qonun doirasida qanday javob berish kerakligi haqida maslahat berishdan iborat bo‘lishi lozim. Himoya tomoni guvohlarini so‘roq qilishda ham advokat isbotlashda faol qatnashishi lozim. Hukm chiqarib, sud dalillami o‘z ichki ishonchi bilan baholaydi, u esa bir qancha holatlarga bog‘liq bo‘ladi. Chunonchi, guvohning ko‘rsatmalaridagi qarama-qarshilik, chalkashlik, yolg‘on sudyaning ishonchiga himoya foydasiga ta'sir qilishi mumkin. Shu tariqa, to‘g‘ri taktika tanlanganda va advokatning e'tiborli bo‘lishida guvohga ishonchsizlik bildirilishi mumkin. Bu holatda himoyachi guvoh sud muhokamasi davomida aytgan gaplarini takrorlashi, keiyn uning sudgacha bosqichlardagi ko‘rsatmalariga murojaat qilishi kerak. Aniqlangan ziddiyatlar oqibatda himoya tomoni foydasiga xizmat qiladi. Biroq qarama-qarshiliklarning o‘zini o‘sha zahoti e'lon qilish kerak emas, yaxshisi bundan ikki tomon so‘zga chiqishida foydalangan ma'qul. § 4. Himoya nutqi mazmuni Sud surishtiruvi yakunlanganidan keyin sud sudda tomonlarning chiqishlarini tinglashga o‘tadi. Ularning mazmuni va tartibi O‘zbekiston Respublikasi JPK 449- m.da belgilangan. Amaldagi qonunchilik tomonlarning chiqishlarining mazmuni bo‘yicha faqatgina ularda nimalar qatnashmasligi kerakligini ko‘rsatadi (O‘zbekiston Respublikasi JPK 449-m., 3-q.). Advokatning himoya nutqi ikkita tushunchadan iborat: umumbelgilangan “nutq” tushunchasi va huquqiy “himoya” tushunchasi. Advokat nutqining mazmuni ish bo‘yicha mavqyedan kelib chiqadi. Yuzaga kelgan amaliyotga ko‘ra, muayyan ish bo‘yicha nutqning hajmi va qurilishini belgilovchi uchta asosiy himoya mavqyei farqlanadi: 1) jazoni yengillatish bo‘yicha mavqye. Himoyachida va uning himoyasi ostidagi shaxsda ayblovning isbotlanganligi va qilmishning tasniflanishi uchun asoslar mavjud bo‘lmaganda bu mavqyeni ushlash mumkin. Bunda himoya nutqida sudlanuvchi shaxsining tavsifiga va javobgarlikni yengillatuvchi holatlarga, shuningdek, jinoyatni sodir etishga ko‘maklashuvchi sabab va shart-sharoitlarga asosiy urg‘u beriladi.