Jinoiy ishdagi advokatning sud nutqi - bu ayblanuvchi (balki jabrlanuvchi, fuqarolik da'vogari, fuqarolik javobgarining) himoyachisiningsud majlisida so‘zlangan va sulga qaratilgan, himoyachining o‘zi himoya qilayotgan fuqarol foydasiga chiqariladigan xulosalarini bayon etishda psixologik va yuridik ta'sir ko‘rsatish maqsadlaridagi ommaviy chiqishidir.
Bu holatda advokat javobgarlikni og‘irlatuvchi holat qarshi chiqishi, sudlanuvchiga nisbatan qo‘shimcha jazo qo‘llash zaruriyatini shubha ostiga olishi, shuningdek ayblovning alohida holatlariga qarshi chiqishi kerak. Yakuniy qismda advokat sudga qaratilgan u yoki bu turdagi jazoni tayinlash to‘g‘risidagi iltimosni aniq ifojalashi kerak; jinoyat tasnifini 0‘zgartirish bo‘yicha mavqye. Agar sudlanuvchi jinoyat sodir etganligini tan olsa, lekin himoya tomoni tasniflanishdan norozi bo‘lsa bo‘lsa, shunday mavqye ushlanadi. Bunda advokatning e'tibori tasniflash nuqtai nazaridan dalillarni tahlil etishga jamlanadi. Nutqining xulosasida himoyachi sudlanuvchining shaxsiyati tavsifiga o‘tishi, sudning e'tiborini javobgarlikni yengillatuvchi holatlarga qaratishi va sh.k kerak bo‘ladi;
sudlanuvchini oqlash bo‘yicha mavqye. Agar jinoyat hodisasi aniqlanmagan bo‘lsa yoki unda tarkib bo‘lmasa, shuningdek sudlanuvchining jinoyatni sodir etishda ishtiroki isbotlanmagan bo‘lsa, advokat ushbu mavqyeni ushlaydi.
Agar sudlanuvchi voqyeaning o‘zini yoki jinoyat sodir etishda o‘zining ishtirokini inkor etayotgan bo‘lsa, barcha holatlarda advokat suddan sudlanuv chini oqlashni so‘rashi lozim. Himoyachi himoya sotidagi shaxs mavqyeiga rioya etishi kerak.
Advokat himoya nutqining maqsadi ikki tomonlidir. Bir tomondan, ish bo‘yicha o‘zining mavqyeini asoslash kerak, boshqa tomondan - sudni o‘zining haq ekanligiga ishontirish lozim. so‘zga chiqishdagi nutq oldindan rejalashtirilgan va tuzib olingan bo‘lishi kerak. Muvaffaqiyatli nutqning asosiy sifati uning lo‘ndaligi va mazmundorligidir. Cl w Himoya nutqi kirish (tavsifiy) qismdan, dalillarni va sudlanuvchi shaxsiyati haqidagi ma'lumotlarni tahlil qilish va baholashdan, jinoyat sodir etilishiga turtki bo‘lgan sababalrning tahlilidan, shuningdek xulosadan iborat bo‘ladi.