Dalillarni tahlil qilish va baholash muayyan tartib bo‘yicha amalga oshiriladi: 1) har bir dalil alohida tahlil qilinadi, keyin - boshqalar bilan jamlanib ko‘riladi; guvohlaming ko‘rsatmalarining tahlili va baholanishi ular kim tomonidan qatnashganlariga bog‘liq bo‘ladi. Bunda sudni guvohlarning u yoki bu ko‘rsatmalariga ishonish yoki ishonmaslik kerakligiga ishontirish lozim bo‘ladi;
jabrlanuvchi ko‘rsatmasiga nisbatan odob va vazminlik bilan munosabatda bo‘lish kerak;
ekspertizani baholashda ekspertning shaxsiyatiga, unga taqdim etilgan ma'mulotlarga, uning xulosalarining texnik va yuridik asoslanganligiga e'tibor berish lozim.
Himoya nutqi xalq maslahatchilari ishtirokidagi jinoiy ish yurituvida alohida ususiyatga ega bo‘ladi. Bu holda sudya rolida professional yurist bo‘lmagan fuqarolar qatnashadi. Shu sababli advokat sudlanuvchning shaxsiyatini tavsiflashda nutqining hissiy tomoniga e'tiborni jamlashi kerak bo‘ladi. Dalillarni taqdim etish davomida ko‘rgazmali qurollar, chizmalar, fotosuratlar va sh.kdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu ularga ro‘y bergan voqyea manzarasini tasavvur qilishga yordam beradi. Chiqish qilayotganida advokat xalq maslahatchilaridan ko‘zini uzmasligi lozim. Biroq o‘z mimikasi va qo‘l harakatlarini nazorat qilishi, ularning haddan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Nutq qat'iy, ishonchli, o‘xshatishlar va yorqin namunalarga boy bo‘lishi kerak. § 5. Advokatning apellyasiya va kassatsiya bosqichidagi ishtiroki Qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari ustidan advokat apellyasiya tartibida shikoyat qilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi JPK 479-m.). Hukm ustidan apellyasiya shikoyati huquqini amalga oshirish uchun advokatga maxsus ruxsatnoma kerak bo‘lmaydi, chunki ushbu huquq unga qonun tomonidan jinoiy jarayonda himoya tomonining mustaqil sub'ekti sifatida berilgan. Birinchi navbatda advokat hukm bilan yaxshilab tanishib chiqishi va uning qonuniylik, asoslanganlik va adolatlilik talablariga muvofiq kelishiga ishonch hosil qilishi kerak. Adolatli sudlov hujjatining qismlari o‘rtasida, ayniqsa uning tavsifiy- asoslash va xulosa qismlari o‘rtasida qarama-qarshiliklar borligi yoki yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak. Tahlil uchun axborotni advokat shakli va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi JPK 426- m.da tartibga solingan sud majlisi bayonnomasini sinchiklab o‘rganish orqali ham oladi. Keyin advokat hukm ustidan to‘liq hamjda yoki bir qismi bo‘yicha kassatsiya shikoyati berish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi, bu haqdagi o‘z qarorini himoyasi ostidagi shaxs bilan kelishib oladi. Mahkum advokatning kassatsiya tartibida hukm ustidan shikoyat qilish qaroriga rozi bo‘lishi mumkin yoki shikoyat berishni rad etishi mumkin. Agar advokat hukm ustidan kassatsiya shikoyatini kiritsh uchun asos topmasa, mahkum esa shikoyat berishni talab qilsa, himoya ostidagi shaxsning xohish-istagi himoyachi uchun majburiydir.