Avtomobil balonlari. Shina (nem.) (texnikada) — avtomobil, traktor va boshqalar mashinalarning gʻildiragi gardishiga kiygiziladigan rezina yoki rezina toʻqimali pnevmatik qobiq; gʻildirakning yoʻl bilan tishlashishini taʼminlaydi, notekis yoʻllardagi turtki va zarbalarni yumshatadi. Kamerasiz va kamerali turlari mavjud. Kamerali Shina, asosan, kamera, pokrishka va bort lentasidan iborat. Shina karkas, protektor, yostiqsimon qatlam (breker), yon devorlar va bortlardan tashkil topadi. Karkas pokrishka uchun asos vazifasini bajaradi va kord qatlamlaridan yasaladi. Pokrishka kameraga nasos yordamida yuborilgan havo bosimiga qarshilik koʻrsatadi va uni shikastlanishdan saqlab turadi. Kamerasiz shinada havoning ichki bosimi taʼsirida pokrishka bortlari gʻildirak gardishi chetlariga zich tegib turadi, bu esa zarur germetiklikni (havoning sizib chiqmasligini) taʼminlaydi.
2-rasm. Avtomobil shinasi
Shina mashinaning tormoz yoʻli uzunligiga, yonilgʻi sarfiga va boshqalar omillarga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Vazifasiga qarab, shinalar yengil avtomobillar va yuk avtomobillariga, qishloq xoʻjaligi mashinalari (traktorlar, paxta terish mashinalari va boshqalar) ga, yoʻl qurilish mashinalariga,
mototsikllar va velosipedlarga moʻljallangan xillarga boʻlinadi. Aviatsiya, bir relsli (monorelsli) transport va boshqalar uchun moʻljallanganlari maxsus shinalar hisoblanadi.
Shina koʻp qatlamli rezinatoʻqimachilik mahsuloti boʻlib, asosan, kauchuk,2. Shinalardagi rezina, kimyoviy tolalar va armatura materiallari (kordlar)dan avtomatpotok linialarida tayyorlanadi.
Velosiped (lotincha: velox „tez“, pes „oyoq“) pedallar orqali odam mushaklari kuchi bilan harakatlanuvchi, yer sirtida yurishgan mo‘ljallangan, g‘ildirakli transport vositasidir. Insonning harakatlanish vositalaridan biri. Qoʻlda (nogironlar velosipedi) va motor (dvigatel) yordamida harakatlantiriladigan velosipedlar ham bor. Velosiped gʻildirak, rama, egar, rul, pedal, zanjir va ikki charx (yulduzcha) dan iborat. Pedal bosilganda unga biriktirilgan charx zanjirni, zanjir esa orqa gʻildirak oʻqiga mahkamlangan charxni aylantiradi. Velosiped qoʻl yoki oyoq tormozi bilann toʻxtatiladi.
3-rasm. Velesiped
Gʻildiraklarning oʻlchamiga qarab, erkaklar, ayollar va bolalar velosipedlari; vazifasiga qarab, oddiy, universal, sport, maxsus (sirkda, yuk tashishda ishlatiladigan, tirkama aravachali, veloriksha), velosiped-drezina (relsda yurish uchun) boʻladi. Dastlabki velosipedni Karl Drais (Olmoniya, 1818) yasagan. Hozirgi ikki gʻildirakli oddiy velosipedlarning tezligi 10—30 km/soat, ogʻirligi 8—16,5 kg. Motorli velosipedlar soatiga 30—50 km tezlik bilan harakatlanadi. Sport velosipedi ancha yengil boʻladi, tezligi soatiga 70 km dan oshadi.