Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə130/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   138
Адвакатлар дарслик

Jabrlanuvchi, qoidaga ko‘ra, vakilni o‘zi taklif etadi, lekin advokatning boshqa shaxslar taklif qilsalar, uning ishda ishtirok etishi uchun jabrlanuvchining roziligi majburiydir.
Jabrlanuvchi ish yurituvining istalgan paytida o‘z vaiklidan voz kechish huquqiga ega.
Tegishli advokatlik tuzilmasining orderi, jabrlanuvchining, fuqarolik da'vogari, fuqarolik javobgarining roziligi bo‘lsa va u himoyani amalga oshirishiga to‘sqinlik qiluvchi asoslar bo‘lmasa, advokat jabrlanuvchining, fuqarolik da'vogari, fuqarolik javobgarining vakili sifatida ishga kirishishiga ruxsat beriladi.
Jabrlanuvchining faoliyati ayblov xarakteriga ega, chunki u o‘ziga zarar yetkazgan shaxsni fosh etish va jazolashdan manfaatdordir, shu tariqa, jabrlanuvchining o‘zi va uning vakili mavjud ayblov dalillarini to‘ldiradi.
Advokat, jabrlanuvchining, fuqarolik da'vogari, fuqarolik javobgarining vakili sifatida, tergovning to‘liqligi va xolisligi ustidan kuzatib borishi kerak. Agar uning himoyasi ostidagi shaxsga zarar yetkazganlarning barchasi ham javobgarlikka tortilmagan bo‘lsa, u ularni jalb qilish to‘g‘risida, yoki, agar ayblov juda yengil va sodir etilgan qilmishga aslida muvofiq kelmasligi uning tomonidan aniqlansa, ayblov ko‘lamini kengaytirish to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilishi kerak.
Jabrlanuvchi va uning vakili jinoiy ishning barcha materiallari bilan dastlabki tergov tugaganidan boshlab to ish tanishib chiqish uchun ayblanuvchiga berilganiga qadar tanishib chiqishi huquqiga egalar.
Ish bilan tanishib chiqilgach, bu haqda tergovchi tomonidan bayonnoma tuziladi. Agar itimosnoma berilgan bo‘lsa, tergovchi ularga javob berishi kerak.
Sud jarayonida jabrlanuvchi vakili uning roziligi bilan qatnashadi, suddagi tomonlar chiqishlarida ishtirok etadi, butun sud surishtiruvi davomida jabrlanuvchining manfaatlarini dalillar taqdim etish, iltimosnomalar kiritish va sh.k. bilan himoya qiladi.
Advokat jabrlanuvchining mavqyei va ayblanuvchining jazosini kuchaytirishga intilishlari bilan to‘liq bog‘langan emas. Agar advokat o‘z mijozining mavqyeiga rozi bo‘lmasa, uni bu haqda xabardor etadi va agar u mavqyeini o‘zgartirmasa, advokat ish yuritishdan voz kechishi kerak bo‘ladi.
Suddagi tomonlar chiqishlarida ishtirok etishda jabrlanuvchining advokati o‘zining prokuror emasligini esda tutishi va o‘z nutqida ayblanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlarga, jazo turiga va miqdoriga, sudlanuvchining harakatlarini yuridik tasniflash masalalariga to‘xtalmasligi lozim.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin