§ 2. Advokat - sudgacha ish yurituv jarayonida
Advokat-himoyachining jinoiy sud yurituvida ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi JPK 49- m. bilan tartibga solinadi. Konstitutsiyaviy talablarga ko‘ra, har bir qo‘lga olingan, qamoqqa olingan, jinoyat sodir etishda ayblanuvchi qo‘lga olingan, qamoqqa olingan yoki ayblov e'lon qilingan vaqtdan boshlab advokat (himoyachi) yordamidan foydalanish huquqiga ega.
Advokatning himoyachi sifatida jinoiy sud yurituvida qatnashishi uchun asos advokat va mijozning topshiriq shartnomasida bayon etilgan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi kelishuvi bo‘lib, u oddiy yozma shaklda tuziladi (“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun 9-1 m.). bundan tashqari, qonun advokatning jinoiy ishda himoyachi sifatida surishtiruv organlari, dastlabki tergov organlari, prokuror va sud tomonidan tayinlash orqali qatnashishini ham nazarda tutadi, ular gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra uning ishtirokini ta'minlashlari lozim (O‘zbekiston Respublikasi JPK 50- m.).
Advokat jinoiy ishda himoyachi sifatida advokatlik guvohnomasi va orderni ko‘rsatganda kiritiladi (O‘zbekiston Respublikasi JPK 49-m.). bir advokatning o‘zi, manfaatlari bir-biriga zid keluvchi ikkita gumonlanuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchini himoya qilish huquqiga ega emas.
Advokatning jinoiy ishda qatnashishga ruxsat berilishi vaqti bilan uning himoyani o‘z zimmasiga olgan vaqti bir emas. Bu vaqt qonun bilan aniq ko‘rsatib qo‘yilmagan, lekin, shubhasiz, u advokatning ishga qatnashishiga ruxsat berilishidan oldin boshlanadi. Agar advokat jinoiy sud ish yurituvining aytib o‘tilgan ishtirokchilari himoyasini o‘z zimmasiga olganda, u jinoiy ishda qatnashishga qo‘yilmagan bo‘lardi.
Topshiriq olingan taqdirda advokat tergovni olib borayotgan tergovchiga taqdim etiladigan orderni rasmiylashtiradi. Ishga kirishga ruxsat iltimosnoma asosida amalga oshiriladi, unda orderning barcha rekvizitlari, shuningdek uning himoyasi ostidagi shaxs vaqtinchalik saqlanayotgan joy ma'muriyatini tegishlicha xabardor qilish va u bilan uchrashuv taqdim etilishi to‘g‘risida iltimos keltiriladi.
Himoya taklifi, tayinlanishi, almashtirilishi, shuningdek rad etilishining protsessual-huquqiy jihatlari O‘zbekiston Respublikasi JPK 50, 52-m.larda tartibga solingan. Ular talablariga muvofiq, himoyachi gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi tomonidan taklif etiladi, shuningdek ularning topshiriqlari bilan boshqa shaxslar tomonidan taklif etiladi.
Jinoiy sud ishida advokat, bir tomondan, gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va mahkum himoyachisi sifatida (O‘zbekiston Respublikasi JPK 50m.) qatnashadi, boshqa tomondan - jinoiy ish yurituvida advokat jabrlanuvchi, fuarolik da'vogari, fuqarolik javobgari va guvoh vakili sifatida ham qatnashishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi JPK 62, 66-1- m.lar).
O‘zbekiston Respublikasi JPK advokatning o‘z zimmasiga olgan gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchini himoya qilis hdan qanday bo‘lmasin asoslarga, sabablarga, fikr- mulohazalarga ko‘ra voz kechishini qat'iy taqiqlaydi.
|
Gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining iltimosiga ko‘ra ishda advokatning qatnashishini surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ta'minlaydi. Ular tomonidan jinoiy ishda qatnashishga himoyachi tayinlanishi u uchun majburiydir, adv okat mehnat haqini to‘lashga xarajatlar esa Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda davlat hisobidan qoplanadi (O‘zbekiston Respublikasi JPK 50- m., 5- q.).
|
|
Gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining protsessual huquqlari to‘plamida jinoiy ish bo‘yicha ish yurituvning istalgan vaqtida himoyachi-advokat yuridik yordamidan voz kechish huquqi ham bor (O‘zbekiston Respublikasi JPK 52-m., 1-q.). Advokat ishtirokisiz amalga oshirilgan protsessual harakatlar, himoyachi ishga kirishganidan keyin qayta o‘tkazilmaydi.
Qonunda jinoiy ishda advokatning ishtirokini mustasno qiluvchi holatlarni ko‘zda tutadi (O‘zbekiston Respublikasi JPK 79-m.). ko‘rsatilgan moddada keltirilgan holatlardan birortasining mavjud bo‘lishi jinoiy sud ishining qonunda belgilangan ishtirokchilarining har biriga advokatni rad qilish huquqini beradi.
Dostları ilə paylaş: |