Logistikaning tavsifi, paydo bo’lishi, rivojlanishi va hozirgi holati



Yüklə 253,86 Kb.
səhifə5/17
tarix07.01.2024
ölçüsü253,86 Kb.
#204159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
17-variant STLA-3 TAYYOR

Metal Vannalar — gigiyena va davolash profilaktika maqsadida qoʻllaniladigan muolajalar. Suv (qarang suv bilap davolash), balchiq (qarang balchiq bipan davolash), qum (qarang qumga tushish), havo (qarang havo va quyosh vannalari) vannalari boʻladi. Koʻproqumumiy vannalar qoʻllaniladi. Oddiy suv vannasida badanni suvga koʻmib yotiladi. Suv haroratiga qarab sovuq (22" gacha), iliq (33-36°), issiq (37-39°), qaynoq vannalar; tarkibiga koʻra chuchuk suvli, tabiiy mineral suvli vannalar, tabiiy va sunʼiy yoʻl bilan tayyorlangan gazli (karbonat angidridli, kislorodli, azotli), mineralli (karbonat angidridli, vodorod sulfidli, radonli, yodbromli, shuningdek xushboʻy (ignabargli daraxt ekstrati solingan) V annalardan foydalaniladi. vannalar vaqtiga koʻra qisqa muddat (1—5 min.), odatdagi (10—15 min.) va uzoq muddatli (30 min. —1 soat) boʻladi. vanna qabul qilinganda nerv sistemasi analizatorlarining teridagi periferik reseptorlariga mexanik va kimyoviy omillar taʼsir koʻrsatadi. vannalar, odatda, massaj, elektr bilan davolash va b. davo muolajalari bilan birga qoʻllaniladi. Gigiyenik vannalarni uy sharoitida ham qilish mumkin. U terining fiziologik faoliyatini kuchaytiradi, jumladan ter va yogʻ bezlarining ishini, terining nafas olishini, moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Gigiyenik vannalar haftada 1—2 marta 20—30 min.dan qabul qilinadi. Davo vannalari, odatda, mustaqil davo usuli boʻlmay, balki bemorni umumiy davolash tizimiga kiradi. Davo vannalar oddiy vannalar kabi qabul qilinadi. Suvga butun badan koʻmilib turadi, bosh, boʻyin, yurak sohasi ochiq qoladi. Mahalliy Vannalar koʻpincha qoʻl yoki oyoqqa buyuriladi, uni oʻtirib qabul qilinadi. Davo vannalarining muddati suvning tarkibiga qarab belgilanadi. Vannalarning asosiy taʼsir etuvchi omillari nisbatini oʻzgartirib, har xil miqdordagi suvdan foydalanib (umumiy, mahalliy vannalar) va muddatini turlicha olib, organizmga qoʻzgʻatuvchi va tonusni oshiruvchi yoki tinchlantiruvchi taʼsir koʻrsatish, moddalar almashinuvini kuchaytirish yoki susaytirish mumkin. Sovuq va salqin suvli vannalar organizm tonusini oshirib, yurak-tomir hamda nerv sistemasini qoʻzgʻatadi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Iliq suvli vannalar ogʻriqni kamaytiradi, muskullarni boʻshashtiradi, asabni tinchlantirib, uyquni yaxshilaydi. Issiq suvli Vannalar ter chiqishi va moddalar almashinuvini kuchaytiradi. Dorili vannalarni koʻpincha uy sharoitida ham qoʻllash mumkin. Oʻtirib qabul qilinadigan vannalarni qabul qilishda shunga moʻljallangan maxsus vannadan yoki uy sharoitida chuqur togʻoradan foydalaniladi.
Vannalarni mutaxassis shifokor tavsiyasiga koʻra qabul qilish lozim, aks holda davo koʻngildagidek natija bermasligi mumkin. Bolalarga davo vannalar buyurilganda bolalar organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlarini, shuningdek ularning hali bir qator aʼzo va sistemalari funksional yetilmaga-nini. Issiqqa taʼsirchanlikning mukammallashmaganini nazarda tutish lozim.

4-rasm. Metal vanna
Bolalar badani issiq-sovuqni juda tez sezadi, shuning uchun vannalarga tu-shirishda alohida eʼtibor talab eti-ladi. Davo vannalar qabul qilinadigan kuni toliqmaslik, vannadan keyin yotib dam olish tavsiya etiladi. vannalar ni kun orala-tib yoki shifokor tavsiya etgan kunlar-dagina olish kerak. Umumiy davo vannalarni nahorga va ovqatdan keyin bir oz vaqt oʻtmasdan qabul qilish yaramaydi, sovuq paytlarda vaina qabul qilingandan keyin shamollab qolmaslik uchun qalinroq kiyinib olish lozim.

Yüklə 253,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin