2. Moddiy oqimlarning tavsifi va ularni hisoblash Moddiy oqim tushunchasi logistikaning eng asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi. Moddiy oqimlar xomashyoning birinchi boshlang’ich manbasidan to oxirgi iste’molchiga yetkazib berish jarayonida, ya’ni xomashyoga ishlov berish, yarim xomashyo va tayyor mahsulotlarni tashish, omborlarga joylashtirish davrida vujudga keladi.
Moddiy oqimlar har xil korxonalar va bitta korxonaning ichida ham oqishi munkin.
Logistikada moddiy oqimlar quyidagi parametrlar bilan tavsiflanadi:
Og’irlik tavsiflari (brutto va netto og’irliklari);
Yukning fizik-kimyoviy tavsiflari;
Tara va upakovka tavsiflari, transport vositalari (yuk ko’taruvchanlik, yuk sig’dira olishi);
Oldi-sotdi shartnomasi shartlari (mulkchilik, yetkazib berish);
Tashish va sug’urtalash shartlari;
Moliyaviy tavsifi; tovarlarni bir joydan ikkinchi joyga keltirish bilan bog’liq jismoniy taqsimlashda boshqa operatsiyalarni bajarish;
Miqdor jihatdan moddiy oqimlar ma’lum vaqt birligi ichida moddiy oqimlarning hajmi, jadalligi, zichligi, tezligi va shu kabi ko’rsatkichlar orqali aniqlanadi.
, t/oy; (1)
Bu yerda: QMO1-modiy oqimlarning hajmi;
ni – oy davomida moddiy oqimlarni keltirish soni
∑Qmo2=(51+32+21)*2=208 t/oy;
∑Qmo2=(31+81+32)*1=144 t/oy;
∑Qmo3=(45+28+24)*1=97 t/oy;
3. Moddiy oqimlarning transport tavsifi. Elektr akumlyatorlar. (lotincha: accumulator – toʻplovchi) – keyinchalik foydalanish maqsadida energiyani toʻplaydigan qurilma. Elektr, issiqdik, gidravlik, inersion xillari bor.
Elektr akkumlyator elektr toki taʼsirida kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantirib beradigan galvanik tizim. Elektr akkumlyator musbat elektrod, manfiy elektrod va elektrolitdan iborat. Elektrodning elektrolitga tegib turuvchi sirtida potensiallar farqi hosil boʻladi, u farq elektr yuk (elektr yurituvchi kuch) deyiladi. Yigʻilgan energiyani sarflash vaqtida kimyoviy energiya elektr energiyasiga, energiyani toʻplash vaqtida esa elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Elektrolit tarkibiga karab, akkumlyatorlar kis-lotali va ishqorli xillarga boʻlinadi.
1-rasm. Elektr batareykasi
Yigʻilgan energiyani sarflash vaqtida kimyoviy energiya elektr energiyasiga, energiyani toʻplash vaqtida esa elektr energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Elektrolit tarkibiga karab, akkumlyatorlar kislotali va ishqorli xillarga boʻlinadi.
Kislotali akkumlyatorlarda elektrolit sifatida sulfat kislota eritmasi, musbat elek-trod sifatida qoʻrgʻoshin oksidi, manfiy 265 elektrod sifatida qoʻrgʻoshin ishlatiladi. Bunday akkumlyatorlardan avtomobil transportida, aviatsiyada, aloqada foydalaniladi. Ishqorli akkumlyatorlar elektrodining xiliga karab, kadmiynikelli va temirnikelli, kumush ruxli va kumush-kadmiyli boʻladi. Kadmiynikelli akkumlyator musbat elektrodi grafit aralashtirilgan nikel oksididan, manfiy elektrodi kad-miy aralashtirilgan temirdan tayyorla-nadi. Elektrolit sifatida oʻyuvchi kaliy eritmasi yoki oʻyuvchi natriy eritmasiga ozgina litiy gidrooksid qoʻshilgan ara-lashma ishlatiladi. Akkumlyator zaryadlanish va zaryadsizlanish vaqtidagi oʻrtacha kuchlanish (har bir elementga 1–2 V) va sigʻim (am-per-soat) bilan ifodalanadi. Kuchlanishni oshirish uchun akkumlyatorlar ketma-ket ulanib, batareyalar hosil qilinadi. Kadmiynikelli va temirnikelli akkumlyator aviatsiyada, aloqa vositalarida, elektr transport mashinalarida, kosmik apparatlarda; kumush ruxli va kumush-kadmiyli akkumlyator aviatsiya, aloqa vositalari, kinoga olish apparati va boshqa da ishlatiladi. Issiqlik akkumlyator tarmoqdagi bugʻ bosimini birday saqlab turadi. Gidravlik akkumlyator gidravlik qurilmalarda suyuqlik yoki gazning bosim va sarfini baravarlaydi, 100–300 atm bosim ostida suyuqlikni yigʻib, gidravlik presslarga va boshqa mashina-qurollarga bir meʼyorda berib turadi. Inersion akkumlyator maxovikdan iborat boʻlib, undan turli mashinalar, transport vositalari va boshqalarda foydalaniladi. Soatlardagi prujinalar, aviatsiya modellaridagi rezina motor ham energiya akkumlyatori hisoblanadi.