Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


§ 8. Advokatning alohida toifadagi jinoiy ishlarni yuritishda qatnashishi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə125/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ 8. Advokatning alohida toifadagi jinoiy ishlarni yuritishda qatnashishi
Advokat voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha ish yurituvi O‘zbekiston Respublikasi JIK 50-b.dan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi JPKning boshqa moddalari bilan ham tartibga solinishini nazarda tutishi kerak. Voyaga yetmaganlarin himoya qilishda O‘zbekiston Respublikasi JPKning jinoiy sud ishida voyaga yetmaganlarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini ta'minlashga oid sanab o‘tilgan bandlari, modda qismlari va moddalarini nazarda tutish kerak.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan dastlabki surishtiruv va sud muhokamasi ish yurituvida qo‘shimcha ravishda quyidagi holatlar belgilanishi kerak:

  1. voyaga yetmagan shaxs yoshi, tug‘ilgan kun, oy va yil.

Voyaga yetmaganning yoshini tasdiqlovchi hujjatlar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, pasport, fuqarolik holatlari dalolatnomalari kitobidan ko‘chirma, ekspertiza xulosasi sanaladi.
Sudlanuvchining yoshini sud-tibbiy ekspertizasi bilan belgilashda u tug‘ilgan kun ekspertlar keltirgan yilning oxirgi kuni sanaladi, yoshni maksimal va minimal sof yosh bilan aniqlashda esa, sud ekspertlar tahmin qilayotgan ushbu shaxsning minimal yoshiga asoslanish kerak bo‘ladi;

  1. voyaga yetmagan shaxsning turmush tarzi va tarbiyasi, psixik rivojlanishi va uning shaxsining boshqa xususiyatlari.

Voyaga yetmagan shaxsning turmush tarzi va tarbiyasini belgilashda quyidagi ma'lumotlar aniqlanadi: ota-onalar va ularniing o‘rnini bosuvchi shaxslar haqida ma'lumotlar, ularning bolalarni me'yorda tarbiyalashga qobilligi; voyaga yetmagan shaxsning ichik ishlar organlarida hisobga qo‘yilishi, u sodir etgan huquqbuzarliklarga oid ko‘riladigan choralar to‘g‘risida; voyaga yetmagan shaxsning o‘qishga, ishga munosabati to‘g‘risida; oilaning moddiy-maishiy sharoiti; voyaga yetmagan shaxsning spirtli ichimliklar va narkotik moddalar iste'mol qlishga moyilligi; uning tarbiyasiga va xatti-harakatiga ota-onasi, qonuniy vakillarining ta'siri to‘g‘risida va sh.k.
Voyaga yetmaganning psixik rivojlanishi darajasini va uning shaxsiyatining boshqa xususiyatlarini belgilashda aniqlash kerak: uning intellektual rivojlanishi bosqichi, bu rivojlanishning uning yoshiga muvofiqligini, psixik rivojlanishi sekinlashuvining sabablari; voyaga yetmaganning u yoki bu faoliyat turlarini mustaqil tashkil etishiga qobilligi; uning qiziqishlarining ijtimoiy xarakteri va qadriyatlari; umumiy ma'lumot va bilimlar zaxirasining mavjudligi yoki mavjud emasligi, xatti-harakatning ma'naviy-axloqiy qoidalari, g‘ayriijotimoiy qarashlar va sh.k.;


  1. Yüklə 0,7 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin