Sudda ko‘rib chiqish bosqichida himoyachi quyidagi vaziyatlarda jabrlanuvchi va guvohning so‘roq qilinishga erishishi lozim: agar ular dastlabki tergov davomida sudlanuvchini jinoyatni sodir etishda ayblovchi ko‘rsatmalar bergan bo‘lsalar, ularning ishonchliligi shubha uyg‘otsa, himoyachi esa so‘roq va ko‘rsatmalarni tekshirish yo‘li bilan ularni rad etishni chamalagan bo‘lsa;
agar guvoh sudlanuvchini oqlovchi yoki aybini yengillatuvchi ko‘rsatmalar bergan yoki bera oladigan bo‘lsa.
Tabiiyki, advokat so‘roq davomida sudlanuvchining foydasiga savollar beradi. Shu sababli ayblov tomon bir vaqtda ikki yoqlama so‘roq qilish huquqidan foydalanishi mumkinligini hisobga olish kerak, ya'ni himoyaga noxush bo‘lgan savollarga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan ma'qul, toki ularga eng maqbul va kuchli javoblar berishga erishilsin. O‘zbekiston Respublikasi JPKda belgilangan guvohni so‘roq qilish tartibi himoya tomoniga sudlanuvchining foydasiga guvohlik beruvchi holatlarni aniqlash uchun eng ko‘p imkoniyatlar beradi. Bu holda muvaffaqiyat to‘rtta asosiy tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: huquqni bilish, tafakkur mantig‘i, psixologik yondashuv va notiqlik mahorati. So‘roq davomida advokat oldida quyidagi maqsad va vazifalar turadi: guvohdan JPK talablariga muvofiq to‘liq, haqqoniy, xolis ko‘rsatmalar
olish; bir guvohning surishtiruvning turli bosqichlarida o‘tkazilgan so‘roqlardagi ko‘rsatmalaridagi qarama-qarshiliklar sabablarini izohlash;
guvohning ko‘rsatmalarining jinoiy ish materiallariga, shuningdek ayblanuvchi, jabrlanuvchi va jarayonning boshqa ishtirokchilari ko‘rsatmalariga muvofiq kelmasligini aniqlash;
guvohlardan himoya ostidagi shaxsni oqlovchi, uning javobgarligini yengillatuvchi ko‘rsatmalarni olish;
himoya nutqi uchun materiallar saralash.
So‘roq o‘tkazishda psixologik aloqa o‘rnatish kerak bo‘ladi. Advokat tomonlarning sudni chalg‘itish, yolg‘on tushuntirish berish istaklarini rag‘batlantirishga haqqi yo‘q. Shu sababli himoya sotidagi shaxsni va himoya tomoni guvohini sudgacha tayyorlash himoya taktikasiga zarar yetkazmay, lekin