Kultural suyuqlikdan biomassa sentrifugalash yoki filtrlash orqali
alohidalanadi. Lizin filtratdan KU-2 yoki KB-4P-2 markali ion almashinuv smolasida
sorbsiyalanadi. Hozirda dunyoda har yili 1000000 - tonnadan ko‘proq aminokislotalar
ishlab
chiqariladi.
Ishlab
chiqarilayotgan
aminokislotalarni
ko‘pchilligi
almashinmaydigan aminokislotalar. Ushbu aminokislotalarni rivoj langan davlatlarda
texnologik jarayonlar asosida ishlab chiqilishi, ya’ni yiliga bir nacha 100 mlrd. AQSH
dollariga teng bo‘lgan bahoda toza holatdagi aminokislotalar hamda ularning
aralashmasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ishlab chiqarilayotgan aminokislotalar
oziq-ovqat mahsulotlarining ta’mini yaxshilash va ularning ozuqa qiymatini oshirish
maqsadida qo‘shimchalar sifatida keng qo‘llaniladi[4].
- Kombinirlangan - ya’ni, bir necha jarayonlar uchun mo‘ljallangan fermentyorlar.
- Tor doirali - ya’ni, aynan bir jarayon uchun muljallangan fermentyorlar.
Fermentyorlarda aralashtirishdan maqsad quyidagi vazifalarni bajarishdir:
- gaz-suyuqlik va suyuqlik xujayra massa uzatish intensifikatsiyasi - --
termostatlanayotgan muxitga issiklik uzatish intensifikatsiyasi;
- gaz pufakchalari va suyuqlik tomchilarining disperslanishi;
- aralashtirilayotgan muxit xajmidagi xaroratning tenglashtirilishi;
- muxit xajmidagi moddalar konsentratsiyasining tenglashtirilishi.
Fermentatorlar konstruksiyasi - issiklik va massa almashinish ga boglik bo’lgan
xolda mikroorganizmlar xayoti va o’sish uchun mu’tadil bo’lgan sharoit bilan ta’minlay
olishi zarur[1,6].
Demak, lizin olish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat: ekish materialini
olish; oziq muhitini tayyorlash va sterillash; barcha uskunalar, kommunikatsiya va
havoni tayyorlash hamda sterillash; fermentatsiya;lizin ajratish.