Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


O‘zbekiston Respublikasi JPK 60- bobida belgilangan muayyan qoidalami voyaga yetmagan gumonlanuvchi, ayblanuvchini so‘roq qilishda ham rioya etilishi kerak



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə127/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138
Адвакатлар дарслик

O‘zbekiston Respublikasi JPK 60- bobida belgilangan muayyan qoidalami voyaga yetmagan gumonlanuvchi, ayblanuvchini so‘roq qilishda ham rioya etilishi kerak.
Birinchidan, voyaga yetmagan gumonlanuvchi, ayblanuvchi so‘roq qilinishida albatta himoyachi qatnashishi kerak, u unga savollar berish, so‘roq bayonnomasi bilan tanishish va undagi yozuvlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi haqida fikr-mulohazalar bildirish huquqiga ega.
Ikkinchidan, voyaga yetmagan gumonlanuvchi, ayblanuvchini so‘roq qilish tanaffussiz ikki soatdan ortiq, umumiy miqdorda kuniga 4 soatdan ortiq davom etishi mumkin emas.
Uchinchidan, 16 yoshga to‘lmagan yoki bu yoshga to‘lgan, lekin psixik buzilish bilan og‘riydigan yoki ruhiy rivojlanishda orqada qolgan voyaga yetmagan gumonlanuvchi, ayblanuvchini so‘roq qilishda pedagog yoki psixolog qatnashishi majburiydir.
O‘zbekiston Respublikasi JPK ga muvofiq, voyaga yetmagan gumnolanuvchi, ayblanuvchining qonuniy vakillari jinoiy ishda qatnashishga prokuror, tergovchi, surishtiruvchining qaroriga asosan voyaga yetmagan shaxsni gumonlanuvchi, ayblanuvchi sifatida dastlabki so‘roq vaqtidan boshlab kiritiladi.
Dastlabki surishtiruv yakunlanganidan keyin prokuror, tergovchi, surishtiruvchi voyaga yetmagan ayblanuvchiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ish materiallarini unga tanishib chiqish uchun taqdim qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bu holatda ishning ushbu materiallari bilan qonuniy vakilning tanishib chiqishi majburiy bo‘ladi.
Ko‘rsatilgan ish materiallari bilan voyaga yetmagan ayblanuvchining advokati ham tanishib chiqishi zarur.
Voyaga yetmagan ayblanuvchiga nisbatan dastlabki surishtiruv bosqichida tarbiyaviy ta'sir majburiy choralarini qo‘llash bilan jinoiy ishni bekor qilish asoslari va shartlari O‘zbekiston Respublikasi JPKda bayon etilgan, voyaga yetmagan shaxsni sud tomonidan tarbiyaviy ta'sir majburiy choralarini qo‘llagan holda jinoiy javobgarlikdan ozod qilish yoki voyaga yetmaganlar uchun ixtisoslashtirilgan muassasaga yuborish bilan jinoiy jazodan ozod qilish - tegishlicha O‘zbekiston Respublikasi JPK 556-557- m.larida bayon etilgan.
Advokatlar quyidagi holatga e'tibor qaratishlari lozim: O‘zbekiston Respublikasi JPK 84 m. bo‘yicha jinoiy ish bekor qilinganida (tomonlarning sulhga kelganliklari), jabrlanuvchi voyaga yetmagan shaxs bo‘lganida, ushbu sababga ko‘ra ishni bekor qilish uchun voyaga yetmagan shaxsning qonuniy vakidining yozma roziligi kerak bo‘ladi.
Voyaga yetmaganlarning himoyasini amalga oshiradigan advokatlar nazarda tutishlari kerakki, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan hukm chiqarganda sud voyaga yetmaganni tarbiyaviy ta'sirga ega majburiy choralarni qo‘llash bilan yoki uni voyaga yetmaganlar uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarga yuborish bilan ozod qilish yoki shartli hukm qilish yoki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash imkoniyati haqidagi masalani hal etishi lozim.
Voyaga yetmagan shaxsga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni yuklashda O‘zbekiston Respublikasi FK qoidalaridan kelib chiqish lozim, unga muvofiq 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar yetkazilgan zarar uchun umumiy asoslarda mustaqil javobgarlikka tortiladilar va faqat voyaga yetmagan shaxsda daromad yoki zararni qoplash uchun yetarli mol-mulk bo‘lmagan taqdirda, uning to‘liq yoki yetishmagan qiymati ota-onasi tomonidan qoplanishi lozim.
Bunda inobatga olish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi FK, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq, yetkazilgan zarar uchun mustaqil javobgarlikka zarar yetkazish paytida, shuningdek sud tomonidan zararni qoplash to‘g‘risidagi masala ko‘rilgan paytda emansipatsiya tartibida to‘liq layoqatga ega bo‘lgan yoki 18 yoshga to‘lmasdan nikohdan o‘tgan voyaga yetmaganlar tortiladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin